Понедельник, 25.11.2024, 02:04 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 006
| 17.12.2012, 21:27 |
."ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 006 126-savol: Leonardo da Vinchi bu inson a’zosi xaqida shunday yozgan: «Xech bir a’zo bu kabi katta miqdordagi muskullarga muxtoj emas; ulardan qolgan, men ochganlarimni xisobga olmaganda 24 tasi ma’lum; va ixtiyoriy xarakatlar bilan xarakatlanadigan barcha a’zolardan u o‘z xarakatlarining soni bo‘yicha ustun turadi». Bu qaysi a’zo? Javob: Til. 127-savol: Sharq elining donishmandi, axloq ilmining otasi Luqmoni xakim aytadi: «Barcha yukni ko‘tardim, ammo burchdan og‘irroq yukni ko‘tarmadim. Barcha lazzatni totib ko‘rdim, ammo undan chuqurroq lazzatni topolmadim». U lazzat deganda nimani nazarda tutgan? Javob: Salomatlik. 128-savol: Qadimgi Misrda qo‘l yoki oyoqni kesish, qovuqdagi toshlarni olib tashlash va o‘sha davrda juda keng tarqalgan bir operatsiya qilingan. U qanday operatsiya? Javob: Bichish (xaramdagi xizmatchi yigitlar axta qilingan). 129-savol: Mashhur xind shifokori Sushrut bunday deb yozgan edi: «U tibbiyotning barcha soxalari ichida birinchi va asosiy o‘rinni egallaydi, u xudoning in’omi bo‘lib, shon-sharaflarga ko‘milgandir». Bu qaysi tibbiyot sohasi? Javob: Xirurgiya. 130-savol: Ingliz olimi Uilyam Garvey shunday deb yozgan edi: «Har qanday jonli mavjudot undan kelib chiqadi». U nima bo‘lishi mumkin? Javob: Tuxum. 131-savol: U qadimdan inson xayotining qaqshatqich, ayovsiz va qutulib bo‘lmas yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. Shu bilan bir qatorda u falokatning elchisi, inson organizmining sadoqatli va sezgir ximoyachisidir. Ammo u me’yoridan o‘tgach, uning ximoyaviy kuchi butun organizm uchun falokat qudratiga aylanadi. U nima? Javob: Og‘riq. 132-savol: Tibbiyotda juda keng ishlatiladigan bu so‘zning asl ma’nosi «quritilgan» degan ma’noni bildiradi. U inson organizmining asosi bo‘lib xisoblanadi. Bu qanday so‘z? Javob: Skelet. Izoh: Qadimda ular oftobda yoki qum qizig‘ida tayyorlanar edi. 133-savol: Ushbu Temuriy malikaning qabr toshiga uning vaiyatiga binoan: «Xech kim mening qabrimni sabzadan o‘zga narsa bilan yopmasin, g‘ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyoxning o‘zi basdir» degan so‘zlargina bitilgan. Ushbu malika kim? Javob: Zebinusobegim. 134-savol: Ko‘pincha qoraqurtlarga qarshi kurashish maqsadida bu gazandalar tarqalgan yerlarda ma’lum bir tur xayvonlar boqiladi. Ular qoraqurtlarni bosib-yanchib tashlayveradi. Chunki uning zaxri ushbu xayvonlarga ta’sir qilmaydi. Ular qanday xayvonlar? Javob: Qo‘y-echkilar. 135-savol: Rimning butun uzoq tarixi davomida ko‘zoynaklar bor yo‘g‘i bir martagina tayyorlangan, aniqrog‘i ko‘zoynaklar emas, bittagina oynak – monokl. Va uni shishadan emas, zumraddan yasashgan. Mana shu zumrad orqali ikkinchi ko‘zini yopib turgan xolda bu uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydigan inson gladiatorlar jangini kuzatar edi. U kim edi? Javob: Neron. 136-savol: Bir yuz ellik yillar avval arxeologlar Misr maqbaralaridan biridan unchalik katta bo‘lmagan, usti qalin zang qoplami bilan qoplangan metall disk topib olishdi. Disk yosh ayol ko‘rinishida yasalgan xaykalchaning bosh qismiga o‘rnatilgan edi. Keyinchalik aniqlanishicha, ushbu disk mis va qalay qotishmasidan ya’ni bronzadan tayyorlangan ekan. Bu disk qanday maqsadda ishlatilgan? Javob: Ko‘zgu sifatida ishlatilgan. 137-savol: Payg‘ambar S.A.V. aytadilar: «Albatta u o‘tdan uchqundir. Kimda u kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan xolda u to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan xolda xam u kelsa, tuproqqa yumalasin». U nima? Javob: G’azab. 138-savol: Hakimlar aytishlaricha, u charchog‘i yo‘q ibodat, bezaksiz ziynat, davlatsiz haybat, devorsiz qo‘rg‘ondir, u olim uchun ziynat, johil uchun pardadir. Hakimlar nimani nazarda tutganlar? Javob: Jim turish. 139-savol: 79 yilning yigirma to‘rtinchi avgustida kutilmaganda u uyg‘onadi. Agarda u umuman xech qachon uyg‘onmaganida yaxshiroq bo‘lgan bo‘lur edi. So‘z nima xaqida bormoqda? Javob: Vezuviy vulqoni. 140-savol: U inson xaqida o‘ylar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda ikki buyuk siymo gavdalanadi. Birio‘ rta asrning buyuk riyoziyotchi faylasufi va munajjim olimi, ikkinchisi esa XIX-XX asrdan boshlab jaxon she’riyati klassiklari qatorida sharafli o‘rin egallagan, hozir ham she’riyat osmonining yorqin yulduzlaridan biri bo‘lmish zabardast shoir. U kim? Javob: Umar Xayyom. 141-savol: Umar Xayyom ruboiylaridan birini eshiting: Bu ko‘p eski ravot,…….. unga nom,- Tun-kun tulporiga bor bunda orom. Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi, Bu go‘rda yotadi yuz-yuzlab Bahrom. Umar Hayyom yuqoridagi ruboiysida nimaga shunday ta’rif bergan? Javob: Olam. 142-savol: Jan Dyushe shunday yozadi: "Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchi o‘rinda uni o‘ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g‘oyalari Iso Masix ta’limotidan ilgari Yunonistonni boyitgan edi. Uni Platon xam bilar edi. Budda va Konfutsiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko‘p vaqtlar kerak bo‘ldi. Shu sababli u G’arbda qadim Osiyoning yagona donishmandi bo‘lib qoldi”. Dyushe kim xaqida shunday yozgan? Javob: Zardo‘sht. 143-savol: Bu so‘z nemischa so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, hamyon degan ma’noni bildiradi. Bu iqtisodiy atama bo‘lib, hozirgi kunda bir nechta turlari mavjud. Bu qanday so‘z? Javob: Birja. 144-savol: Xitoydagi Shanxay shahri, Belgiyadagi Kortrayk shahri, AQSh dagi Sietl shahri, Tunisdagi Tunis shaharlarining bizlarga nisbatan umumiyligi nimada? Javob: Bular barchasi Toshkent bilan birodarlashgan shaxarlar. 145-savol: Bu so‘z arab tilida "yuk ko‘taruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z qaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘z deyarli umumman boshqa ma’noni anglatadi. Bu qanday so‘z? Javob: Vazir. 146-savol: Bu so‘z italyan tilidan olingan bo‘lib, "chuvalchanglar”degan ma’noni bildiradi. Italiyani eslaganda bu chuvalchanglar shubhasiz hayolimizga keladi. Bu qanday so‘z? Javob: Vermishel. 147-savol: XVII-asrda ingliz Jeyn Voks (Jane Vaux) xonim London yaqinida bog‘ va koshona zal qurdirdi. Hozirgi kunda bu bog‘ning nomini eshitmagan odam deyarli yo‘q. Bu bog‘ning nomidan bir so‘z kelib chiqqan. Bu qanday so‘z? Javob: Vokzal (Vaux hall). 148-savol: 1968 yilda birinchi feminist yozuvchilardan biri Elizabet Kedi Stenton ularga shunday ta’rif bergan: «Bu shafqatsiz, o‘ziga bino qo‘ygan, ochofat, urushga va bosqinchilikka moyil yemiruvchi kuchdir. Ham moddiy, ham ma’naviy dunyoda u faqatgina tartibsizlik, dushmanlik, kasallik va o‘lim sochadi» degan. U kimlar haqida shunday yozgan? Javob: Erkaklar xaqida. 149-savol: Norvegiyada bunday jinoyat 8 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. AQSh da bunday jinoyatchining ikki politsiya xodimi yuziga tupurgani uchun qotillikka suiqasdda ayblovchi sud ishi ko‘rilgan. Bu qanday jinoyat yoki bu jinoyatni sodir etganlar qanday insonlar? Javob: OITS bilan qasallanganlar. 150-savol: «Deyli telegraf» gazetasining 1976 yil 29 iyul sonida «Qanday qilib omadsiz bo‘lib, hech narsa qilmaganlik uchun pul olinadi?» sarlavxasi ostida material chop etilgan. Bu maqola kimlar haqida edi? Javob: Tilanchilar haqida.
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1994 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |