Понедельник, 25.11.2024, 01:34Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 009 A
17.12.2012, 21:24

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 009
200-savol: Xoratsiy Safrin shunday degan: «Ayol bilan tanishish uchun bir necha daqiqa yetarli,
uni yaxshi bilish uchun yillar kerak, haqiqiy va to‘liq bilish uchun……». Nima qilish kerak?
Javob: U bilan ajralish kerak.
201-savol: Aleksandr Ratner aytgan: «Bu ayollarga bo‘lgan sevgi-muhabbatning benihoya
kuchliligi oqibatidir». U nima?
Javob: Bo‘ydoqlik.
202-savol: Ambroz Birs fikricha: «Italiyada bu go‘zal ayoldir, Angliyada esa kuchli zahardir.
Ikki til orasidagi bu o‘xshashlik kishini hayratga soladi». Bu qanday so‘z?
Javob: Beladonna.
203-savol: U o‘zining asarlari tiraji bo‘yicha Bibliya va Shekspir pesalaridan keyin uchinchi
o‘rinni egallaydi. Uning asarlari bir yuz uchta tilga tarjima qilingan.Uning eng asosiy
qahramonlaridan biri Nikaragua pochta markasida tasvirlangan. Bu mashxur ijodkor kim?
Javob: Detektiv qirolichasi Agata Kristi.
204-savol: «Haqiqiy yigit arslonday irillay olishi kerak» degan shior ostida xar yili Janubiy
Afrikaning Nelotreyt shaxrida musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqada arslonday irillay olgan yigitlar
saralanadi. Musobaqa g‘oliblari bilan sovrindorlari unga eng mos deb hisoblanilar ekan. Nimaga?
Javob: Kuyovlikka.
205-savol: Turkiyaning ayrim qishloqlarida hozirgi kunga qadar qiz kuyovning haqiqiy yigit
ekanligini ko‘rsatish maqsadida uning eshigi oldida ko‘pchilikni yig‘ib unga nisbatan bir ishni
qiladi. Nima qiladi?
Javob: Kuyovning soqol va mo‘ylovini qirib tashlaydi.
206-savol: Ximolay tog‘ida yashaydigan sherp qavmida ikki aka-uka xovlini bo‘lmaslik uchun
bir qizga uylanishar ekan. Agar o‘sha oilada uch bola tug‘ilsa kattasi bilan kenjasi bir qizga
uylanadi. O’rtanchasichi?
Javob: Cherkovga ketadi.
207-savol: Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida unga tog‘dan-tog‘gacha o‘tkazilgan
tom» deb ta’rif berilgan. U nima?
Javob: Buyuk Xitoy devori.
208-savol: To‘ng‘uzlug‘ – G’arbiy Anato‘liyadagi shahar. XI asrda bu yerlarni Saljuqiylar zabt
etganlarida atrofda to‘ng‘iz ko‘p bo‘lganligi uchun shaharni shu nom bilan ataganlar. Lekin shaharning xristian axolisi islomlashib, atrofdagi to‘ng‘izlar ham qirilib bitgandan so‘ng
Usmoniylar davrida butunlay musulmonlashgan shahar ahli shaharlarining nomidan orlanib, XV
asr oxiridan uni u yerdan ancha uzoq bo‘lishiga qaramay bir nom bilan ataydilar. Qanday nom?
Javob: Dengizdan ancha uzoq bo‘lishiga qaramay Denizli deb atashadi.
209-savol: Xitoy imperatori (Min sulolasi 1368 yil) Amir Temurga yuborgan maktublarida unga
bir nom bilan murojaat qilardi. Diplomatiya tilida esa bu «sen menga tobesan» degan ma’noni
bildirardi. Imperator o‘z maktublarida Amir Temurga qanday murojaat qilardi?
Javob: «O’g‘lim» deb.
210-savol: Bu «hovli»ning dastlabkisi Frantsiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan 1529 yilda
Parijda bunyod etilgan. Toshkentda bunday «hovli» ilk bor 1903 yilda qurilgan. Hozirgi kunda
O’zbekistonda 530 ta bunday «hovli» bor. Shu hovlilarning eng kattasini ayting.
Javob: «Yunusobod» tennis korti (ing.court – hovli).
211-savol: Konyak spirti 3,4,5 yil saqlanishi mumkin. Biz konyak spirti necha yil saqlanganini
qanday bilishimiz mumkin?
Javob: Konyak shishasidagi yorliqda ko‘rsatilgan yulduzlar soniga qarab.
212-savol: Uning ota-onasi asli odessalik. U yoshligidan xotirasi juda kuchli bo‘lgan. 4 yoshida
bobosi ko‘rsatgan fokuslarni tezda o‘zlashtirib, izidan qaytarar edi. 7 yoshdan mustaqil o‘zi
o‘ylab topgan fokuslarni odamlar oldida namoyish eta boshlagan. 15 yoshida «Afsungarlar
jamiyati»ga qabul qilingan. U kim?
Javob: Asli ismi Dodik Kotkin bo‘lgan Devid Kopperfild.
213-savol: Bu so‘z ingliz tilida dexqon uyi degan ma’noni bildiradi. Asosan 16 asr oxiri 17 asr
boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyinchalik Skandinaviya, AQSh va b. joylarda
tarqalgan. Bu dexqon uyini biz qanday ataymiz?
Javob: Kottej.
214-savol: Bu asarning muallifi o‘z asari haqida shunday yozgan: «Men bu kitobni mahsus alifbe
tartibida hikmatli so‘zlar, saj’lar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar
bilan bezadim». Bu qaysi asar va uning muallifi kim?
Javob: «Devonu lug‘otit turk», Mahmud Qoshg‘ariy.
215-savol: Bu so‘z yunonchada «katta kosa» degan ma’noni bildiradi. Bunday «katta kosa»lar
yerdan ko‘ra boshqa joyda ko‘proq. Qaerda?
Javob: Oyda.
Izoh: Gap bu yerda kraterlar haqida ketmoqda (krater-katta kosa). 216-savol: Bitmay qolgan ish; inson tanasining bir qismi; peshona teri bilan topilgan pokiza
ne’mat; qilgan nojo‘ya ishlar uchun koyish va o‘yinga yolg‘on aralashtirib nohaq o‘ynash. Bu
tushunchalarning umuiyligi nimada?
Javob: Bular barchasi o‘zbek milliy kurashida ishlatiladigan atamalar: chala, yonbosh, halol,
tanbeh, dakki va g‘irrom.
217-savol: Xorunjiy Potanin 1829-30 yillardaToshkentda bo‘lganida «Shahar markazida hiyla
baland do‘nglik joylashgan bo‘lib, shahar aholisi u yerda tez-tez sayillar, bayramlar o‘tkazish
uchun to‘planganlar. Bu yerdan shahar hududi xuddi kaftdek ko‘zga tashlanib turadi» deb
yozgan. U yuqoridagi ta’rifini Toshkentdagi qaysi joyga nisbatan bergan?
Javob: Ko‘kcha (ko‘hcha so‘zi forschadan tarjim qilinganida tog‘cha, tepalik degan ma’noni
bildiradi).
218-savol: Bu yerda yashovchi xalq juda hushfe’l xamda ochiqko‘ngil. Ular har bir mehmonni
"Selemat datang” deya yuzlarida tabassum bilan qarshi oladilar. Ular o‘zlarini «Bumiputra» ya’ni
«zamin o‘g‘lonlari» deb ataydilar. Bu qaysi xalq?
Javob: Malayziyaliklar (malaylar).
219-savol: 1927 yil, Yaponiya «Monsyu» - 9810 m. 1952 yil Britaniya «Chelenjer II» - 10863 m.
1959 yil sobiq SSSR «Vityaz» - necha m?
Javob: 11022 m.
Izoh: Bu yerda gap mana shu yillari mana shu davlatlarning shu nomdagi suvosti kemalari
Marianna botig‘ini chuqurligini o‘lchab, bergan ma’lumotlari haqida ketmoqda.
220-savol: U II - Jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alaba sharafiga yodgorlik sifatida barpo
etilgan. Uning asosini A. Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn shahridan keltirib
o‘rnatgan. U nima?
Javob: Toshkent kuranti.
221-savol: Unda 8 ta g‘ildirak bo‘lib, ularning har biri o‘z dvigateliga ega. Televizion kameralar
uning ko‘zlari vazifasini bajargan. U nima?
Javob: «Lunoxod-1» apparati.
222-savol: Yaponiyada ularni dasturxonda ko‘rishsa xech kim ajablanmaydi. Ushbu kunchiqar
mamlakatda uni taom sifatida iste’mol qiladilar. Ularni qaynatib, ustiga uksus sepib, ozgina
shakar ham solishadi. Shundan keyin qarabsizki shirin va mazali taom tayyor. Umuman,
Yaponiyada ular uchun yuzlab retseptlar bor. U nima?
Javob: Xrizantema guli.
223-savol: Frantsuzlar uchun ovqatning sifati muhim, inglizlar uchun odamning ovqatlanish paytida o‘zini tuta bilishi muhim. Ho‘sh endi aytingchi, bu borada nemislarni nima qiziqtiradi?
Javob: Dasturxonga tortilgan taomlarning soni.
224-savol: Hadisni eshiting: «Xotinlarga bashorat: homilador bo‘lurlar, tug‘arlar, bolalarini
emizadilar, bolalariga marhamatli ham bo‘lurlar, agar erlari bilan yaxshi muosharat qilib, namoz
ham o‘qisalar o‘sha narsa shubhasizdir». Nima?
Javob: Jannatga kirishlari.
225-savol: «Zichi Ko‘ragoniy» asarida odatdagi matematik formulalar ham, tenglamalar ham,
yulduzlar nomi ham yo‘q, hatto ushbu asarda ulardan birortasini uchratmaysiz. Ular o‘sha
paytlarda harflar bilan ifodalangan. Ular nimalar?
Javob: Raqamlar.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2185 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |