Понедельник, 25.11.2024, 01:46 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 005
| 17.12.2012, 21:29 |
"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 005 101-savol: Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq qanday yangilikni o‘ylab topishgan? Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi. 102-savol: Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima? Javob: Karp. 103-savol: Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan. Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi? Javob: Kartoshka. 104-savol: Uning birinchisini 1807 yilda amerikalik R.Fulton yasagan. U o‘zining yangi kashfiyotini «Klermont» deb atagan. U nimani ixtiro qilgan? Javob: Birinchi paroxodni. 105-savol: Bu xayvonning bolasi juda kichkina, yalang‘och va ko‘zi yumuq xolda tug‘iladi. Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo‘lgan bu katta sariqning bolasi atigi 3 sm bo‘lib tug‘iladi. Bu qaysi xayvon? Javob: Kenguru. 106-savol: Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: «Bu insoniyat tomonidan yaratilgan barcha mo‘‘jizalar ichida eng buyuk mo‘‘jizadir». U nimaga shunday yuqori baxo bergan? Javob: Kitob. 107-savol: U dalada xam, konda xam, oshxonada xam kerak bo‘lishi mumkin. U nima? Javob: Kombayn. 108-savol: Bu davlatning qadimgi nomi-Nairi. Bu «daryolar mamlakati» degan ma’noni bildiradi. Haqiqatdan ham bu yerda daryolar 200 dan ortiq. Bu qaysi davlat? Javob: Armaniston. 109-savol: Bundan 300 yil avval Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvishga xalal bergan og‘ir metallarni jaxllari chiqib bazo‘r uloqtirib tashlashar edi. Ular kelajakda bu metall oltindan xam qadrliroq bo‘lishini xayollariga keltirmagan xolda uni o‘z tillarida «kumush» deb atashgan. Bu qaysi metall? Javob: Platina. 110-savol: Bu chiroyli o‘yin ancha yil ilgari vujudga kelgan va uni frantsuzcha bir so‘z bilan atashgan. Ammo bu o‘yin Yevropaga Sharqdan o‘tgan. Uni XIX asrda Xindistondan ingliz gertsogi olib kelgan. Bu o‘yinni mana shu gertsogning yeri joylashgan shaxar nomi bilan ataydigan bo‘lganlar. Bu qanday o‘yin? Javob: Badminton. 111-savol: A.S.Pushkin bu san’at xaqida shunday fikrlarni aytgan: «U qalbdan ijro etilgan parvozdir». Bu qaysi san’at turi bo‘lishi mumkin? Javob: Balet. 112-savol: AQSh ning Solt Leyk Siti shaxrida ajoyib bir xaykal bor: baland granit ustun ustida globus va uning tepasida ikki qush qanotini yozib parvozga shay bo‘lib turibdi. Bu xaykal qaysi qushlarga qo‘yilgan? Javob: Shaxar atrofida million-million chigirtkalar galasi yopirilganda ularni qirib tashlagan va axolini ochlikdan saqlab qolgan baliqchi qushlar ya’ni chaykalar sharafiga o‘rnatilgan xaykal. 113-savol: Afrikada yashovchilar «U ulkan daraxt, lekin undan xatto kichkina gulxan xam yoqib bo‘lmaydi» deyishadi. Qaysi daraxt haqida shunday deyishadi? Javob: Baobab daraxti, chunki baobab yog‘ochi yonmaydi. 114-savol: Bu buyuk g‘alaba edi. Bu g‘alaba frantsuzlar qalbida xamisha yashaydi, shuning uchun xar yili bu g‘alaba amalga oshirilgan kun Frantsiyada milliy bayram sifatida nishonlanadi. Bu qanday g‘alaba edi? Javob: Bastiliyaning olinishi. 115-savol: Batiskafning uzunchoq korpusi xavo bilan emas, aynan mana shu suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Chunki u yerda xavo ketmaydi, katta chuqurlikda suvning kuchli bosimi batiskafni xuddi konserva bankasidek pachoqlab tashlashi mumkin. Bu suyuqlik esa, bosimga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Bu qaysi suyuqlik? Javob: Benzin. 116-savol: Tuyaqush tuxumlarini erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi. Odatda urg‘ochilari kunduzlari, erkaklari kechqurun tuxum bosadi. Nima uchun shunday? Javob: Chunki urg‘ochi tuyaqushning pati cho‘l manzarasiga mos kulrang qo‘ng‘ir bo‘lganidan ochiq joyda uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushlarning pati qora, faqat qanotlari va dumlari uchida patlari oq bo‘lib, qorong‘i tunda ko‘zga ko‘rinmaydi. 117-savol: Qadimgi yunon shaharlarining xar birida eng baland tepalik ustiga qurilgan va atrofi qalin devor bilan o‘ralgan qal’a bo‘lgan.Afinadagi shunday qal’alardan biri eng mashxuri xioblanadi. Bu qal’aning nomi nima? Javob: Akropol. 118-savol: Bu baliqning bolg‘a, tulki, arratumshuq, zebrasimon, yo‘lbarssimon kabi turlari bor. Bu qaysi baliq? Javob: Akula. 119-savol: Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon faylasufi Platon tashkil qilgan maktab shunday atala boshlangan. Chunki Platon o‘z shogirdlari bilan suxbatni soya salqin bog‘da, afsonaviy qaxramonning xaykali oldida o‘tkazar edi. Platonning maktabining nomi bilan xozirgi kunda shunga o‘xshash muassasalar ataladi. Qanday ataladi? Javob: Akademiya. 120-savol: Aristotel o‘rta asr sharqida «Birinchi muallim» deb atalar edi. Farobiy Aristotelning asarlarini yaxshi bilishi, u kabi entsiklopedik bilimga ega bo‘lganligi sababli «Ikkinchi muallim», «Sharq Arastusi» degan buyuk unvonga sazovor bo‘lgan. Bu mashxur olim esa, Aristotel va Farobiyning ilg‘or g‘oyalarini tabiatshunoslik ilmining yangi yutuqlari asosida yanada rivojlantirdi va «Uchinchi muallim» degan buyuk unvonga ega bo‘ldi. U kim? Javob: Abu Ali ibn Sino. 121-savol: U tabiat va yer farzandi edi. U yerni ham dexqoncha mexr, ham olimona tuyg‘u bilan sevardi. Shu sababli u butun umrini yer ilmiga baxshida etdi. Bu yo‘ldagi mashaqqatlarni sabot bilan yengdi. O’rta Osiyoning tog‘u toshlari, cho‘lu biyobonlarini kezdi, yer ostida necha million yillardan buyon yashirinib yotgan qazilma boyliklarni «tilga kiritish»ga undadi. Bu kim edi? Javob: Habib Abdullaev. 122-savol: 1913 yili Rossiyada injener I.I.Sikorskiy «Rus paxlavoni» deb atalgan texnikani yaratdi. Jahon miqiyosida shuhrat qozongan «Ilya Muromets» «Rus paxlavoni»ning davomi bo‘lib qoldi. Bu qanday texnika edi? Javob: Samolyot. 123-savol: Bu davlatni ko‘pincha «Qoldiq xayvonlar muzeyi» deb atashadi. Qaysi davlatni? Javob: Avstraliya. 124-savol: Bu so‘z yunon tilidan olingan bo‘lib, u «oyoq uchida yuraman», «yuqoriga chiqaman» degan ma’nolarni anglatadi. Bu tsirk san’atining alifbosidir. U nima? Javob: Akrobitika. 125-savol: Kometa, teleskop, apistogramma, metinnis, puntiuskonxonius, mezonkauta. Bu nomlarning umumiyligi nimada? Javob: Bularning barchasi akvarium baliqlarining nomi..
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1843 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |