Понедельник, 25.11.2024, 01:45 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 01
| 17.12.2012, 21:16 |
ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 013 326-savol: Ular ja’mi 4 ta. Shundan birinchisida 20 ta bo‘lsa ham u bosiq, ikkinchisida bor yo‘g‘i 9 ta, lekin u osmonni boshiga ko‘taradi, uchinchisida bor-yo‘g‘i 5 ta va u sharqona kamtarinlikni namoyon qiladi, to‘rtinchisida 10 ta va u eng yuqorida turadi. Siz menga ushbu to‘rtlikni emas, ularda nima shunchadan ekanligini ayting. Javob: Dengizlar. Izoh: Gap okeanlar haqida ketmoqda: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari. 327-savol: 1830 yil 18 sentyabrda AQSh da bir poyga bo‘lib o‘tdi. Unda bir yangi kashfiyot sinab ko‘rilgan edi. Lekin tabiat har doimgidek insondan ustun keldi. Lekin bunga qaramay oradan 3 oy o‘tib bu kashfiyotdan insonlar foydalana boshladilar. Siz menga mag‘lubiyatga uchragan kashfiyotni emas, balki undan to‘xtashni iltimos qilgan film qahramonini ayting. Javob: Balbes. Izoh: So‘z paravoz haqida ketmoqda, Yu.Nikulin qahramonini qo‘shig‘ini eslang: Shoshma paravoz…. 328-savol: Islomda bu narsa kishilarningn qaysi ijtimoiy guruhga tegishliligiga qarab turlicha bo‘ladi. Shialik ruxoniylarida u qora, sayyidlar va hojilarda yashil bo‘lgan. Siz menga uning nima ekanligini emas, balki ba’zi holatlarda u nimaning o‘rnini bosishi mumkinligini ayting. Javob: Kafanlik. Izoh: So‘z salla haqida ketmoqda. 329-savol: 1455-1485 yillarda o‘zaro kurash olib borgan ikki dinastiya bo‘lgan. Buni qarangki, ularning har ikkalasining belgisi haqida oradan bir necha asr o‘tib qo‘shiqlar kuylandi. Qo‘shiq kuylaganlardan biri rus, ikkinchisi o‘zbek ayoli hisoblanadi. Agar rus ayoli Alla Pugachyova bo‘lsa, o‘zbek ayoli kim? Javob: Umida Mirxamidova. Izoh: Gap Angliyada bo‘lib o‘tgan "Oq atirgul” va "Pushti atirgul” ramzlariga ega bo‘lgan dinastiyalar o‘rtasidagi urush haqida ketmoqda. Alla Pugachyova pushti atirgul haqida kuylagan bo‘lsa, Umida Mirxamidova oq atirgullar haqida kuylagan. 330-savol: Sobiq sovet ittifoqidan fazoga "Orbita”stantsiyasi to‘riga rangli va oq qora TV dasturlarni uzu-kun translyatsiya qilish uchun sun’iy yo‘ldosh uchirildi. Unga nom berishda esa oq-qora TV larni unutib, rangli TV larga hos bo‘lgan nomni berishdi. Unga qanday nom berilgan bo‘lishi mumkin? Javob: "Raduga”. 331-savol: Mark Tven aytgan: "Agar sizning yoshingiz 48 dan kichik bo‘lsa va siz birinchisi bo‘lsangiz, demak siz juda ko‘p bilasiz. Agar sizning yoshingiz 48 dan katta bo‘lsa va ikkinchisi bo‘lsangiz demak, siz juda kam bilasiz”. Birinchisi va ikkinchisini tartib bilan ayting. Javob: Pessimist va optimist. 332-savol: Madam de Steyl aytgan: "Men erkak emasligimdan baxtiyorman, chunki agar erkak bo‘lganimda o‘sha ishni qilishimga to‘g‘ri kelardi” degan. Nima qilishga to‘g‘ri kelardi? Javob: Ayol kishiga uylanishga. 333-savol: Bu ikkala narsa ham sarflanadigan narsa. Birinchisi bizning hohishimizga qaramay sarflanaveradi, ikkinchisinig sarflanishi esa, bizga bog‘liq. Ikkovini ham foydali yoki zararli tomonga sarflash insonning o‘zining ishi. Endi siz menga o‘zbeklar iborasiga ko‘ra birinchi va ikkinchining oxirgisini nimaga sarflashni tavsiya qilinishini ayting. Javob: Palov yeyishga. Izoh: Gap kun va pul haqida ketmoqda: "Kuningdan bir kuning qolsa ham osh ye, pulingdan bir so‘ming qolgan bo‘lsa ham osh ye”. 334-savol: Xalqimizda "Oyga qarab adashsang otingni oltin qoziqqa bog‘la” degan ibora bor. Xo‘sh o‘sha "ot bog‘lanadigan” "oltin qoziq” nima? Javob: Qutb yulduzi. 335-savol: Shaxmatda uzoqqa uruvchi (dalnoboykiy) figuraning raqib figurasi yoki piyodasi, shuningdek, qandaydir maydonga raqibning boshqa figuralari orqali o‘tishi aynan bir insonning nomi bilan ataladi. U inson aslida shaxmatchi emas, lekin uning nomi nafaqat shaxmatchilarga balki tibbiyot xodimlariga ham juda yaxshi tanish. U kim? Javob: Rentgen. 336-savol: Vorfolomey, kichik Iakov, Andrey, Matvey, Faddey, Simon, Foma, Iakov Zavedeev, Filipp, Petr, Ioann. O’sha sirli kechaning yana ikkita qatnashchisini ayting. Javob: Iso va Iuda. Izoh: Bu yerda gap Leonardo da Vinchining "Tilsimli kecha” suratidagi Iso va 13 ta havoriylar haqida ketmoqda. 337-savol: 100 metrlik metall sterjen 1 daraja isitilganda 1 mm ga uzayadi. Toshkentda harorat yil davomida o‘zgarib turadi. Shu sababli metall haroratining 15 gradusdan 65 gradusgacha qizishini hisobga olsak,uning balandligi taxminan 15 sm ga o‘zgarib turadi. Uni ayting. Javob: Toshkent teleminorasi. 338-savol: Odatdagi asalarilar oilasi bir mavsumda 50-60 kilogrammgacha asal va 1- 1,5kilogramm uni berishi mumkin. U nima? Javob: Mum. 339-savol: O’zbekistonda davlat muhofazasi ostiga ularning 319 tasi olingan, ulardan ko‘pchiligi Farg‘ona vodiysida,Samarqand,Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridadir.Ulardan ayniqsa ehtiromga sazovori Vodilda bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari 800, 35, 8 ga teng.U nima? Javob: Chinor (800 yosh,bo‘yi 35 m,qalinligi 8 m). 340-savol: Bu narsaga nisbatan non 3 marotaba,sigir suti 10 marotaba kamroq to‘yimlidir. Kaloriyaviyligi bo‘yicha unga hatto cho‘chqa yog‘i ham bas kelolmaydi. U nima? Javob: Yong‘oq. 341-savol: Blits savol. Mavzu: O’zbek topishmoqlari. 1.Onasidan kiyim-boshim Bolasidan yog‘li oshim. 2.Tim qora kichkina xol To‘xtatar yo‘lda darhol 3.Yettisi bir yerga yig‘ilsa Beshisi bir yerga yig‘iladi. Javob: 1.Paxta. 2.Nuqta. 3.Palov (palovning yettita asosiy masallig‘i va uni "o‘zbekchasiga” yeydigan beshta barmoq). 342-savol: Shaxmat bo‘yicha 9-jahon chempioni Tigran Petrosyanning shunday gapi bor: "Shaxmat –bu shakli bo‘yicha o‘yin, mazmuni bo‘yicha-san’at, o‘yinni o‘rganish qiyinligi bo‘yicha esa - udir”. U nima? Javob: Fan. 343-savol: Bu qirollikning Agadir, Safi, Tetuan, Tanjer kabi portlari bor. Uning poytahti ham port port shahar hisoblanadi. Lekin u mamlakatdagi eng yirik port emas. Siz menga ushbu mamlakatning eng yirik portini ayting. Javob: Kasablanka (Gap Marokash davlati haqida ketmoqda). 345-savol: Injilda shunday yozilgan: "U ishni qilmanglar - na osmon haqqi, chunki u Xudoning taxtidir, na yer haqqi, chunki u Xudoning poyandozidir, na Quddus haqqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir. Boshing haqqi ham u ishni qilma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilomaysan”. Injilda nima qilmaslik to‘g‘risida nasihat qilingan? Javob: Qasam ichish. 346-savol: Blits savol. Mavzu: Namoz. 1.Fors tilida namoz, arab tilida-chi? 2.O’zbekistonda namoz asosan shu mazhabga muvofiq o‘qiladi. 3.Joynamozning bosh tomoniga aynan uning shakli tikilgan bo‘ladi. Javob: 1.Salot. 2.Hanafiylik. 3.Burchak (mehrob). 347-savol: Bir zolim podsho xalqqa: "Mening bo‘yimga loyiq ko‘rpa tikib kelinglar” deb buyuribdi. Ertasiga podsho ko‘rpalarni birma-bir ustiga yopib ko‘ra boshlabdi. Ko‘rpa agar uzunroq bo‘lsa, uni ataylab bosh tomonga tortib, oyoqlarini cho‘zib: "Ie bu kalta-ku!” deb, agar kaltaroq bo‘lsa jo‘rtaga oyoqlarini yig‘ib olib: "Ie bu uzun-ku” deb baqiraveribdi. Shunda navbat bir cholga kelibdi. Podsho u keltirgan ko‘rpani ustiga yopibdi-da, bosh tomonga tortib oyoqlarini tizzasigacha ochib: "Ie bu kalta-ku!” deb baqirgan ekan, sabr kosasi to‘lib turgan chol qo‘lidagi hassasi bilan podshohning oyoqlariga bir tushirib, bir gap aytibdi. U podshoga nima degan? Javob: "Ko‘rpangga qarab oyoq uzat-da!”. 348-savol: Bu nisbat finvalda 0,0045%, Hind filida 0,27%, itda 0,22%, asalarida 0,5%, uy sichqonida 3-3,2%, gorillada 0,2%, shimpanzeda 0,8%, odamda esa 2-2,5% ni tashkil etadi. Aniq qilib ayting, nimaning nimaga nisbati? Javob: Bosh miya massasining tana massasiga nisbati. 349-savol: Ularning rangiga ko‘ra qora, kulrang, durrang, kumushrang, tillarang, bronza rang, qahrabo rang, platina rang, po‘lat rang, jigarrang, brilliantsimon rang, oq va boshqa turlari bor. U nima? Javob: Qorako‘l terisi. 350-savol: Vladimir Voroshilovning sevimli iborasi bor: "Birinchisini ko‘rdingmi-uni qo‘y. Ikkinchini ko‘rdingmi-uni o‘tqaz. Agar hech nima ko‘rmayotgan bo‘lsang, qog‘oz va matoni vayron qilma”. Siz menga birinchi va ikkinchini o‘zaro birlashtirgan va bundan bir yangilikni yaratgan insonni ayting. Javob: Morze (Gap bu yerda nuqta va chiziq, ya’ni tire haqida ketmoqda).
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1998 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |