Понедельник, 25.11.2024, 02:04Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 010
17.12.2012, 21:21

.ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 010
226-savol: Rossiyada joylashgan «Kasperskiy laboratoriyasi» tahliliy markazi u yerda tarqalgan
viruslar haqidagi ma’lumotni e’lon qildi. O’tgan yili 9 ta virus epidemiyalari va 26 ta lokal virus
tarqalgan. Bu viruslar qaerda tarqalgan?
Javob: Internetda.
227-savol: Anton Chexov u narsani doimo yonida olib yurgan, uning aksi o‘laroq Buninda u
narsa umuman bo‘lmagan. U nima?
Javob: Yon daftar.
228-savol: XIX asrda germaniyalik Paul Shults ismli qassob ish qidirib Amerikaga borib qoladi.
U har kuni kushxonadan qaytayotganida o‘zi so‘ygan mollarning ichaklarini o‘zi bilan birga
uyiga olib kelib, ularning ichini har xil masalliqlar bilan to‘ldirib, iste’mol qilar edi. Shu tariqa
Shults uning ixtirochisiga aylanadi. U nimani ixtiro qilgan?
Javob: Sosiska.
229-savol: Barchamiz turli sosiska turlarini bilamiz: mol go‘shtidan, qo‘y go‘shtidan, tovuq
go‘shtidan tayyorlangan va h. Sosiskalar ichida sutli sosiskalar xam bor. Ularga sut qo‘shiladimi,
nima uchun ular shunday ataladi?
Javob: Sutli sosiskaga sut qo‘shilmaydi, albatta. Ularning bunday atalishiga sabab ular sut emib
turgan cho‘chqa bolasining go‘shtidan tayyorlanadi.
230-savol: Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari,
ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida xam davlat
qaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ular
shartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Javob: Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.
Izoh: Hindistonda axoli soni keskin o‘sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o‘sishni shu yo‘l bilan kamaytirish maqsadida hohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi.
231-savol: Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchi
kalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan?
Javob: Ob-havo xaqida.
232-savol: A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillari
haqida shunday degan?
Javob: Tarjimonlar.
233-savol: Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sud
jarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shunday
deyiladi: «Ular guvoh emaslar,ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar». Ular
kimlar?
Javob: Vrachlar.
234-savol: Arab alximigi Jobir (Geber) tomonidan VIII asrda kashf qilingan modda Rim papapsi
Aleksandr VI ning o‘g‘li, XVII asrda yashagan Teofaniya di Adomaga juda qo‘l keladi va u
ushbu kashfiyot yordamida «akva tafana» nomli suv tayyorlaydi. U bu suvdan g‘arazli maqsadda
foydalanadi.Siz menga uning bu suvdan nima maqsadda foydalanganini emas, o‘sha moddaning
nomi nima ekanligini ayting.
Javob: Margimush.
235-savol: Bu so‘z ikki yunon xudolari: Germes (erkak) va Afrodita (ayol) nomlaridan kelib
chiqqan bo‘lib o‘zida bu ikkovining bir xususiyatini birlashtiradi. Bu qanday so‘z?
Javob: Germafrodit (O’zida ikki jinsning belgilarini saqlovchi organizm).
236-savol: Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha, undan o‘lish hollari
yurak-qon tomir kasalliklari, onkologik kasalliklardan o‘lish xollaridan keyin uchinchi o‘rinda
turadi. U qanday sabab?
Javob: Avtohalokatlar.
237-savol: U haqida Ismoil Jurjoniy «U hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, ovqat hazm
qilishni yaxshilaydi» degan. Ruslarning 1770 yilda chop etilgan kitobida uni «ikkinchi ona» deb
tasvirlaydilar. U nima?
Javob: Hammom.
238-savol: Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko‘ngil
yozish, kuch to‘plash, ilm va adab o‘rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo‘lish».
Qaysi ish haqida shuday deyilagn? Javob: Safar qilish.
239-savol: Abdulla Qodiriy unga shunday ta’rif bergan: «Bu zo‘rlikniki emas, haqliknikidir, bu
zolimlarniki emas, mazlumlarnikimdir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir».
Qodiriy nimaga nisbatan shu ta’rifni bergan?
Javob: «Mushtum»ga nisbatan.
240-savol: Peruda aqlli otalar avokado daraxti mevasi pishgan davrda o‘z qizlarini ko‘chaga
chiqarmaydilar. Nega?
Javob: Chunki, Peruda eng kuchli shahvoniy hissiyotni qo‘zg‘atuvchi meva avokado
hisoblanadi.
241-savol: Abdulla Oripovning shunday satrlari bor:
Men ham yashayapman o‘z zamonamda,
Davrimdan qayga xam tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim mening qonimda
Qaysi bir bobomning hislati ko‘proq.
Yuqoridagi satrlarning mazmunidan kelib chiqqan holatda aytingchi, ushbu she’r qanday
nomlanadi?
Javob: Genetika.
242-savol: Tog‘ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» asarida u shunday ta’riflanadi: «Uelimiz
ta’rixi. Unda elimiz kechirmish hayitlari bor, fojialari bor. U-qo‘shiq, elimizning azaliy
ham so‘ngsiz qo‘shig‘i». U nima?
Javob: Atlas.
243-savol: Ular o‘zlarini «Ni Malagasi» deb atashadi. Aynan mana shu so‘zdan ularning
frantsuzcha atalishi «malagasilar» kelib chiqqan. U qaysi xalq?
Javob: Madagaskarliklar.
244-savol: Madagaskarda biror jonivor uchalik e’zoz ko‘rmagan. Orolning shimoli-g‘arbida
yashovchi tsimixeti elati uni kuch-qudrat timsoli sifatida etirof etishadi. Uni o‘ldirish juda
behosiyat ish hisoblangan. Chunki uni o‘ldirish ajdodlar ruhini ham halok qilishni bildiradi. U
qaysi hayvon?
Javob: Timsox.
245-savol: Boburning «Boburnoma» asarida u kishiga shunday ta’rif beriladi: «Ustoz
Qulmuhammad va shayhi Noyi va Husayn Udiykim sozda ilg‘or, usta edilar, bekning tarbiyat va
quvvati yordami bila muncha taraqqiy va shuxrat qildilar. Ustod Behzod va Shoh Muzaffar
tasviri bekning sa’y va ehtimoli bilan mundoq mashxur va taniqli bo‘ldilar». Yuqorida tilga olingan «bek» kim?
Javob: Alisher Navoiy.
246-savol: Ular ba’zi joylarda bahshi deb ham yuritiladi. Uning asosiy qurollari doira yoki
qamchi, ba’zan dutor yoki hivchinlardan iborat bo‘ladi. Ular kimlar?
Javob: Parixonlar (duoxonlar, azayimxonlar).
247-savol: Leonardo da Vinchi uning g‘oyasini ilmiy asoslab bergan. Uning hozirgi kundagi
ko‘rinishini Rossiyada birinchi marta Kotelnikov 1911 yilda yaratgan. 18 sarda esa Mongolfe
ismli frantsuz u bilan minoradan sakragan. U nima?
Javob: Parashyut.
248-savol: Uning qirqdan ortiq turi bor: ivitma, bedana, to‘g‘rama, to‘y, sofaki, qorma, suzma va
b.. Ularni tayyorlash o‘zbeklar o‘rtasida, ayniqsa erkaklarga hos fazilat hisoblanadi. U nima?
Javob: Palov.
249-savol: 20 yil davomida qurilgan bu bino to‘g‘risida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha
ma’lumot beradi: «Temur ishga yaroqli bo‘lganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnaxrga
ko‘chishga buyruq berdi». Qaysi binoning qurilishi haqida gap bormoqda?
Javob: Oqsaroy.
250-savol: O’rta Osiyo xalqlarida, jumladan, o‘zbeklarda «osh xalol» degan odat bo‘lgan. Bu bir
kasb egasining xalol mexnati uchun berilgan osh, taomdan iborat bo‘lgan. «Osh xalol» kimga
berilgan?
Javob: Podachilarga.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 1952 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |