Понедельник, 25.11.2024, 02:05 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 002
| 17.12.2012, 21:38 |
"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 02 51-savol:Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: "Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan? Javob: Qaynatilgan tuxum Izoh: Tuxum javobi ham qabul qilinadi 52-savol:Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi. Javob: Choy 53-savol:U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush? Javob: Pingvin 54-savol:Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi. 1. Aniq vaqt – ya’ni soat 2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura. Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi? Javob: Avtobus tezligini (spidometr) 55-savol:2 yigitdan tashkil topgan guruhning nomi o’z ustozlari guruhining nomidan 1 harfga farq qiladi. Bu qaysi estrada guruhi? Javob: Bojalar 56-savol:U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda? Javob: Dunyo tillari 57-savol:Angliyada "S”, AQShda "U”. Xo’sh Toshkentdachi? Javob: M (metro haqida ketmoqda. "S” – subway, "U” - underground) 58-savol:O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini toping. Javob: Hammasi ingliz tilida "U” harfi bilan boshlanadi. 59-savol:Buyuk Britaniyada oldin u 18 yoshga to’lmaganlarga, 60 yoshdan oshganlarga, homilador ayollarga berilmasdi. Xozir esa umuman yo’qolgan. U nima? Javob: O’lim jazosi 60-savol:Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda? Javob: ramazon oyida (bu firma tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradi) 61-savol: Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada njima deb ataymiz? Javob: Bahor, yoz, kuz, qish 62-savol: Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi? Javob: o’ng qo’lini 63-savol: Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida "Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida? Javob: Adam va Yeva 64-savol: Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas? Javob: Pul va tangalarga Tailand qirolining surati tushurilgan 65-savol: 2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan? Javob: "Nuh kemasi” 66-savol: Akatsiya barglari tanin zaharli moddasini ishlab chiqaradi. Odatda barglarda uning miqdori juda kam bo’ladi, lekin agar bu yoki xatto qo’shni daraxt barglarining soni me’yordan kamayib ketsa, barglardagi tanin miqdori keskin oshib ketadi. Nima uchun bunday bo’ladi? Javob: Ushbu barglarni yeyayotgan antilopalarni zaharlash uchun Izoh: Shundan keyin ular barglarni yemay qo’yishadi va tabiiyki, akatsiya o’z barglarining sonini me’yorigacha tiklab oladi 67-savol: Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan? Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan 68-savol: U har safar boshini pastga tushirganda qon bosimining keskin tushib ketishi xisobiga u hushini yo’qotishi kerak edi. Lekin bunday bo’lmaydi: maxsus mayda qon tomirlari to’ri yordam beradi. Uni ayting. Javob: Jirafa 69-savol: Armaniston va Eronda yashovchi yazidlar – o’ziga xos dinning tarafdorlari hisoblanishadi. Ularning dini zardo’shtiylik diniga borib taqaladi, biroq nasroniylik va islomning ta’siriga uchragan. Yazidlar turmushida ta’qiqlar ko’p. Ular xo’roz, g’azol, baliq go’shti, qovoqni yeya olmaydilar. Ularga yo’talish, tupurish, xushtak chalish, chanqovuz va tor chalish, ko’k rangdagi kiyimlarni kiyish mumkin emas. Yazidlar birinchi bo’g’inida "sh”, ikkinchi bo’g’inida esa "t” tovushlari bo’lgan so’zlarni aytish mumkin emas. Nima uchun ular bunday so’zlardan qo’rqadilar? Javob: Ular "shayton” so’ziga o’xshagani uchun 70-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqarilgan mahsulotida balandlikni o’lchash qurilmasi, kompas, barometr, termometr kabi qo’shimcha qurilmalari bor. Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima? Javob: Vaqtni ko’rsatish Izoh: Gap "TISSOT” kompaniyasi soatlari haqida bormoqda 71-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho’yandan inson figuralarini yasash bilan shug’ullanadi. Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko’pgina shahrlarini bezab turibdi. U o’zining cho’yan figuralarini ko’pincha bir insonga o’xshatib yasaydi. Siz menga u insonning kim ekanligini emas, balki uning kasbini ayting. Javob: Haykaltarosh Izoh: U o’z haykallarini o’zidan olib yasaydi 72-savol: Unga anchadan buyon haykal o’rnatish niyatida edilar, lekin buning hech uddasidan chiqa olmayotgan edilar. Lekin 1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi haykal yodgorlik o’rnatildi. Bronzadan quyilgan unchalik katta bo’lmagan postamentda faqatgina bir juft yalang oyoq izi turibdi. Bu haykal kimga o’rnatilgan? Javob: G.Uelsning "Ko’rinmas odam”iga 73-savol: Dastlab Napaleon I o’z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkasini qurdirmoqchi emas edi. U o’sha yerda bir hayvonning haykalini o’rnatmoqchi bo’lgan. Chunki bu hayvonlarni ko’rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi. Baribir Triumfal arka qurildi. U qaysi hayvonning haykalini o’rnatmoqchi edi? Javob: Fil 74-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o’zining bir qo’llanmasida "Erkak kishi o’zining o’sha narsasiga qarab hurmat topadi – bu uning o’zi, buning yordamida u o’zining asl ko’rinishini berkitadi, bu narsada uning aqli namoyon bo’ladi” degan. Agar "Zakovat” bilimdonlari bir necha yil avval u narsadan voz kechgan bo’lsa, u nima bo’lishi mumkin? Javob: Galstuk Izoh: "Zakovat” bilimdonlari o’yinlarda anchadan buyon galstuk emas kapalaknusxa (babochka) taqishmoqda. 75-savol: Ushbu mahsulotning reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, uni to’lov vositasi sifatida ishlatilgan, uning yordamida sevgi izhori qilishgan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, uni ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida yozib berishgan”. Bu qaysi mahsulotning reklamasi? Javob: Kofe Izoh: Gap NESCAFE kofesi haqida bormoqda
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 3241 | Загрузок: 0
|
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |