Понедельник, 25.11.2024, 01:28 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 007
| 17.12.2012, 21:26 |
.ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 007 151-savol: Luqmoni Xakim o‘g‘liga uch vasiyat qildi: birinchisi shuki, xotiningga zinxor siringni aytma, ikkinchisi – nokasdan qarz olma, uchinchisi – u bilan do‘st bo‘lma. U kim bilan do‘st bo‘lmaslikni nasihat qilgan? Javob: Mirshab. 152-savol: O’qish, kitoblar, qonun, o‘rganish, sanolar, hushxabar. Ushbu so‘zlarning umumiyligi nimada? Javob: Bular muqaddas kitoblar nomlarining ma’nosi: Qur’on, Bibliya, Tavrot, Talmud, Zabur va Injil. 153-savol: Sanksrit tilida «birlashish», «qo‘shilish» deb ayting. Javob: Yoga. 154-savol: Ernest Renan uni mustaqil fan sifatidagi ahamiyatini inkor etgan: «U shunday ziravorki, u bo‘lmasa hamma ovqat ta’msiz bo‘lib tuyuladi, ammo uning o‘zi ovqat bo‘lishga yaramaydi». U qaysi fan bo‘lishi mumkin? Javob: Falsafa. 155-savol: «Hamma narsani kim biladi?» - degan shogirdlarining savoliga Aflotunning ustozi bo‘lmish buyuk donishmand, qadimgi yunon faylasufi Suqrot: «Hamma narsani u biladi, lekin uning bir qismi o‘lib ketgan, ikkinchi qismi hali tug‘ilgan emas» - deb javob bergan. U kim? Javob: Hamma. 156-savol: Umar Xayyomning ruboiysini tinglang: Dunyoning tilagi, samari xam u, Aql ko‘zin qorasi-javhari xam u. To‘garak jaxonni uzuk deb bilsak, Shaksiz uning ko‘z-gavhari xam u. Umar Xayyom u deganda nimani nazarda tutgan? Javob: Biz. 157-savol: Falesning shunday iborasi bor: «Yulduzlar aqlsizlarni boshqaradi, oqillar esa ularni boshqaradi». Oqillar nimani boshqaradi? Javob: Yulduzlarni. 158-savol: Avreliy Avgustin u haqda: «Agar mendan odamlar uning nima ekanligini so‘ramagunlaricha men uni biladiganga o‘xshayman, biroq u nima ekanligini boshqalarga chuqurroq tushuntirmoqchi bo‘lsam, uni hargiz bilolmasligimni his etaman» degan. U nima haqida shunday degan? Javob: Vaqt. 159-savol: Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam aytganlar: «U bamisoli Allohning yerdagi bayrog‘idir. Qachonki biror bandasiga yomonlikni iroda qilsa, uning bo‘yniga shu bayrog‘ini ilib qo‘yadi». U nima? Javob: Qarz. 160-savol: Ularning har biriga quyidagi ta’riflar berilgan: Ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli; oilaning tabibi; qizlarning sepi; qozonning yog‘i; qorinning belbog‘i; imoratning suyagi, qozon olovi; ham obi yevg‘on, ham dori-darmon. Ular nimalar? Javob: Bular yetti xazina: sigir, asalari, ipak qurti, objuvoz, tegirmon, o‘rmon va tovuq. 161-savol: Morze kodida o‘zgaruvchan koddan kamroq, o‘zgarmas koddan ko‘proq foydalaniladi. Bunda nuqta va tire o‘rnida aynan o‘sha ikki belgi ishlatiladi. Ular qaysilar? Javob: Plyus va minus. 162-savol: Ular xar yili kuzda dexqonlardan hosildan mahsulot hisobida 1-2 g‘alvir g‘alla undirar edilar. Agar ular kimligini topgan bo‘lsangiz, ushbu undirib olingan ulushning nomini ayting. Javob: Mirobona (bular miroblar edi). 163-savol: Spenser fikricha bu hissiyotga to‘lgan nutq oxangi, Darvin fikricha qushlarning sayrashi va hayvonlarning o‘z juftlarini chaqirishi, Byuxer fikricha ibtidoiy odamlarning mehnat usullari, Shtumpf fikricha ibtidoiy odamlarning chaqiriq tovushlari, Kombare fikricha esa jodu sehrlash marosimlari uning ilk manbalari xisoblanadi. U nima? Javob: Musiqa. 164-savol: Bu mayda toshlar buyrak shaklida bo‘lganligidan qadimda o‘sha toshlar buyrakni davolash xususiyatiga ega deb ishonganlar. Bu holat toshning nomida o‘z ifodasini topgan. Ushbu tosh qanday ataladi? Javob: Nefrit. 165-savol: Nobel mukofotini topshirish tantanasi Stokgolm va Osloda 10 dekabrda o‘tkaziladi. Nega aynan 10 dekabrda? Javob: Chunki, 1896 yil 10 dekabrda Alfred Nobel vafot etgan. 166-savol: Nimaning orqa tomonida biz ushbu familiyalarni ko‘rishimiz mumkin: Artamonov, Petrov, Firsov, Vant Goff, Korolev, Gavrilov, Alexin, Grachev, Kondratyuk, Chernishev va x.k.? Javob: Oyning orqa tomonida (Bular u yerdagi kraterlarning nomlari). 167-savol: Xaros Mann yozgan: «U arqonga o‘xshaydi – biz uni kundan kunga bitta toladan o‘rib boramiz va ohir oqibat uni uzish uchun bizning kuchimiz yetmay qoladi». U nima? Javob: Odat. 168-savol: Moskvaning «Progress» nashriyotida 1966 yilda chiqqan kitobda 3 ta Rim imperatori, 10 ta AQSh prezidenti va ko‘plab boshqa mashxur insonlarning ism-shariflarini ko‘rish mumkin. Ushbu kitobning siyosat va davlat boshqaruviga xech qanday aloqasi yo‘q, bu entsiklopedik ma’lumotlar kitobi xam emas, o‘ylab ko‘ringchi, bu qanday kitob bo‘lishi mumkin? Javob: Aforizmlar to‘plami. 169-savol: 1952 yilda O’zFA Til va adabiyot instituti hamda Yozuvchilar uyushmasining birgalikda o‘tkazgan kengashi uni «Qonli urushlarni ko‘klarga ko‘tarib maqtovchi, xon va beklarning talonchiligi va ularning kambag‘al xalqqa o‘tkazgan zulmini dabdaba bilan kuylovchi, millatchilikni targ‘ib qiluvchi, xalqqa qarshi asar», -deb baxoladi. U qaysi asar? Javob: «Alpomish» dostoni. 170-savol: Hadisi Sharifda shunday yoilgan: «Qachonki Alloh Taolo biror podshohga yaxshilikni hohlasa, o‘sha podshohga uning yaxshisini bahsh etur, u unutgan paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Va agar Alloh podshohga yomonlikni istasa, o‘sha podshohga uning yomonini ato qilur, u unutsa, eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi». U kim yoki nima? Javob: Vazir. 171-savol: Mahmudovning «Mehmonnoma» kitobida shunday yozilgan: «Juda issiq va suyuq ovqatlar dasturxonga keltirib qo‘yilgandan keyin unga albatta o‘sha narsani qo‘shib berish maqsadga muvofiq» deyilgan. U nima? Javob: Yog‘och qoshiq. 172-savol: Mashhur qadimgi yunon faylasufi Pifagordan so‘ragan ekanlar: «Sen donishmandmisan?». U kamtarlik bilan: «Yo‘q, men donishmand emasman. Men bor-yo‘g‘i uman» degan. Kimman degan? Javob: Donishmandlikni sevuvchi ya’ni faylasufman. 173-savol: Payg‘ambarimiz u xaqida shunday deganlar: «U zulmatda quyosh, vaxshatda hamroh, yolg‘izlikda yo‘ldosh, begona yurtda sirdosh, og‘ir damda raxbar, dushmanga qarshi quroldir». U nima? Javob: Ilm. 174-savol: Volter aytgan: «U yo‘q narsa. Bu dunyoda ro‘y beradigan xamma narsalar yo sinov, yoki jazo, yohud mukofot va yoinki avvaldan yuborilgan xabardir». U nima? Javob: Tasodif. 175-savol: Erkak qoramolni biz buqa yoki ho‘kiz deymiz. Buqa bilanhxo‘kizning farqi nimada? Javob: Buqa-bichilmagan yosh erkak qoramol. Xo‘kiz – 2 yoshdan oshib, qo‘shga yaraydigan holga kelgan bichilgan erkak qoramol.
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2362 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |