Понедельник, 25.11.2024, 02:04Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 012
17.12.2012, 21:18

ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 012
301-savol: Ushbu tabiat hodisasi haqida hamma narsa ma’lum va hech narsa ma’lum emas.
Optiklar tasvirlar va formulalar bilan bu hodisa haqida gapirib berishlari mumkin. Ularni
o‘rganish deyarli mumkin emas, chunki ular buyurtma bo‘yicha paydo bo‘lmaydilar. Agar siz
so‘z qaysi tabiat hodisasi haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, shu tabiat hodisasi nomi
bilan ataluvchi asar yozgan o‘zbek yozuvchisini ayting.
Javob: Abdulla Qahhor.
Izoh: Gap bu yerda saroblar haqida ketmoqda.
302-savol: 1853 yil tashkil etilgan ushbu kompaniyaning eng oxirgi ishlab chiqargan mahsulotida
balandlikni o‘lchash qurilmasi,kompas,barometr, termometr kabi qo‘shimcha qurilmalari bor.
Uning asosiy qurilmasining vazifasi nima?
Javob: Vaqtni ko‘rsatish.
Izoh: Gap TISSOT kompaniyasi soatlari haqida ketmoqda.
303-savol: Britaniyalik haykaltarosh Entoni Gormli cho‘yandan inson figuralarini yasash bilan
shug‘ullanadi.Uning eng yaxshi haykallari Britaniyaning ko‘pgina shaharlarini bezab turibdi.U
o‘zining cho‘yan figuralarini ko‘pincha bir insongdan andoza olib yasaydi.Siz menga bu
insonning kim ekanligini emas,balki uning kasbi nima ekanligini ayting.
Javob: Haykaltarosh.
Izoh: U cho‘yan figuralarini o‘z gavdasidan andoza olib o‘ziga o‘hshatib yasaydi.
304-savol: Tailandning Sa Kaev provintsiyasida yashovchi pakana buqaning sohibi o‘z
buqasidan avlod olish niyatida huddi o‘sha zotdagi sigirni qidirishga tushdi.Qo‘shni
xo‘jaliklardan birida u o‘z buqasining juftini topadi va uni sotib olmoqchi bo‘ladi,lekin sigir egasi
bunga rozi bo‘lmaydi. Shunda pakana buqa egasi bu vaziyatni o‘z foydasiga hal qilish yo‘lini
topadi. Qanday qilib u o‘z maqsadiga erishadi?
Javob: U o‘z buqasiga o‘sha sigirni to‘y qilib olib beradi va «kelin»ni o‘zi bilan olib ketadi.
305-savol: Bartolomyu Gosnold 1606-1607 yil «Godspid»,otalar-asoschilar 1620 yil
«Mayflauer»,Layf Erikson 1000 yil «Viking».Sizlar menga ushbu ro‘yxatni to‘ldiradigan va eng
mashhurini huddi shu tartibda ayting.
Javob: Xristofor Kolumb 1492 yil «Santa Mariya» Izoh: Yuqoridagi ro‘yxatda Yevropadan Amerikaga turli yillarda uyushtirilgan ekspiditsiyalar
keltirilgan.
306-savol: Unga anchadan buyon haykal o‘rnatish niyatida edilar,lekin buning hech uddasidan
chiqa olmayotgandilar.Lekin,1999 yil Yekaterinburgda nihoyat unga dunyodagi birinchi
yodgorlik o‘rnatildi.Bronzadan quyilgan unchalik baland bo‘lmagan postamentda faqatgina bir
juft yalang oyoqlarning izi turibdi.Bu haykal kimga o‘rnatilgan?
Javob: Gerbert Uellsning «Ko‘rinmas odam»iga.
307-savol: Qadimgi hind qo‘shiqlaridan birida «ko‘kdan ham ko‘kroq faqat u bo‘lishi mumkin»
deyilgan.U nima?
Javob: Indigo bo‘yog‘i.
308-savol: Kataloniyaning O’rtaer dengizi qirg‘oqlarida barber qaroqchilari tomonidan
ispanlarning «El Sol»- «Quyosh» deb nomlangan kemasi bosib olinadi.U Neapoldan chiqib,
Barselona tomon yo‘l olgan edi.Kemadagi bir necha yo‘lovchilar orasida besh yillik armiya
xizmatidan qaytayotgan 28 yoshli askar bor edi.U Jazoir podshosiga qullikka sotib yuboriladi.
To‘rt marotaba qochishga uringach,nihoyat 1580 yilda 500 oltin eskudo evaziga qo‘yib
yuboriladi.U inson kim edi?
Javob: Migel de Servantes Saavedra.
309-savol: Dastlab Napoleon I o‘z jasoratini abadiylashtirish uchun Triumfal arkani
qurdirmoqchi emas edi.U o‘sha yerda bir hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi bo‘lgan.Chunki bu
hayvonlarni ko‘rganida u hayratga tushar edi. Lekin ushbu maqsad amalga oshmadi,baribir
Triumfal arka qurildi.U qaysi hayvonning haykalini o‘rnatmoqchi edi?
Javob: Fil.
310-savol: Mashhur «Misr katta yodgorligi» da fir’avn Ramses II ning podshohligi haqida
yozilgan va uning yoshi 3300 yil.Shundan 3130 yilini u o‘ziga qadrdon bo‘lgan Luqsordagi Nil
qirg‘oqlarida turdi.Qolgan 170 yilini esa aynan mana shu o‘ziga begona bo‘lgan daryo bo‘yida
o‘tkazmoqda.Bu qaysi daryo?
Javob: Sena daryosi.
Izoh: Ushbu yodgorlik 170 yil oldin Misr podshohi tomonidan Napoleonga sovg‘a sifatida
yuborilgan.Hozirda u Parijni bezab turibdi.
311-savol: Frantsuz adabiyotining klassigi Onore de Balzak o‘zining unga bag‘ishlangan
qo‘llanmasida «Erkak kishi o‘zining o‘sha narsasiga qarab hurmat topadi-bu uning o‘zi,buning
yordamida u o‘zining asl ko‘rinishini bekitadi,bu narsada uning aqli namoyon bo‘ladi» degan.
Agar «Zakovat» bilimdonlari bir yilcha avval uni boshqa predmet bilan almashtirishgan bo‘lsa,u
nima?
Javob: Galstuk.
312-savol: Ushbu mahsulot reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: «Unga musiqiy
asarlar bag‘ishlangan,uni to‘lov vositasi sifatida ishlatishgan,uning yordamida sevgi izhor
qilishgan,u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan,uni ko‘pgina illatlarga qarshi
dori sifatida yozib berishgan».Bu qaysi mahsulot?
Javob: Kofe.
313-savol: Afsonaga ko‘ra,shoh daryodan suv olgani keladi va kutilmaganda suvda go‘zal
shaharning aksini ko‘rib qoladi,u shunchalik hayratga tushadiki,qo‘lidagi suv olish uchun olib
kelgan idishini suvga tushirib yuboradi.U bir yaltirab, suv tubiga cho‘kib ketadi va izsiz
yo‘qoladi.Shu-shu bu shahar aynan o‘shanday atala boshlandi.Qanday?
Javob: Qozon.
314-savol: Bu kasb egalarida fazoda orientatsiya olish qobiliyati kuchli rivojlangan bo‘ladi.Bu
kasb vakillari Londonda «Markoni» firmasida ishlashadi va bir vaqtlar Londonning mafiyalari
bo‘lganlar.Bir mashhur filmda esa bosh qahramon hayotidagi eng muhim kunda shu ishni
qilishga majbur bo‘ladi.Siz menga film nomini yoki mana shu film bosh qahramonining film
oxirida aytgan so‘zini ayting.
Javob: «To‘ylar muborak».
Izoh: Gap bu yerda taksi haydovchilari haqida ketmoqda.
315-savol: Malayziyada «Sen qaerga ketayapsan?» deyishadi,bu savolga «Aylangani» deb javob
berishadi.Yahudiy «Sizga tinchlik» desa,fors «Quvnoq bo‘l»deydi,Grenlandiyaliklar esa «Yaxshi
ob-havo» deyishadi.Biz bunday holatda nima deymiz?
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.
316-savol: Jahon adabiyotining eng dramatik tarixi Kiprning o‘z go‘zalligi bo‘yicha
Venetsiyadan qolishmaydigan Famagusta shahrida sodir bo‘lgan.Siz menga bu voqeaning nomini
emas,balki uning bosh qahramonlaridan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan ashyoni ayting.
Javob: Ro‘molcha.
Izoh: Gap bu yerda U.Shekspirning «Otello» asari voqealari haqida ketmoqda.
317-savol: Kalamushlar bilasiz,har doim insonga zarar keltirib kelgan.Lekin yaqinda
Tanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o‘rgatishdi va ular o‘z ishlarini juda yaxshi
bajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli ularoq,hattoki bir
marta ham xato qilishmayapti.Ularni qaysi kasbga o‘rgatishgan?
Javob: Sapyor.
Izoh: Kalamushlarda hid bilish qobiliyati juda kuchli rivojlangan va ular minalarni bexato topib
berishmoqda.Savolda «Sapyor bir marta xato qiladi» degan iboraga ishora qilingan. 318-savol: Blits savol.
Mavzu: Kofe.
1.Birinchi qahvaxona aynan mana shu davlatda 1554 yili ochilgan.Qaysi davlatda?
2.Eruvchan kofeni ishlab chiqarishning birinchi texnologiyasi XX asrning 30-yillarida aynan
mana shu kompaniya mutahassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
3.Petr I aynan mana shu davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib qoladi va vataniga qaytgach,u
Assambleyalarning ajralmas atributiga aylanadi.U qaysi davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib
qoladi?
Javob: 1.Turkiya.
2.Nestle.
3.Gollandiya.
319-savol: Bekon fikricha,u yaxshi nonushta,lekin yomon kechki ovqatdir,Dantega ko‘ra esa,
jahannam darvozalariga kiraverishda u yerga kiruvchi barcha uni qoldirib kirishi kerak.U nima
bo‘lishi mumkin?
Javob: Umid.
320-savol: Injilda Iso Masih davridagi pullar keltirilgan.Unga ko‘ra, 2 lepton-1 kvadrant,4
kvadrant-1 assariy,16 assariy-1 dinor,4 dinor-1 statir, 100 dinor-1 mina,6000 dinor-1 o‘sha pul
birligiga teng.Hozirda esa siz uni hech qancha pulga sotib ololmaysiz,u faqat o‘zingizda bo‘lishi
kerak.Uni ayting.
Javob: Talant.
321-savol: Uning otasi Imron «Bani Isroil» qavmi ichida eng obro‘li kishilardan edi.Uning xotini
Xanna befarzand edi.Xanna Allohga iltijo qilib farzand ato etishini so‘rar edi,Alloh unga qiz
farzand ato etdi.Siz menga bu qizning kim ekanligini emas,balki uning o‘g‘lini ismini ayting.
Javob: Iso Alayhisalom.
322-savol: Blits savol.
Mavzu: Islom.
1.Islomda ular 4 ta:Azroil,Jabroil,Mikoil va u.Uni ayting.
2.Toshkent Islom Universiteti aynan mana shu inson nomida.U kim?
3.Qur’oni Karimdagi eng uzun sura-Baqara surasi bo‘lib,286 oyatdan iborat.Siz menga 3 oyatdan
iborat bo‘lgan eng qisqa suraning nomini ayting.
Javob: 1.Isrofil.
2.Imom Ismoil al Buxoriy.
3.Kavsar.
323-savol: Hattoki katta tajribaga ega bo‘lgan usta-duradgorlar ham uni o‘zlariga bo‘ysundira olmaydilar.U duradgorlarning ashaddiy dushmani hisoblanadi,ularning ishiga halaqit beradi. Bu
bo‘ysunmasni bir daqiqadan keyin aytasiz.
Javob: Yog‘ochning ko‘zi.
324-savol: Polyak shoiri va aforisti Stanislav Yeji Letsning shunday aforizmi bor: «Bu
progressiv-diniy odam edi;u odamning maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi, lekin faqat
o‘sha maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi». Qaysi maymundan?
Javob: Nuh payg‘ambar kemasidagi.
Izoh: Baribir uni xudo yaratgan demoqchi.
325-savol: Etnograf G.P.Snesarev Xorazm vohasining o‘tmishi haqida yozarkan, bu hususda
shunday deydi: «Hamma informatorlar bu kasb egalarini «gunohkor» ekanliklarini tushuntiradilar.
Qachonlardir ularni el-yurtdan ajratib,yakkalab qo‘yish,ular o‘lganda esa umumiy mozordan
chekka joyga qo‘yish odati mavjud bo‘lganligini ma’lum qiluvchi dalillar ko‘p…».Bunchalik
xalq nafratiga duchor bo‘lgan kasb vaillarini ayting.
Javob: Zargarlar.
Izoh: Ular berilgan buyurtmadan urib qolishadi deb hisoblab ularni o‘g‘rilar bilan
tenglashtirishgan.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2489 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |