Понедельник, 25.11.2024, 01:42Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 009
17.12.2012, 21:22

/"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI
251-savol: Dastlab 16-17 asrlar Frantsiyadagi katta hashamatli uylar shunday atalgan.
Keyinchalik shularga taqlidan qurila boshlagan shahardagi bir turkum binolar o‘sha nom bilan
atalgan. Ular qanday atalgan?
Javob: Otel.
252-savol: 12-13 asrlarda Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlardagi davlat boshliqlarning unvoni;
Mamluklar davrida Misr lashkarboshisi; Saljuqiy sultonlar valiahdlari murabbiysi. Bularning
barchasi bir nom bilan atalgan. Siz menga ular qanday atalganini emas, shu nomga ega bo‘lgan
adabiy qahramonning muallifini ayting.
Javob: Abdulla Qodiriy.
Izoh: Bu yerda gap «otabek» degan nom haqida ketmoqda. Otabek ismli adabiy qaxramon
Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanining bosh qahramoni.
253-savol: Bu sport turi 1900-yildan boshlab Olimpiada o‘yinlaridan joy olgan. 1953 yildan jaxon va Yevropa chempionatlari o‘tkaziladi. Halqaro federatsiyasi FEI 100 ga yaqin
mamlakatlar milliy federatsiyalarini birlashtiradi. O’zbekistonning bu sport federatsiyasi FEI ga
1993 yildan a’zo. Bu qaysi sport turi?
Javob: Ot sporti.
254-savol: O’zbekiston va bir qancha mamlakatlarda u 735,499 Vt, AQSh va Buyuk Britaniyada
esa 745,7 Vt. Bunga qarab, AQSh va Yevropada ular bizdagiga qaraganda sal baquvvatroq
ekanda degan hulosaga kelish mumkin. Ular kimlar yoki nimalar?
Javob: Otlar (Gap «ot kuchi» quvvat o‘lchov birligi haqida ketmoqda).
255-savol: Bu voqea Bangkokda 4 marta, Dehlida 2 marta, Manila, Tokio, Jakarta, Tehron, Seul,
Pekin va Xirosimada 1 marta sodir bo‘lgan. Uning oxirgisi qaerda sodir bo‘lgan?
Javob: Janubiy Koreyaning Pusan shaxrida (2002 yil).
Izoh: Gap Osiyo o‘yinlari haqida ketmoqda.
256-savol: U namlik yerni yoqtiradi. «Tagim ko‘l bo‘lsin, tanam cho‘l bo‘lsin» degan maqol xam
borki, buni bog‘bonlar uning tilidan aytishgan. U nima?
Javob: Anjir daraxti.
257-savol: Xalqimizda dexqonlarning piri-Bobo Dexqon, yilqichilarniki -Qambar ota, sigir
boquvchilarniki - Zangi ota, echki boquvchilarniki - Saksak ota, poyafzal tikuvchi kosiblarniki -
Boboi Parado‘z,chilangarlarniki - Hayoti Dovud bo‘lgan. Qo‘y boquvchilarning piri kim bo‘lgan?
Javob: Cho‘pon ota.
258-savol: Xalqimizda arpa og‘sa, kanduginingni (g‘alla soladigan joy) tuzat, bug‘doy og‘sa,
somonxonangni degan ibora bor. Buni qanday izohlash mumkin?
Javob: Arpa og‘sa (boshini ko‘tara olmay bir tarafga og‘sa)soyada doni to‘lishib, hosildor
bo‘ladi,bug‘doyda esa buning tamomila aksi bo‘ladi.
259-savol: Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida unga shunday ta’rif beradilar: «U gul va
boshqa narsalarning ustiga tushadigan, ko‘zga ko‘rinmas shudringdir, u shunday bir bug‘ki,
yuqoriga ko‘tarilib, havoda yetiladi va kechasi quyuqlashib pastga tushadi». U nima?
Javob: Asal.
260-savol: O’rta Osiyo xalqlari uni «to‘qson» deb ataganlar. Yana bunga ehtiyot yuzasidan 10 ni
qo‘shib, yuzga to‘lg‘azib, «Sad pok» deb yuritganlar. Ular nimani shunday ataganlar?
Javob: Qishni.
261-savol: Xalqimizda «Baloning mingi Sirda, biri qirda» degan maqol bor. Bu maqol nima
xaqida aytilgan. Javob: Sirdaryo daryosi xaqida.
Izoh: Ilgari Sirdaryo juda ko‘p toshib, uning bo‘yida yashovchi xalqqa ko‘p talofatlar yetkazgan,
qirga chiqib ketgan xalq esa, bunday ofatga duchor bo‘lmas edi.
262-savol: O’tmishda ba’zi oqlig‘i (sut,qatiq) yo‘q xonadonlarga sigiri borlar hurmada qatiq olib
kelib berardilar. Ushbu hurmalarni qaytarib berayotganlarida unga bir narsa solib berishgan.
Nima solib berishgan?
Javob: Moliga yem bo‘lsin deb kepak solib berishardi.
263-savol: Etnograf Snesarev shunday yozadi: «Xorazmda u to‘g‘risida «U xudoga zikr aytadi»
derdilar. Bundan tashqari, Xorazmda u o‘z ishini bevaqt sodir etsa, unga nisbatan keskin choralar
ko‘rilib, kallasi olingan». Bir daqiqadan so‘ng o‘sha kallasi olinganni nomini ayting.
Javob: Xo‘roz (bevaqt qichqirganida).
264-savol: Xalqimizda «Bo‘rining yesa ham, yemasa ham og‘zi qon» degan maqol bor. Bu
maqolning ma’nosi barchamizga ma’lum. Lekin bu ibora bejiz aytilmagan. Bu iboraning vujudga
kelishiga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Bo‘ri doimo og‘zini ochib, qizil tilini osiltirib yurgani uchun og‘zi qonday bo‘lib
ko‘rinadi.
265-savol: Qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor Z. Tursunxo‘jaevning yozishicha, agar
ushbu maqolga amal qilinsa, hosildorlik gektariga 3 tsentnerdan 6 tsentnergacha yuqori bo‘ladi.
Bir daqiqadan keyin shu maqolni aytib bering.
Javob: «Yer haydasang kuz hayda,kuz haydamasang yuz hayda».
266-savol: Xalqimiza «Jo‘jani kuzda sanaydilar» degan maqol bor. Jo‘jani nega aynan kuzda
sanash kerak?
Javob: Bahorda tuxumdan chiqqan jo‘jani kuzgacha kalxat,tulki va b. yeb kuzgacha ularning
soni kamayib, o‘zini eplab olgan jo‘jalargina qoladi. Aynan o‘shanda sanash kerak deyilmoqchi.
267-savol: Uning «qulog‘i chinoq bo‘lmasin, oyog‘i oqsoq yo kasal bo‘lmasin; salimul a’zosi
benuqson bo‘lsin» degan shartlari bor. Bu shartlar nimaga nisbatan aytilgan?
Javob: Qurbonlikka so‘yiladigan qo‘y.
268-savol: Xalqimizda «Ko‘rmoq bor yemoq yo‘q» degan maqol bor. Qaerda ko‘rmoq bor
yemoq yo‘q?
Javob: Diniy tushunchalarga ko‘ra, jannatda jamiki noz-ne’matlar, oziq-ovqatlar bo‘larmish.
Ammo ularni huddi tushda ko‘rgandek ko‘rish mumkin emish-u yeb-ichib bo‘lmasmish.
269-savol: AQSh ning 17-prezidenti Endryu Jonson boshqa prezidentlar bir kasb vakillariga ishonib topshiradigan ishni o‘zi amalga oshirgan. Bu ish bilan shug‘ullanib yuksak darajaga
yetgan insonlar ham bor. Bu qanday ish bo‘lishi mumkin?
Javob: Tikuvchilik. Endryu Jonson o‘z liboslarini o‘zi tikkan.
270-savol: Angliyadagi eng taniqli qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona rahbarining ismini
hammamiz eshitganmiz. Uni ayting.
Javob: Vatman.
271-savol: Bu so‘z forschadan olingan bo‘lib, boshdan oxirigacha, butunlay, tamoman, to‘liq
degan ma’nolarni bildiradi. Biz bu so‘zni ishlatganimizda uning o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan
birgalikda qo‘llaymiz. Bu qanday so‘z bo‘lishi mumkin?
Javob: Sarpo (Forschada sar-bosh, poy-oyoq degani, biz esa «bosh-oyoq sarpo» deymiz).
272-savol: O’tkir Hoshimov o‘zining «Sakkizinchi mo‘‘jiza» rukni ostida bosib chiqarilgan
bitiklarida shunday yozadi: «Dramaturgiyani adabiyot gultojisi deyishadi. Biroq menga qolsa uni
adabiyot gultojisi degan bo‘lur edim. Negaki, unda proza ham, she’riyat ham, dramaturgiya ham
bor». U nimani adabiyot gultojisi deb atagan?
Javob: Romanni.
273-savol: Frantsiyaning Portugaliyadagi elchisi Jan Niko 1560 yili frantsuz qirolichasi
Yekaterina Medichiga uni taqdim etgan va qirolichani bir darddan forig‘ qilgan. Jan Niko
qirolichaga nima taqdim qilgan?
Javob: Tamaki o‘simligi bargalari.
Izoh: Yekaterina Medichi migren bilan og‘rigan edi, tamakidan foydalana boshlagandan so‘ng u
o‘z dardidan forig‘ bo‘ladi, tamaki bargidagi alkaloid esa Jan Niko sharafiga nikotin deb
ataladigan bo‘ldi.
274-savol: Ro‘dakiyning iste’dodli shogirdi Shohid Balxiy shunday yozgan edi: «Bu ikkovi –
nargis guli bilan atirguldir, ularhxech qachon birgalikda ochilmaydilar. Ulardan birinchisi kimda
bo‘lsa, ikkinchisi bo‘lmaydi». U ikki narsnima?
Javob: Boylik va olimlik.
275-savol: Bizga ma’lumki, har yili «Yil insoni» unvoniga sazovor bo‘lgan kishilar aniqlanadi.
1982 yili «Time» jurnali «Yil insoni» unvonini unga bergan. Bir daqiqadan keyin menga o‘sha
yilgi «Yil insoni» ni ayting.
Javob: Kompyuter.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2179 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |