Понедельник, 25.11.2024, 02:12 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 003
| 17.12.2012, 21:37 |
"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 03 76-savol: Malayziyada "Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga "Aylangani” deb javob berishadi. Yevrey "Sizga tinchlik” desa, fors "Quvnoq bo’l” deydi, Grenlandiyaliklar esa "Yaxshi ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz? Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom 77-savol: Kalamushlar bilasiz har doim insonga zarar yetkazib kelgan. Lekin yaqinda Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o’rgatishdi va ular o’z ishlarini juda yaxshi bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli o’laroq hattoki bir marta ham xato qilishmayapti. Ularni qaysi kasbga o’rgatishgan? Javob: Sapyor 78-savol: XVI asr ispan yozuvchisi Fransisko Kavedo-i-Vilegos o’z asarlaridan birida quyidagicha fikrni aytadi: "Sinor Dinero shubhasiz o’ta qudratlidir” Kavedo "Sinor Dinero” deganda kimni nazarda tutgan? Javob: Pul (Dinor) 79-savol: Rivoyatlarga ko’ra, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko’rsatadi va farishtalar undan tuproq olishmaydi. Bu ishni faqat ugina bajarganligi sababli, u ustun turuvchi deb hisoblanadi. Savol, nimadan ustun turuvchi? Javob: O’limdan Izoh: Bu Azroil farishta edi 80-savol: Bu xalq o’zini inuit deb ataydilar, hammasi bo’lib ularning soni 115 ming kishini tashkil etadi. Bizda bu xalqning nomini xatto yosh bolalar ham yaxshi bilishadi. Savol bu qaysi xalq? Javob: Eskimoslar 81-savol: 1996-yilning Fevral oyida "USA Today" degan gazeta bir insonni portretini "Insoniyat uchun turib bera oladimi?" degan sarlavha bilan bosib chiqardi. Savol, kimning portreti chop etilgan edi? Javob: Garri Kasparov (U o’sha yili kompyuter bilan shaxmat o’ynashi kerak edi) 82-savol: Bu kompaniya Tayota, Adidas, Microsoft kabi uzoq tarihga ega bo'lmasada dunyo bozorining 70% ini egalladi. U faoliyatini 15000 dan ortiq ishchi yordamida 115 tilda va hozirga kelib 8 mlrd. hamkor bilan olib boradi. Uning mahsuloti butun sayyorani ko'rishga yordam beradi. Qaysi kompaniya to'g'risida gap ketayapti? Javob: Google 83-savol: Stiven Frayning bir hazili bor, 50 yoshda vafot etgan Gabriel, o'zini 122 yoshda deb hisoblagan. Savol, Gabrielning familiyasi nima edi? Javob: Faringeyt (Faringeyt shkalasi bo’yicha 50º Selsiy temperaturasi 122º ga teng bo’ladi) 84-savol: Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo, bir kitob yozdi va ingliz tiliga tarjima qildirib Britaniyaga sotuvga qo'ydi, biroz vaqt o’tgach, sotuv qanday ketayotganini tekshirish maqsadida kitob sotuvchiga xat yozdi va o'z xatida sotuvchining intellektual salohiyatini ham tekshirib ko’rmoqchi bo'ldi, xatni kod orqali yozdi, shundan keyin kitob sotuvchi ham Viktor Gyugodan qolishmagan holda, kitobning juda yaxshi sotilayotganini aytib javobini kodli tarzda qaytardi, uning xati birgina "!" belgisidan iborat edi. Viktor Gyugoning xati qanday bo’lgan? Javob: ? 85-savol: Ushbu mashxur qo‘shiq 1992 yil dunyo yuzini ko‘rdi, kompozitori Toni Britten ismli shaxs bo‘lgan bu qo‘shiq Londondagi avliyo Martin cherkovi xori tomonidan kuylangan. Qo‘shiq matni 3 xil tilda (ingliz, nemis ,frantsuz) yozilgan. Mazkur qo‘shiqda siz "eng kuchlilar”, "buyuk voqea”, "hammasi erkaklar” kabi so‘zlarni eshitishingiz mumkin. Gap qaysi qo‘shiq haqida ketmoqda? Javob: Yevropa Chempionlar Ligasi gimni 86-savol: Frantsiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib qo‘yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan.Hozirda bizda ham ushbu jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda? Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi) 87-savol: O’zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima? Javob: O’zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq) 88-savol: Yangi Gvineyaning papuas qabilasi aholisida yaqin qarindoshining o‘lganligiga motam ishorasi sifatida o‘z qo‘l barmoqlaridan birini kesib tashlanganliklarini eshitgansiz.Yigirmanchi asrning 50-yillarigacha papuaslar orasida barcha barmoqlari yo‘q insonlarni ko‘plab topish mumkin edi.(ko‘pgina qarindoshlari o‘lganligi sababli).50-yillardan keyin papuaslar orasida 6-7 ta barmog‘i kesilganlarini uchratishimiz mumkin ediyu lekin barcha barmoqlari yo‘qlari deyarli uchramay qoldi. Bunga sabab nima bo‘lgan edi? Javob: 50-yy dan keyin papuaslar xristian dinini qabul qila boshladi va tabiiyki cho‘qinish ritualini ijro etish uchun kamida 3 ta barmoq bo‘lishi talab etilardi. 89-savol: Zurab Seritelining Ulug‘ vatan urishiga (1941-45yy) bag‘ishlab qurgan Moskvadagi monumentining balandligi rosa 142 metr chiqadi. Nimaga Seriteli aynan shuncha balandlikni tanlagan? Javob: Monumentning har 10 sm urushning bir kunini timsoli. 90-savol: Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting? Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi. 91-savol: Bill Xyulett va Deyv Pakkard o‘zlarining elektoritexnika sohasidagi kompaniyalariga asos solishgach, bir masala bo‘yicha qur’a tashlashgan. Qur’ada kim yutgan? Javob: Xyulett Izoh: Shundan so‘ng kompaniya nomida Xyulett nomi birinchi ishlatiladi 93-savol: Qo‘shiqqa ko‘ra bir rassom bir aktrisani sevib qoladi va o‘z uyini, kartinalarini sotib, unga atab juda ko‘p miqdorda bir narsa sotib oladi.Endi siz o‘sha rassom nima sotib olganligini aniq qilib ayting? Javob: Million million pushti atirgul 94-savol: Yoz oylardan birida Moskva yaqinidagi pivo do‘konining tomiga osmondan katta bir jism qulab tushgan.Hozirgi kunda ushbu katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jism muzeyda saqlanmoqda.Endi siz ushbu jismni toping? Javob: Olimpiada 80 ayig‘i. Izoh: Katta ayiq shaklidagi havo shari osmonga uchirilgan edi 95-savol: U 19 asrda paydo bo‘lgan va 20 asrdan yevropaga tarqalgan.Uning "andalus”, "kreol”, "argentina” kabi turlari mashhur.Yaxshilab o‘ylab uning arabchasini kim mashhur qilganini toping? Javob: B.Zokirov. (tango) 96-savol: Piterdagi dastlabki ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan bo‘lib,undan o‘tish pullik edi.Piyodalardan 1 tanga, otliqlardan 2 tanga, aravalardan 5 tanga olingan.Eng baland narx bir rubl nimalardan olingan? Javob: Kemalardan 97-savol: «Argumenti i fakti» gazetasida bir cherepitsa ishlab chiqaruvchi firma reklamasi chiqqan.Ushbu reklamada cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult qaxramonning xam rasmi bor. Qaysi qaxramon? Javob: Karlson 98-savol: 1888 yili AQShning Jeynsvill maktabi o‘qituvchisi o‘zining ishonchsiz va noqulay ish qurolidan voz kechib, uning yangi turini yaratadi. Endi ushbu insonnig familiyasini ayting? Javob: Parker 99-savol: 1760-y Strasburgda Mari ismli qizcha tug‘iladi.Yoshligidan haykaltaroshlikka qiziqqan Mari, keyinchalik Angliyaga ko‘chib ketadi va u yerda bir mashxur muassaga asos soladi.Endi manga ushbu frantsuz xonimining familiyasini ayting? Javob: Madam Tyusso (Londagi mashxur muzeyga asos solgan) 100-savol: 1940 y.y.da Shvetsiyada yangi metall qotishmali relsga ega bo‘lgan o‘sha davrda dunyodagi eng tez yurar poezd liniyasi ishga tushadi.Ko‘p o‘tmay bir mashhur inson shunday relslardan 3-4 km. uzunlikdagisiga buyurtma berib, sotib oladi. Yaxshilab o‘ylab ko‘ringda ushbu insonning familiyasini ayting? Javob: Uold Disney (Disneylend uchun).
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2244 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |