1- Tarixchilar unga shundek degan "Uning jangavor mardligi jangchilarga quvvat beradi va uning oldidagi barcha imtihonlar ularga arzimas sanaladi, keyin yo'llar u bilan oson bo'ladi". Bu mardlikga sazovor sahoba kim bo'lgan?
a) Xolib ibn Volid (r.a.) b) Salama ibn Qays (r.a.) c) Umar ibn Hattob (r.a.)
Izoh: "Uning jangavor mardligi jangchilarga quvvat beradi va uning oldidagi barcha imtihonlar ularga arzimas sanaladi, keyin yo'llar u bilan oson bo'ladi, deb tarixchilar Salama ibn Qaysga mardlik nishonasini bergan edi. (Sahobalar hayotida) 2- Qur'oni Karimdagi eng qisqa suralar keltirilgan qatorni belgilang:
a) Falaq, Nas, Ihlos b) Nasr, Kavsar, Asr c) Ihlos, Asr, Falaq
Izoh:
1-NASR SURASI Nasr - yordam.
Surada Islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)
1. (Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda
Izoh: Bu oyat bilan Alloh ta'olo o'z Rasuli va Habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib Islomga kirishi haqida bashorat bermoqda.
2. va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda, 3. darhol, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan mag'firat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul qilguvchi zotdir!
2-KAVSAR SURASI Kavsar - Muhammad (a.s.)ga atab yaratilgan Jannatdagi bir ajiyb daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a.s.)ga O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida Namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh ta'olo Muhammad (a.s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum ekanliklari eslatiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)
1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik.
Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan. Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi.
2. Bas, Robbingiz uchun Namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling! 3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir.
Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh ta'olo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a.s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.
3-ASR SURASI Asr bilan Alloh ta'olo qasamyod etib, Surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-iymon, solih amal, haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman)
1. Asrga qasamki, 2. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir! 3. Faqat iymon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan mustasnodirlar).
Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, Asr Namozi, har yuz yillik muddat, Payg’ambarimiz yashagan Asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan Asr so'zidan murod Asr Namozi yoxud Asri Saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan Asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. Vallohu a'lam.
(Qur'oni Karim tarjimasi)
3- Qur'oni Karimda nechta sura Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan?
a) 7 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan b) 4 ta Payg'ambar ismi bilan nozil qilingan c) 5 ta Payg'ambar ism bilan nozil qilingan
Izoh: Qur'oni Karimda jami bo'lib 5 ta sura Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan bo'lib ushbu suralar: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)larning ismlaridur. (Qur'oni Karim tarjimasi)
4- Ushbu Payg'ambarlar ismi bilan nozil qilingan Payg'ambarlarning ismlarini ketma-ket to'g'ri kelgan qatorni belgilang:
a) Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar b) Hud, Yusuf, Ibrohim, Yunus, Muhammad (a.s.)lar c) Yusuf, Ibrohim, Yunus, Hud, Muhammad (a.s.)lar
Izoh: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad (a.s.)lar (Qur'oni Karim tarjimasi)
5-Qur'oni Karimda nechta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan?
a) 25 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan. b) 20 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan. c) 15 ta Payg'ambarlarning ismi zikr qilingan
Izoh: Payg'ambarlarning soni qancha ekanligini faqat Alloh ta'oloni O'zigina biladi. Qur'oni Karimda zikr etilganlari soni esa 25 ta bo'lib, bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Horun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyas, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkirl, Muso, Iso, Muhammad (a.s.)lardurlar. (Qirq farz)
|