Понедельник, 25.11.2024, 01:54 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 001
| 17.12.2012, 21:40 |
."ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 26-savol: Vatikanda joylashgan mashhur Avliyo Pyotr sobori ajoyib arxitektura mo’jizasi bilan qurilgan ekan. Uning gumbazi o’rtasida dumaloq teshik bor.Bu joydan soborga quyosh nuri tushib turadi. Ammo, qanchalik g’alati tuyilmasin, u yerdan bironta ham yomg’ir yoki qor tomchisi ichkariga tushmas ekan. Bunga sabab nima? Javob: Sababi, u teshikdan doimiy ravishda issiq havo chiqib turadi va u yomg’ir va qor tomchisini urib qaytaradi yoki bug’lantirib yuboradi. 27-savol: Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo’yilgan: Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o’ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo’ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo’lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni – mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. 1 daqiqadan keyin, siz menga ushbu olimlarning "mijozini” yozib bering. Javob: Mona Liza 28-savol: Yaqinda TNT kanali orqali efirga uzatilgan "Taksi” ko’rsatuvining 1 sonida "Qiyin savollar” toifasi bo’yicha berilgan savoldan na’muna: Savol quyidagicha: "Ishonish qiyin bo’lsa ham uning ko’zi ko’rmas bo’lgan ekan. Bu to’g’rimi?” Yo’lovchilar esa uzoq o’ylab "Ha” deb javob berishdi. Shunda boshlovchi ham "U qanaqasiga ko’r bo’lishi mumkin?” deb javob noto’g’riligini e’tirof etdi. Agar savolda aytilgan shaxsning millati yapon bo’lsa, unda menga uning to’liq ismini va kasbini ayting. Javob: Akiro Kurasava, rejissor 29-savol: Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og’irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin? Javob: She’riy yoki poetik kitoblarni 30-savol: Qaysi qurol o’z nomini inglizcha "aylantirmoq” so’zidan olgan? Javob: Revolver 31-savol: Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o’lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o’lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo’lgan. Xo’sh, u xozir nimaning ramzi? Javob: CHGK (Boyug’li) 32-savol: Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko’pincha tor doirada bo’ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o’xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko’rsatuvchi strelka ixtiro qilgan? Javob: Pulsni o’lchash uchun 33-savol: Uni gultoji, belbog'chasi, korpusi va tomog'i bor. Uni ichki bosimi 1 million 700 ming paskaldan past bo’lmasligi kerak.U nima? Aniq javobni qabul qilaman Javob: Shampan vinosi butilkasi (uning ichki bosimi yetarli bo’lmasa otilmaydi) 34-savol: Ancha oldin Braziliya ekranlarida yangi "Bosh inspektor" nomli teleserial namoyish etilgan.Siz menga bu serial qaysi rus asari asosida yaratilganini ayting Javob: Gogolning "REVIZOR" asari. O’sha mashxur yolg'onchi Xlestakov haqida. 35-savol: Shveytsariyalik olim Jan Jak Babel yillarni hisoblab chiqib,shunday xulosaga kelibdi. Mil. avv. 3500-yili va 292-yili odamzod usiz yashagan ekan. Nimasiz? Javob: urushlarsiz. Qolgan hamma yili urushlar bo’lgan ekan 36-savol: Bu sportga 1845 yili AQSHlik Aleksandr Kartrayt asos solgan. O’yinda 9 ishtirokchi, 9 urinish va maydon tomonlari 90 futdan bo’ladi. 107 sm.li atributi ham bor. Bu qaysi sport turi. Javob: BEYSBOL 107 sm. Bu beysbol tayog'ining - bita ning uzunligi 37-savol: Rossiyada o’tkazilgan so’rovnomada rus xalqining 42% bu davlatlarni 1 ta emas, aloxida-aloxida davlat deb xisoblar ekan. Qaysi davlatni? Javob: Gollandiya-Nederlandiya 38-savol: Blits.Ya'ni men 3 ta savol beraman.Uchalasiga ham to’g'ri javob bersangiz ochko xisoblanadi. 1) Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. Bu qaysi xarf? 2) Ginnesga kiritilgan dunyodagi eng qisqa familiya? 3) O’zDEU korxonasida 1-ishlab chiqarilgan avtomobil? Javoblar: 1) O 2) I (Xitoycha familiya. Bor yo’g'i 1 xarfdan iborat) 3) Damas 39-savol: Taysonning Xolifildga nisbatan qilgan ishini bir o’zbek san'atkori ham bajargan. Gap qanday ish va qaysi san'atkor haqida ketmoqda? Javob: Ozodbek Nazarbekov. Gap quloq tishlash haqida ketmoqda. 40-savol: Bu jonzot 600.000 yil oldin Osiyoning janubi-g'arbida paydo bo’lgan.Yevropaga salb yurishlari vaqtida kelib qolgan. Xozir ularga qarshi kurash 4 marta oshgan. Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda. Javob: kalamush 41-savol: J.Koreyada turmush qurishda bir cheklov bor ekan. Agar Yigit va qizda bir narsa bir xil bo’lsa ularning turmush qurishi ta'qiqlanadi. Nima bir xil bo’lsa? Javob: familiya 42-savol: London shaxrida XVIII asrda qilingan bir qaror xatlarni egalariga adashmay olib borishdagi muammoni bartaraf etdi.Savol, qanday qaror qabul qilingan? Javob: uylarni raqamlash. Undan oldin uylar raqamlanmagan va xatlar noto’g'ri manzilga borar edi. 43-savol: Savol juda ham qisqa. Diego, Manfrid va Sid qaysi "davrda" do’stlashadi? Javob: "Muzlik davri"da ("Ice Age") Mashxur multfilm qaxramonlari haqida gap ketayotgan edi. 44-savol: Odamning bir tomonida ularning soni 150-200, ikkinchi tomonda esa 50-100 ta bo’ladi. Ularning xar biri o’rtacha 150 kun yashaydi. Gap nima haqida ketmoqda? Javob: kiprik 45-savol: "640 kilobayt hammaga yetishi kerak”. 1981 yil aytilgan bu gaplar kimga tegishli? Javob: Bill Geyts 46-savol: Kembridjda matematikadan ma'lum bir bahoni olgan talabaga yog'och qoshiq "sovg'a” qilinadi. Savol, qanday baho olgan talabaga yog'och qoshiq beriladi? Javob: eng yomon baho olgan talabaga 47-savol: Titsian - "Misrga sayohat" - $ 7 mln – 1995 y; Uilyam Terner - "Soya va sharpa" - $ 7 mln – 1994 y; Rembrand - "Dengizda töfon" – bebaho – 1990 y Bularni bog'liqligi nimada? Javob: Bular o’g’irlab ketilgan va xozirgacha topilmagan eng mashhur san'at asarlari edi. 48-savol:Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda? Javob: Metro Izoh: qolgan javoblarga savoldagi bir so’z to’g’ri kelmaydi. Ya’ni "kirib keladi”. M-n: kechqurun kelayotgan avtomobil hech qayerga kirib kelmaydi 49-savol:Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u? Javob: O’ra 50-savol:Quyidagi harflarga e’tibor bering: 1-B; 2-I; 3-U; 4-T; 5-B; Siz qolgan beshta harfni yozib bering. Javob: 6-O; 7-Y; 8-S; 9-T; 10-O’ Izoh: Bir, Ikki, Uch, To’rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To’qqiz, O’n soz’larining bosh harfi
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2549 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |