Понедельник, 25.11.2024, 00:28 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
Biz Islomni bilamizmi?"5 BOSQICH
| 21.12.2012, 19:21 |
.Biz Islomni bilamizmi? 5 chi 1) Savol: Islom ruknlari nima? Javob: 1. Allohdan boshqa ibodatga loyiq hech qanday iloh yo'qligiga va Muhammad Allohning Elchisi ekanligiga shahodat bermoqliging, 2. Va Namozni barpo qilmoqliging 3. Va Zakotni bermoqliging 4. Va Ramadan oyida ro'za tutmoqliging 5. Va qurbing etsa Bait ul-Haromga Hajj qilishliging
2) Savol: Iymon ruknlari nima? Javob: 1. Allohga 2. Uning Farishtalariga 3. Uning Kitoblariga [Tavrot, Injil, Zabur, Quron va boshqa Alloh tarafidan nozil qilingan Ilohiy Kitoblar] 4. Uning Paygambarlariga 5. Ohirat Kuniga 6. Va Allohning yahshi va yomon Qadariga iymon keltirishingdur
3) Savol: Ma'lumki, Abdulloh ibn Mas'ud Ka'batullohda birinchi bo'lib qur'on tilovat qilgan sahoba hisoblanadi. O'shanda u qaysi surani tilovat qilgan edi Javob: "Ar-Rohman" surasi
4) Savol: Alloh Ta'alo bizlarni nima uchun yaratdi va dalil keltiring tarjimasi b-n? Javob: Jin va insonlarni faqat O'zimga ibodat qilish uchun yaratdim – Zariyaat-56
5) Savol: Ibodat nima? Javob: Ibodat - bu Alloh Ta'alo tomonidan yahshi ko'rilgan barcha (zohiriy ko'rinib turadigan va botiniy - ko'rinmaydigan) amallardur, bunday amallarga: Allohgagina iltijo qilib duo qilishlik, Allohgagina Namoz o'qishlik, Allohdangina qo'rqishlik, Allohning rizoligi uchungina ro'za tutishlik, zakot, hajj va boshqa shu kabi Allohga sevimli amallar kiradi.
6) Savol: "Fath"surasi nozil bo'lganda uni Rasululloh SAV birinchi bo'lib kimga o'qib berganlar? Javob: Umar r.a ga
7) Savol: Alloh Ta'aloga qanday ibodat qilamiz? Javob: Biz Allohga Alloh Ta'alo va Uning Rasuli sallallohu alayhi va sallam qanday buyurgan bo'lsa, shu tarzda ibodat qilamiz
8) Savol: Sahoba Mus'ab ibn Umayrning islomiyatga qo'shgan ulug' hissasi nimadan iborat? Javob) Madina ahliga Qur'oni karimni o'rgatganlar
9) Savol: Tavhidning turlarini sanab bering Javob: Allohning Rububiyyat Sifatidagi Yakkaligi (Tavhid Ar-Rububiyyah). 2. Allohning Uluhiyyat Sifatidagi Yakkaligi (Tavhid Al-Uluhiyyah). 3. Allohning Ism va Sifatlaridagi Yakkaligi (Tavhid Al-Asma val Sifat)
10) Savol: Abu Bakr raziyallohu anhuning "Siddiq"dan tashqari yana qanday kunyalari bor edi? Javob: Abu Bakrni "Atiq" (saqlangan) degan nom bilan ham chaqirishgan. Oisha r.a. rivoyat qiladilar: "Rasululloh s.a.v.: "Abu Bakr Allohning dozaxdan saqlagan bandasidir" - dedilar. Ana shu kundan boshlab u "Atiq" nomini oldi. (Termiziy rivoyati) Bu hususda yana: "Nasabida aybsitadigan kamchlik bolmagani uchun uni "Atiq" deyishadi", degan qavl ham bor. Lekin ulug imomlar u zotni "Siddiq" deb nomlashga qaror qilishgan. Alloh rozi bolsin. Ali ibn Abu Tolib deydi: "Alloh taolo Abu Bakrni Ozining rasuli tilida "Siddiq" deb nomladi".
11) Savol: Alloh Ta'alo Yakkaligi (Tavhid) ni isbotlashning va shahodat berishning fazilati nima? Javob: Alloh Ta'aloning ibodat, rububiyyat, ism va sifatlarida Yakkaligini isbotlash orqali kishi dunyo va ohirat saodatini topadi, Jahannamning abadiy azobidan sog'-omon bo'ladi, va Allohning Rahmatiga sazovor bo'ladi.
12) Savol: Qur'oni Karimning eng ohirgi nozil bo'lgan oyati qaysi suraning nechanchi oyati? Va uning tafsirii qanday?(izohli) Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir: Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qorqingiz! Songra har bir jonga qilgan amali uchun tola jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. (Manba: "Qur'on, tafsir va mufassirlar" kitobi)
13) Savol: Amallarimizning Alloh Ta'alo huzurida qabul bo'lish shartlari nimalardan iborat? Javob: Ammallarning Alloh Ta'alo huzurida qabul bo'linishlik shartlari uchtadir: 1-Shart: Alloh Ta'aloga bo'lgan iymon va Uning Rububiyyat, Uluhiyyat va Asmo va Sifatlarida Yakkaligiga shahodat bermoqlikdir 2-Sharti: Ikhlos - amallarni insonlar orasida obro' etibor yoki ro'ziligi uchun emas, faqat Alloh Ta'aloning ajri-mukofotini hohlagan holda qilishlikdir 3-Sharti: Va Allohning ro'ziligi uchun qilingan har bir amalning Allohning ohirgi Paygambari bo'lgan, Olamlarga Rahmat bo'lib kelgan Muhammad sallallohu alayhi va sallam ning ko'rsatib ketgan yo'llari asosida bo'lmoqligi shartdir
14) Savol: Abu Bakr raziyallohu anhudan jami nechta hadis rivoyat qilingan? Javob: Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, kop sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan. Holbuki, Abu Bakr Islomning ilk kunlaridan to Rasululloh s.a.v. vafotlarigacha u kishining doimiy yonlarida bolgan ishonchli mulozimlaridan edilar.
15) Savol: Shirk ul-Akbar (Katta shirk) nima? Javob: Shirk ul-Akbar - bu Alloh uchun qilinadiga barcha ibodatlarni boshqalarga qilishlikdir (yo bo'lmasam shu ibodatlarda boshqalarni ham Allohga sharik qilishlikdir: masalan, Allohni g'oib ishlarini biladi va falonchi ham biladi deyishlik, quyidagi ibodatlarda boshqalarni qo'yib ibodat qilishlik). Faqat Allohgagina qilinadiga ibodatlardan: duo, qurbonlik, Namoz, ro'za, Hajj, va shu kabi barcha Alloh tomonidan buyurilgan ibodatlar kiradi
16) Savol: Qur'oni Karimning eng mashhur va oyatlarda ko'p kelgan sakkiz sifati va uning ma'nolarini keltiring. Javob: 1. Arabiy. Arab tilida, arabcha. 2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi. 3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi. 4. Muborak. Barakotli, tabarruk. 5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli. 6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi. 7. Hakim. Hikmatli. 8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli. 9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram. 10. Majid. Ulug'. 11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh. 12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir. 13. Mav'iza. Nasihat. 14. Bushro. Xushxabar. 15. Bashir. Bashorat beruvchi. 16.Nazir.Ogohlantiruvchi. 17. Furqon.Haq bilan botilni ajratuvchi. 18. Burxon.Qiyomat kuni hujjat bo'luvchi.(Foydamizga yoki zararimizga) 19. Musxaf.Sahifalangan. 20.Tanzil.Nozil qilingan.
17) Savol: Ash-Shirk Al-Asg'ar nima? Javob: Ash-Shirk Al-Asg'ar bu boshqalar ko'rishsin deb Allohga ibodat qilish (ya'ni xo’jakorsinlikka amal qilish)
18) Savol: Rasululloh s.a.v:"Sening ohirgi nasibang sut bo'ladi",- deya bashorat bergan sahobiy kim edi? Javob: Ammor ibn Yosirga Rasululloh SAV "Seni yo'ldan adashgan bir guruh o'ldiradi. Oxirgi nasibang sut bo'ladi" deya marhamat qilganlar.
19) Savol: Namozning eng afzal rukni qaysi? Javob: Qiyom - Chunki qiyomda ikkita farz bor: 1. Qiroat. 2. Qiyom
20) Savol: Ikki oyatda arab alifbosining hamma harflari ishtirok etgan. Bu oyatlar qaysi surada va nechanchi oyatlari??? Javob: Qur'oni Karimdagi hamma harflar ishtirok etgan bu ikki oyat: 1.Oli-Imron, 154. 2.Fath, 29.
|
Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1566 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |