Понедельник, 25.11.2024, 00:58 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
Qur'oni Karim haqida savol-javob 01
| 21.12.2012, 17:09 |
S. Quroning qaysi surasida ALLOH lafzi ketma ket kelgan?... J. An`am surasi 124-oyat 124. Qachon ularga (Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanligi haqida) biron oyat kelsa: «To bizga ham Allohning payg‘ambarlariga berilgan oyatlarga o‘xshash oyatlar berilmaguncha hargiz iymon keltirmaymiz», deydilar. Alloh payg‘ambarlik vazifasini qaerga qo‘yishni yaxshiroq bilguvchidir. Yaqinda bunday jinoyatkorlarga qilib o‘tgan hiyla-nayranglari sababli Alloh huzurida xorlik va qattiq azob yetajakdir. Javob to'g'ri وَإِذَا جَاءَتْهُمْ آيَةٌ قَالُوا لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَا أُوتِيَ رُسُلُ اللَّـهِ ۘ اللَّـهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُ ۗ سَيُصِيبُ الَّذِينَ أَجْرَمُوا صَغَارٌ عِندَ اللَّـهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا كَانُوا يَمْكُرُونَ... S.Quroni Karimning qoq o'rtasidagi so'z va xarf qaysi? J. "Kahf" surasining 19 - oyatidagi "وَلْيَتَلَطَّفْ" so'zi, demak qoq o'rtasidagi harf "so'zni oxiridagi "f" . vallohu'alam. S. Quronning qaysi surasida barcha payg'ambarlar nomi zikr qilingan? J. Qur'oni Karimning A'nom surasida barcha payg'ambarlar ismi zikr qilingan. Agar barcha payg’ambarlar deganda Qur’onda zikr qilingan 25 ta payg’ambarlarni nazarda tutgan bo’lsangiz. Ibrohim(a.s.) An’om surasining 74, 75, 83 va 161 oyatlarida, Ishoq, Ya’qub, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Horun (a.s.)lar 84 oyatda, Muso (a.s.) 84 va 91 oyatlarda, Zakariyo, Yahyo, Iyso, Ilyos (a.s.)lar 85 oyatda, Ismoil, Alyasa’, Yunus, Lut (a.s.)lar 86 oyatlarda zikr qilingan ekan.
Bu surada nomi zikr qilingan payg’ambarlar soni 18taga yetyabdi, Qur’onda esa nomi zikr qilingan payg’ambarlar 25ta, demak yana 7 tasi qolib ketyabdi, ular Odam, Idris, Hud, Solih, Shu’ayb, Zul-kifl, Muhammad (a.s)lar, ular qaysi oyatlarda zikr qilingan? Iltimos batafsilroq tushuntirib yuboring.
|
Категория: SAVOL-JAVOB | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1414 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |