Воскресенье, 28.04.2024, 06:33Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

TAVHID TURLARI VA UNING FOYDALARI HAQIDA SAVOL JAVOBLAR
21.12.2012, 18:50

TAVHID TURLARI VA UNING FOYDALARI HAQIDA SAVOL JAVOBLAR
Shayx Muhammad bin Jamil Zaynu
Savol-1: Alloh taolo payg’ambarlarni nima uchun yuborgan?
Javob-1: Alloh ularni O’z ibodatiga da’vat qilish va Unga shirk keltirishdan qaytarish uchun yuborgan. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "Aniqki, biz har bir ummatga: Allohga ibodat qilinglar va tog’ut-shaytondan yiroq bo’linglar (degan vahiy bilan) bir payg’ambar yuborganmiz”. (Nahl surasi 16:36)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Payg’ambarlar o’zaro birodardirlar…. Va dinlari ham birdir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Savol-2: "Tavhidur-rububiyya” nima degani?
Javob-2: Alloh taoloni barcha ishlarida yagona deb bilmoqdir. Masalan, Uning Tadbirkorligi va Yaratuvchanligiga o’xshash. Chunki, Alloh taolodan o’zga zot bunday koinotlarni yaratishga qodir emasdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "Maqtovlar barchasi hamma olamlar hojasi Alloh uchundir”.(Fotiha surasi 1:1)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Sen yeru osmonlarning Parvardigorisan”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
Savol-3: "Tavhidul-uluhiyya” nima degani?
Javob-3: Alloh taoloni ibodatda yagona deb bilishdir. Masalan, duo qilish, qurbonlik so’yish, nazr-niyoz, namoz o’qish, umid qilish va yordam so’rashga o’xshash. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "Tangringiz yagona tangridir. U Mehribon va Rahmli tangridan o’zga hech qanday (ibodat qilinuvchi)tangri yo’qdir”. (Baqara surasi 2:163)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi va sallam) aytadilar:
ma’nosi: "Odamlarga qiladigan eng avvalgi da’vatlaringiz Alloh taoloning yagonaligiga va Undan o’zga(ibodat qilinuvchi) iloh yo’qligiga guvohlik berish bo’lsin” Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari. Imom Buxoriy rivoyatlarida "Allohning birligiga” degan lafzda keladi.
Savol-4: Alloh taoloning ism va sifatlaridagi yagonaligi qanday?
Javob-4: Alloh taolo Qur’oni karimda O’zini qanday sifatlagan bo’lsa, yoki Rasululloh (sallallahu ‘alayhi vasallam) sahih hadislarda u Zotni qanday sifatlagan bo’lsalar, ushbu sifatlarga iymon keltirib, U Zotni o’zimizga o’xshatmasligimiz va bu sifatlarni inkor qilib, ma’nolarini o’zgartirmasligimizdir. Masalan, Alloh taoloning Arsh ustidaligi va dunyo osmoniga tushishi va Uning Qo’li borligi kabi Alloh taoloni barkamol zot ekanligini anglatadigan narsalar. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "Biron narsa U Zotga o’xshash emasdir, U zot Eshitguvchi va Ko’rib Turguvchidir”. (Sho’ro surasi 42:11)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Alloh taolo har kecha dunyo samosiga tushadi”. Imom Muslim rivoyatlari.
"Dunyo samosi”dan murod er ustidagi osmondir.
Bu tushish Alloh taoloning O’z buyukligiga xos bo’lib, bandalari tasavvur qila olmaydigan darajadadir.
Savol-5: Alloh taolo qaerda?
Javob-5: Alloh taolo osmonda, Arshi A’lo ustidadir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "(U zot) O’z arshida o’rnashdi”. (Toha surasi 20:5)
Imom Buxoriy aytishlaricha, "O’rnashdi”dan murod ko’tarildi va yuqori bo’ldi demakdir.
Payg’ambar (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Alloh taolo jamiki narsalarni yaratishdan ilgari bir kitobni yozdi… Bu kitob Uning oldida Arshi A’lodadir”. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Savol-6: Alloh taolo biz bilan birgami?
Javob-6: Ha, Alloh taolo Eshitishi, Ko’rishi va Ilmi ila biz bilan birgadir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "(Alloh) aytdi: Qo’rqmanglar, shak shubhasiz men sizlar bilan birgaman – eshitib, ko’rib turaman”. (Toha surasi 20:46)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Sizlar yaqin, Eshitguvchi Zotga duo qilayapsizlar. U Zot O’z ilmi orqali sizlar bilandir”. Imom Muslim rivoyatlari
Savol-7: Tavhidninng foydasi nimadadir?
Javob-7: Tavhidninng foydasi oxirat azobidan abadiy saqlanish, bu dunyoda to’g’ri yo’l topish va gunohlarni kechirilishiga erishishdan iboratdir. Dalil: Alloh taolo aytadi:
ma’nosi: "Iymon keltirgan, o’z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar – ana o’shalar hotirjam bo’lguvchidirlar va o’shalar hidoyat tovguvchidirlar”. (An’om surasi 6:82)
Payg’ambarimiz (sallallahu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
ma’nosi: "Bandalarning Allohdagi haqlari Alloh taologa hech narsani shirk qilmaganlarni azoblamasligidir”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.

Payg’ambarimiz bid’at haqida nima deganlar?

Payg’ambarimiz(sallallahu ’alayhi wa sallam) aytdilar:
”Dinda(unga kiritilgan) yangiliklardan ogoh bo’linglar (ehtiyot bo’linglar) dindagi har bir yangilik bid’atdir va har bir bid’at zalolatdir va har bir zalolat jahannamdadir(unga boshlaydi,etaklaydi)”. Sahih Abu Davud, Tirmiziy va boshqalar rivoyati.                                                                    http://iyman2.ucoz.com/news/2009-04-11-16

Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2236 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |