Понедельник, 25.11.2024, 02:09 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 014
| 17.12.2012, 21:14 |
ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 014 351-savol: Gruziyaning Alazan vodiysidagi Kaxetiya tumanida bir shahar bor. Bu shaharning nomini eshitgan kishining hayoliga Osiyoning boshqa davlatidagi shahar keladi. Lekin har ikkalasida ham gruzinlar yashaydi. Endi siz menga bu ikkala shaharda yashovchi ikki inson o‘zaro suhbatlashayotib, ehtiroslarga barilib ketib nima qilishganini ayting. Javob: Qo‘shiq kuylashgan. 352-savol: U 1966 yilda Saratovda tug‘iladi, erta bolaligida ota-onasidan mahrum bo‘ladi va otasining ukalaridan biri tomonidan asrab olinadi. Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz institutida tahsil oladi. Endi siz menga u 2003 yilda nimani harid qilganini ayting. Javob: Angliyaning "Chelsi” futbol klubi. 353-savol: Bu Rossiya flotining birinchi rangiga tegishli a’zosi rus-yapon, birinchi jahon, fuqarolar, Ulug‘ Vatan urushlarida qatnashgan. Uning Diana va Pallada ismli ikkita singlisi ham bo‘lgan. Endi siz menga hozir u qaerda yashashini ayting. Javob: Sankt-Peterburgda, Kichik Nevaning chap qirg‘og‘ida. 354-savol: Bu mamlakat gerbida bir nechta hayvonlarni ko‘rish mumkin: sut emizuvchilar, qushlar. Lekin ularning ko‘pchiligi bu davlatga aloqador emas. Faqat asosiy fondagi bir su emizuvchi va qushni avtoxton desa bo‘ladi. Siz menga bu davlat rahbari kim ekanligini ayting. Javob: Buyuk Britaniya qirolichasi. Izoh: Bu yerda gap Avstraliya davlati gerbi haqida bormoqda. 355-savol: Unga nom berishda ikkita so‘zdan foydalanishgan: birinchi so‘zning birinchi yarmi va ikkinchi so‘zning ikkinchi yarmi. Yana shunisi qiziqki, unga nom berishda birinchi so‘zning "o‘zi” olinib, ikkinchi so‘zdan "umuman” olinmagan. U nima? Javob: Avtobus (avto(mobil)va (omni)bus so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan). 356-savol: Uning shiori: "Fan-Sport-Do‘stlik-Tinchlik”Uning o‘tkazilishini FISU nazorat qiladi. U nafaqat halqaro miqyosda o‘tkaziladi, balki mamlakatlar miqiyosida mahalliy musobaqalar ham o‘tkazilib turiladi. Bu yil ham shunday mahalliy musobaqalardan biri Osiyodagi poytahtlardan birida bo‘lib o‘tdi. Siz menga shu poytaht qanday gulik bilan bog‘liqligini ayting. Javob: Non. 357-savol: Bu fanning nomini eshitgan kishi bu fan shimolda joylashgan davlatlardan birining hukmdorlarining ayniqsa, ularning eng yorqin namoyondasi haqidagi fan deb o‘ylashi mumkin. Lekin bu fan tog‘ jinslarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Siz menga bu fanning nomini emas, o‘sha yuqorida aytilgan hukmdorlarning eng yorqin namoyondasi Eski dunyoga nisbatan nima qilganini ayting. Javob: Deraza ochgan. 358-savol: Uning gumbazining balandligi 30 m, diametri 24x2 m. Tilla bilan bezatilgan moviy fon Tillakori madrasasi an’analarini davom ettirgan. Uni nafaqat u joylashgan shahar aholisi va mehmonlari ko‘rishgan, balki mamalkatning chekka-chekka qishloqlarida yashovchilar ham ko‘rishgan. Agar televidenie yoki matbuotda bo‘lmasa qaerda ko‘rishgan? Javob: 1000 so‘mlik kupyuraning orqa tomonida. Izoh: Bu yerda gap Temuriylar tarixi davlat muzeyi haqida ketmoqda. 359-savol: Kaykovusning "Qobusnoma” asarida shunday yozilgan: "Ey farzand, bilgilki, donishmandlar uni kichik o‘lim deganlar. Uni ko‘p bo‘lishi yomon odatdirki, badanni sust, tabiatni vayron qiladi, yuzni kasalga o‘xshatib qo‘yadi”. U nima? Javob: Uyqu. 360-savol: Bu ishning haqiqiy ustalari bizda Olim va Murod Toshkenboevlar bo‘lishgan. Ularning ishi juda qiyin, havfli bo‘lgan va katta mahoratni talab qilgan. Ular qilgan ishni bizga ham qilishni bundan bir necha yil ilgari bir guruh yigitlar maslahat berishgandi. Yaqinda esa bir qiz bizga bu ishni qilishni maslahat bera boshladi. U qizning ismi nima? Javob: Rayhona. Izoh: Toshkenboyevlar mashhur dorbozlar bo‘lishgan. Dor o‘ynashni bundan bir necha yil avval "Yalla” guruhi yigitlari maslahat berishgandi, yaqinda esa qo‘shiqchi Rayhona ham bizga shu maslahatni bera boshladi. 361-savol: Tasavvur qiling, mashhur "Kavkaz asirasi” filmining bosh qahramoni Shurik va Xo‘ja Nasriddin yo‘lda uchrashib qolishdi va uzundon uzoq suhbatga tushib ketishdi, tasavvur qilgan bo‘lsangiz huddi shunday sharoit munosabati bilan paydo bo‘lgan mashhur iborani qisqa qilib ayting. Javob: "Ko‘p gap eshakka yuk”. Izoh: "Kavkaz asirasi” filmida Shurik doimo eshakda yuradi, Xo‘ja Nasriddinning hamrohi ham eshak bo‘lgan. Endi tasavvur qiling, eshak mingan ikki kishi yo‘lda uchrashib qolishsa, eshak ustida o‘tirib suhbatlashaveradi, hamma og‘irlik esa eshakka tushadi. Shuning uchun sizdan ham qisqagina qilib javob berish so‘ralgandi J. 362-savol: Barchamiz mashhur "Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmida Shurikning vaqt mashinasi yordamida bizning zamonamizga rus shohi Ivan Grozniy tushib qolganini, ya’ni tirik shohni ko‘rganmiz. Bu albatta bir film. Lekin O’zbekistonning bir shahrida biz hozirgi kungacha "tirik shoh” ni ko‘rishimiz mumkin. Qaysi shaharda? Javob: Samarqandda. Izoh: "Shohi Zinda” so‘zi fors tilidan tarjima qilinganida aynan "tirik shoh” degan ma’noni anglatadi. 363-savol: Jahonda kemalarning turlari juda ko‘p. Lekin bu "kema"ning bor yo‘g‘i ikki hil turi bo‘lib, birinchisi dromedar, ikkinchisi esa baktrian deb ataladi. Xo‘sh, bu kemalarning bir-biridan farqi nimda? Javob: O’rkachining sonida. Dromedar-bir o‘rkachli, baktrian ikki o‘rkachli tuya. Tuya esa sahro kemasi hisoblanadi. 364-savol: Turli-tuman niqoblar odamlarning yuzini berkitib, ularni atrofdagilar tanimasligi uchun hizmat qilishi hammangizga ma’lum. Lekin u insonni juda mashhur qilib yuborishi ham mumkin ekan. Jumladan 1994 yilda bir inson niqob tufayli yanada mashhur bo‘lib ketadi. U inson kim? Javob: Jim Kerri. 365-savol: Bu dengizda 300 dan ortiq orol bor. Bu orollarning ichida eng yiriklaridan biriga bormaganingiz ma’qul. Chunki u orolga borsangiz qaytishingiz amri mahol. Xo‘sh bunday orol qaysi dengizda joylashgan? Javob: Orol dengizida. "Borsakelmas" oroli. 366-savol: Birinchisi va haqiqiysi – Latsio viloyatining ma’muriy markazi, ikkinchisi – hozirgi kunda Istambul viloyatining ma’muriy markazi. Uchinchisi qaysi viloyatning ma’muriy markazi hisoblanadi? Javob: Moskva. Izoh: Uchinchi Rim - Moskva shu nomdagi viloyatning ma’muriy markazi. 367-savol: Bu bahodirning Semetey ismli o‘g‘li va Seytek ismli nabirasi bo‘lgan. Bu uchchalovining o‘z vatanlarini himoya qilishdagi jasoratlari haqidagi ijod mahsuli aynan o‘sha bahodirning nomi bilan ataladi. O’sha bahodirning ismini ayting. Javob: Manas 368-savol: Bu sohada eng ko‘p muvaffaqiyatga erishganlar Tayxo, Tienofudzi, Kitanoumi hisoblanadi. Lekin boshqa ko‘rsatkich bo‘yicha Akebono hozircha rekordni qayd qilib turibdi. Uning ko‘rsatkichi 233 ni tashkil etadi. Bu raqam nimani anglatadi? Javob: Sumo jangchisining kilogrammlardagi vaznini. Akebono eng og‘ir sumochi hisoblanadi. 369-savol: Mashhur rus sarkardasi Aleksandr Suvorov: "U ko‘milgandan so‘nggina urush tugaydi degan". U kim? Javob: So‘ntti askar. 370-savol: Uni chinakkam himoya kuroli desa bo‘ladi, chunki u nafaqat mikroblardan ba’zan odamlardan ham himoya qiladi. Uning qalbakisini bir sudralib yuruvchining nomi bilan bog‘lashadi. O’sha sudralib yuru vchini ayting. Javob: Timsoh. Izoh: Gap bu yerda ko‘z yoshi to‘g‘risida ketmokda. 371-savol: Ushbu ikki raqsning kuylari bir-biriga juda o‘xshab ketadi. Hattoki bu ikkala raqs musiqasini chalishda bir hil musiqa asbobidan foydalanilgan. Bu bilan ularning o‘xshash tomonlari tugamaydi. Ularnig birinchisi ya’ni bizga yaqinrog‘ining nomiga uchta harf qo‘shilsa va ikkinchi unlini boshqasi bilan almashtirilsa ikkinchisining nomi kelib chiqadi. Menga har ikkala raqs nomini yozib bering. Javob: Lazgi va lezginka. 372-savol: "Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi" ning 2006 yilda chiqarilgan sonida Xitoy haqidagi maqolada bu davlatning 13 davlat bilan chegaradosh ekanligi haqida yozilgan va shu davlatlarning ro‘yhati keltirilgan. Lekin bu ro‘yxatdagi bir davlat bilan Xitoy hech qachon chegaradosh bo‘lmagan. Siz menga shu davlatning poytahtini ayting. Javob: Toshkent. 373-savol: Ikkinchi jahon urushida u kim bo‘lganligini aniqlash kiyin. O’tkir Hoshimovning fikricha, u erkak emas, ayol kishi bo‘lgan ekan. Siz menga uning o‘limiga sababchi bo‘lgan mevani ayting. Javob: Qulupnay. Izoh: O’tkir Hoshimovning "Urushning so‘nggi qurboni" asarining bosh qahramoni qulupnay teraman deb tok zarbidan halok bo‘ladi. 374-savol: Ming yillardan beri bu it zoti Xitoy ibodatxonalarida buddistlarning diniy an’analari bilan bog‘liq bo‘lganlar. Bu itni faqatgina imperator oilasi vakillarigina saklashlari mumkin bo‘lgan. Agar uni kimdir o‘g‘irlasa yoki haqorat qilsa o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Qaysi it zoti Xitoyda bunchalik qadrga ega bo‘lganligini ayting. Javob: Pekines. 374-savol: Bunday holat "Zakovat" o‘yinida 2006 yilning dekbrida sodir bo‘lgan. 1998 yilda esa aynan shunday holat yuz berganida u xaqida hattoki qo‘shiqlar kuylandi. Bunday natijani qayd qilgan davlatlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ayting. Javob: Argentina va Yamayka. Xisobning 5-0 bo‘lishi. 375-savol: 1778 yili Angliyada bir lord tomonidan uch yoshli toza zotli otlarning 1,5 mil masofaga bo‘lgan poygasi bo‘lib o‘tgan. Siz menga bu poygada birinchi o‘rinni olgan otni emas, oxirgi o‘rinni olganini ham emas, o‘sha ingliz lordining familiyasini ayting. Javob: Derbi.
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 1756 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |