Понедельник, 25.11.2024, 02:08Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 011
17.12.2012, 21:19

."ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 011
276-savol: Qadimgi lotin maqollarida shunday yozilgan: "Pigritia est mater omnia vitiorum” -
ya’ni u barcha kamchiliklarning onasidir. U nima?
Javob: Dangasalik 277-savol: Abdulla Oripov bir nomli she’rida bu moslamaning insonda yo‘qligiga achinadi.
Lekin insonda sabot borligini aytadi. Unda esa sabot yo‘qligi uchun insonda yo‘q bo‘lgan o‘sha
moslama borligini aytadi. U nima bo‘lishi mumkin?
Javob: Qanot.
Izoh: Qushda-chi, sabot yo‘q, shuning-chun unga
Qochib qolmoq uchun qanot berilgan.
278-savol: Unga har qanday boylikning manbai, shon-sharafga olib boradigan yo‘l, chinakkam
olijanoblikning yagona unvonidir deb ta’rif berishgan. U nima?
Javob: Mehnat.
279-savol: Bu ro‘yxatda it birinchi o‘rinni egallaydi. Ot esa ushbu ro‘yxatda oxirgi o‘rinlardan
birida turadi. Bu qanday ro‘yxat bo‘lishi mumkin?
Javob: Xonakilashtirilgan hayvonlar ro‘yxati (Inson tomonidan it birinchi bo‘lib
xonakilashtirilgan, ot esa deyarli oxirgi xonakilashtirilgan hayvon hisoblanadi).
280-savol: Sherning ilonga aylanishi aql bovar qilmaydigan holat. Lekin bir asarda sherni ilon
deb, o‘qilon deb atashadi. U qaysi asar?
Javob: «Shaytanat» (Asad-arabchada sher degani).
281-savol: Bu qiymat suvda 225000, olmosda 124000, Kanada balzamida 198000, oltingugurt
uglerodida 184000 ga teng. Bu qiymat havoda nechaga teng?
Javob: 300000 km/s (Gap yorug‘lik tezligining turli muhitlardagi qiymati haqida ketmoqda).
282-savol: Ko‘pchilik fiziklar uni to‘g‘ri tartibda eslab qolish uchun quyidagi rus tilidagi iborani
yod olishni taklif etishadi: «Kajdiy oxotnik jelaet znat gde sidit fazan». Bu qanday ketma-ketlik?
Javob: Kamalakdagi ranglarning ketma-ketligi: krasniy (qizil), oranjeviy (olovrang), jeltiy
(sariq), zeleniy (yashil), goluboy (xavorang), siniy (ko‘k) va fioletoviy (binafsharang).
283-savol: U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10
ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng. U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi.
Javob: Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat
qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin.
284-savol: Gyote shunday yozgan edi: «U hazillarni tan olmaydi, u doimo haqqoniy, doimo
jiddiy, doimo qattiqqo‘l, u doim haq, xatolar va yanglishishlar insonlar tomonidan kelib chiqadi».
U nimaga shunday ta’rif bergan?
Javob: Tabiat. 285-savol: Qadimgi yunonlar bu yerga kelganlarida bu yerda ozuqabop o‘t, o‘simlik va chorva
mollari ko‘pligini ko‘rib hayratga tushganlar. Shuning uchun ular o‘sha yerni aynan shunday
atagan ekanlar. Qanday ataganlar?
Javob: Buzoqlar mamlakati-ya’ni Italiya.
286-savol: Etrusklar ularni muqaddas hayvon deb bilganlar. Ulardan faqat harbiy
maqsadlardagina foydalanganlar. U qaysi hayvon?
Javob: Ot.
287-savol: Rimliklar gallarni masharalab, ularni bir nom bilan ataganlar, chunki gallar
dubulg‘alariga o‘sha narsani qadab yurar edilar. Ular nima qadab yurishgan?
Javob: Xo‘roz patini.
Izoh: Shuning uchun yunonlar gallarni «xo‘roz» deb masxaralashar edi.
288-savol: Miloddan avvalgi 279 yilda Epir podshosi Pirr qo‘shinlari Adriatika dengizi sohilidagi
Auskul shahri yonida bo‘lgan jangda Rim qo‘shinlarini tor-mor etgan. Shunda Pirr: «Agar biz
rimliklar ustidan yana bir marta shunday g‘alaba qilsak,…» - degan. Uning so‘zlarini davom
ettiring.
Javob: «…tamomila halok bo‘lamiz».
Izoh: Bu jangda Pirr o‘zining juda ko‘p jangchilaridan ayrilgan.
289-savol:Xitoyliklar undan juda ko‘p zarar ko‘rishgan. Shuning uchun ular uni «Tentak»,
«Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi» deb atashgan. U xozir qanday ataladi?
Javob: Xuanxe daryosi.
290-savol: Qadimgi Xitoyda istilochilik urushlari va b. harakatlari uchun juda katta mablag‘ talab
etilgan Xan podsholigi bo‘lgan.Aynan o‘sha hokimiyat davrida qashshoq oilalarda yosh bolalar,
keksa ota, ona, buvi va buvalarni o‘ldirish hollari ko‘payib ketgan. Bunga nima sabab bo‘lgan?
Javob: Saltanatda soliq haddan tashqari oshirilib, jon boshi solig‘i yosh go‘daklar va keksalardan
ham olinar edi. Kamroq soliq to‘lash maqsadida shunday qilishga majbur bo‘lishgan.
291-savol: O’tmishda ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida u buyum eng qimmat, hatto muqaddas
hisoblanardi. Birov agar ko‘chmanchining o‘zini haqorat qilsa,u buni ko‘pincha esdan chiqarib
yuborar, ammo o‘sha narsasini haqorat qilsa, bunga asli chiday olmas, urishib-janjallashar, hatto
«to‘p»ga solib to‘qqiz ayb jarima soldirtirar edi. Ko‘chmanchilar ro‘zg‘orida bunchalik
e’zozlangan buyum nima?
Javob: Qozon.
292-savol: Oskar Uayld shunday yozgan: «Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq
o‘ylaydigan faqat bitta sinfi bor, bu ulardair». Kimlar? Javob: Kambag‘allar.
293-savol: Hind faylasuflari Charvak degan ta’limot yaratganlar. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va
bilimning bosh manbai - aynan udir. U nima?
Javob: Tajriba.
294-savol: Xitoy tilida «samoviy tog‘lar» deb ayting.
Javob: Tyan-shan.
295-savol: «Alpomish» dostonida Alpomishning yoyi o‘n to‘rt botmon birichdan deb ta’rif
beriladi. Botmon og‘irlik o‘lchov birligi ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Birich nima?
Javob: Bronza.
296-savol: XIX asrdan arifmometrlar keng qo‘llanila boshlandi. Hatto mahsus kasb mavjud
bo‘lgan - ya’ni ma’lum tartibdagi instruktsiyalarni arifmometr yordamida tez va aniq bajaruvchi
odam bo‘lgan. Bu odamni qanday atashgan?
Javob: Kalkulyator.
297-savol: Antuan de Sent Ekzyuperi unga shunday ta’rif bergan: «Sening na ta’ming, na
ranging, na xiding bor, seni ta’riflash mumkin emas, sendan sening nima ekanligingni bilmagan
holda lazzatlnishadi. Seni hayot uchun zarur deb bo‘lmaydi - sen hayotning o‘zisan. Sen biz o‘z
tuyg‘ularimiz bilan tushuntirib bo‘lmaydigan quvonch bilan bizni to‘ldirasan. Sen dunyodagi eng
katta boyliksan…». U nimaga ta’rif bergan?
Javob: Suvga.
298-savol: Bu kitob 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va bu mualliflar turli jamiyat
qatlamlaridan bo‘lishgan: davlat arbobi, baliqchi, cho‘pon, harbiy boshliq, vinochi, shifokor,
shoh, soliqlar yig‘uvchi, shoir, faylasuf va b. Bu qaysi kitob?
Javob: Bibliya.
299-savol: 1890 yilda Xosyu tomonidan chizilgan gravyurada bog‘ o‘rindig‘ida bir inson
o‘tiribdi. U boshiga shlyapa kiygan, egnida qora smoking va bo‘ynida kapalaknusxa bo‘yinbog‘i
bor. Bu insonning tepasida «U - yangi fanning genial va kamtarin asoschisi» degan yozuv turibdi.
Agar siz ushbu gravyurada kim tasvirlanganini topgan bo‘lsangiz, u o‘tirgan o‘rindiqning oldida
qanday daraxt o‘sib turganini ayting.
Javob: Olma daraxti (Gravyurada Isaak Nyuton tasvirlangan).
300-savol: Hind matematigi, VI asrda yashagan Aryabxataning quyidagicha she’ri bor:
Yuzga to‘rtni qo‘shib sakkizga ko‘paytir,
Keyin yana oltmish ikki mingni qo‘sh. Natijani yigirma mingga bo‘lsang,
Senga bir qiymat ma’lum bo‘ladi.
Yuqoridagi to‘rtlikda qanday qiymat nazarda tutilgan?
Javob: Aylana uzunligining diametrga nisbati ya’ni Pi.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2309 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |