Понедельник, 25.11.2024, 01:46 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 008
| 17.12.2012, 21:25 |
/"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 008 176-savol: Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, «xalqni va vatanni omon saqlovchi», «tartib o‘rnatuvchi» kabi ma’nolarni beradi. Tarixiy adabiyotlarda u qo‘llanma xamda qoida ma’nolarida ishlatilgan. Bu qanday so‘z? Javob: Zobit. 177-savol: Bu so‘z asli yunoncha so‘z bo‘lib so‘zma-so‘z tarjimasi aynan «muqaddas o‘yiq» degan ma’noni bildiradi. Bu qanday so‘z? Javob: Ieroglif. 178-savol: Bu so‘z asosan «dramatik spektakl oralig‘ida ijro etiladigan musiqali drama yoki opera» degan ma’noni beradi. Hozirgi kunda bu so‘z san’at soxasida keng ishlatiladi. Bu qanday so‘z? Javob: Intermediya. 179-savol: Inflyuentsa italyan tilidan olingan bo‘lib, «tarqalaman» degan ma’noni bildiradi. 1780- 82 yillarda bir kasallik yoppasiga tarqalganida unga shunday nom berilgan edi. Hozirgi kungacha bu kasallikning ikkinchi nomi bo‘lib qolgan. Bu qaysi kasallik? Javob: Gripp. 180-savol: Sigir suti tarkibida kazein deb nomlangan murakkab oqsil mavjud. Bu oqsilning nomi bir sut maxsulotining lotincha nomlanishidan kelib chiqqan. Qanday maxsulotning? Javob: Pishloq (caseus). 181-savol: Bu qushni ispanlar 15 asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelganlar. Ho‘sh, bu qushning nomi nima? Javob: Kanareyka. 182-savol: Xalqaro birliklar tizimi SI da yettita asosiy birliklardan biri – yorug‘lik kuchi birligi kandella bilan belgilanadi. Bu so‘z qadimgi lotincha so‘z bo‘lib xisoblanadi. U qanday ma’noni bildiradi? Javob: Sham (candella). 183-savol: Karamel konfetlarini barchamiz sevib iste’mol qilamiz. Lekin karamel so‘zining ma’nosini xamma xam bilmasa kerak. Bu so‘z lotincha cannamella so‘zidan olingan bo‘lib bir o‘simlikning nomi xisoblanadi. Qaysi o‘simlikning? Javob: Shakarqamish. 184-savol: Bu so‘z yunoncha «ko‘rpa-to‘shak» degan so‘zdan olingan. Albatta dastlab u vujudga kelganida u yerda ko‘rpa-to‘shakdan boshqa ko‘p narsa bo‘lmagan. Hozirda u o‘ta rivojlangan bo‘lsada, baribir ko‘rpa-to‘shaksiz u yerni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U qaysi joy? Javob: Klinika (kline). 185-savol: Yunonistonda uzumchilik va vinochilik xudosi Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayramda odatdagidan boshqacha kiyimda qatnashgan va hammaning kayfiyatini ko‘targan odamlar keyinchalik o‘z nomlarini bir soha kishilariga berganlar. Ularning nomi nima bo‘lgan? Javob: Komik. 186-savol: Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Frantsiyada topildi. Keyinchalik u o‘zining Yevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetib boradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Ho‘sh endi aytingchi, u AQSh ning qaysi shtatidan kelgan? Javob: Kolorado. Izoh: Bu yerda gap kolorado qo‘ng‘izi xaqida ketmoqda. 187-savol: Bu asarni deyarli barchamiz sevib o‘qiganmiz. U dastlab paydo bo‘lganida «Alif layla va layla» deb nomlanadi. Bu asar o‘zbekcha qanday nomlanadi? Javob: «Ming bir kecha». 188-savol: Mehrob so‘zi arab tilida harb joyi, ya’ni jang joyi degan ma’noni bildirar ekan. Aytingchi, u yerga nega aynan shunday nom berilgan? Javob: Bu yerda namoz paytida shayton bilan imom o‘rtasidagi urush bo‘ladi degan tasavvurlardan kelib chiqqan holda. 189-savol: Bu munosabat belgisi matematika faniga 1557 yilda Rekord tomonidan kiritildi. Bu qaysi belgi? Javob: Tenglik belgisi. 190-savol: Ularni Tojikistonda jo‘gilar, Armanistonda bosha, Angliyada misrlik, Eronda qoracha, Frantsiyada fir’avn qabilasi, Finlyandiyada qora deb ataydilar. Ho‘sh ular bizda qanday ataladi? Javob: Lo‘lilar. 191-savol: Bu harbiy unvon Frantsiyada 15 asrda paydo bo‘lgan, o‘sha paytlarda boshlig‘i vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan ofitserni shunday deb atashgan. U qanday atalgan? Javob: Leytenant. 192-savol: Bu sintetik tolani Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb nomlashadi. U bizda qanday nomlanadi? Javob: Lavsan. 193-savol: Bu transport turi 20 asr boshlarida paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik uni tramvayning o‘tmishdoshi deb biladi. Bu transportning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi nima edi? Javob: Otlar (konka-kon). 194-savol: Uyg‘unning she’ridan bir to‘rtlikni eshiting: Qay yoshdan yurakda ishq o‘ti yonar? So‘rog‘in salomday so‘raydi alik. Aynan ……dan yoshlik boshlanar, Ungacha bo‘lgani bari bolalik. Ushbu to‘rtlikda tushirib qoldirilgan so‘zlarni toping. Javob: Birinchi bo‘sa (Uyg‘un haq J). 195-savol: Qadimgi hind traktatida shunday yozilgan: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb mayli do‘stlikni, tana mayli hohishni tug‘diradi. Aql, qalb, tana mayli bir bo‘lib uni tug‘diradi». Nimani tug‘diradi? Javob: Muhabbat. 196-savol: O’rta asr Xitoy aforizmi (Syuy Syuemo)da shunday iboralar bor: «Erkak kishi ayolni chanqoqdan azob chekib, suvga intilayotgan yo‘lovchidek sevadi». Nega aynan shunday o‘xshatish qilingan? Javob: Undan o‘z extiyojini qondirib bo‘lgandan so‘ng unga bo‘lgan qiziqishi yo‘qoladi. 197-savol: O’rta asr Xitoy aforizmi (Syuy Syuemo)da shunday iboralar bor: «Ayol kishi erkakni issiqdan toliqib salqinga intilayotgan yo‘lovchidek sevadi». Nega aynan shunday o‘xshatish qilingan? Javob: U hatto o‘zi hohlagan narsaga erishsa ham uni hech tark etmaydi. 198-savol: Aleksandr Dyuma: «Bu boshqalardan ko‘ra o‘ziga ko‘proq azob berish san’atidir» degan. Nima haqida shunday degan? Javob: Rashk. 199-savol: L.N.Tolstoy «Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda syujetlar, voqealar rivojlanib borib oxirida hammasi u bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa undan keyin boshlanadi». Tolstoy u deganda nimani nazarda tutgan? Javob: To‘y.
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2070 | Загрузок: 0
|
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |