Понедельник, 25.11.2024, 01:36Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 015
17.12.2012, 21:12

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 015
376-savol: Bu kasallikka qarshi faqatgina qoramollar emlanadi. Uning Rossiyadagi oxirgi
epidemiyasi 60-yillarda sodir bo‘lgan. Aynan o‘sha yillarda uchta "qo‘noq" bu kasallikka karshi
emlanadi. Aslida u vaktsina emas boshqa dori edi. Qanday dori?
Javob: Uxlatadigan dori.
Izoh:Bu oqsim kasalligi. "Kavkaz asirasi" filmida kuyov bolaning qo‘noqlari uxlatadigan dori
bilan "emlanadi".
377-savol: Afsonaga ko‘ra, sehrgar kampir unga bir kuni kelib qirol bo‘lishini aytadi. Shundan
keyin u armiya to‘plab, Eldjin yaqinida qirolni mahv etadi. Qirol esa shu jangda halok bo‘ladi.
Mashhur dramturg esa qirol to‘shakda o‘ldirilgan deb yozgan. Usha mashhur dramaturgning
fikricha, qirolning qotili kim?
Javob: Makbet.
378-savol: Fabritsio ismli cherkov xodimi o‘zining shiddatli xarakteri tufayli qamaladi va
qamoqxona komendantining qizi Kleliya Kontini sevib qoladi va o‘sha qiz unga qamoqxonadan
qochishga yordam beradi. Lekin ularning ittifoqi uzoqqa cho‘zilmaydi va Fabritsio yoshgina
paytida ibodatxonada vafot etadi. Siz menga o‘sha ibodatxona qaysi shaharda joylashganini
ayting.
Javob: Parma.
Izoh: Bu yerda gap Stendalning "Parma ibodatxonasi" asarining bosh qahramoni Fabritsio haqida
bormokda.
381-savol: Bu it zotining qadimiy ajdodlari harbiy yurishlarda, it urishtirish janglarida juda ko‘p
ishtirok etishgan, buqalarni ovlashda insonga yordam berishgan, darvoqe, ularning o‘zi ham
buqaga juda o‘xshab ketadi. Bu qaysi it zoti?
Javob: Buldoglar. Inglizcha bull - buqa, dog - it.
382-savol: Ularning birinchisi 1483 yilda yozib tugatilgan, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisi 1484
yilda, beshinchisi esa 1485 yili yozib tugatilgan. Siz menga ularni beshtalovi birgalikda qanday atalganini ayting.
Javob: "Hamsa". Gap bu yerda Alisher Navoiyning "Hamsa"sidagi 5 doston haqida ketmokda.
383-savol: 1948 yili Yaponiyaning "Konishi" firmasi o‘zining ilk fotokamerasini ishlab
chiqargach, o‘z nomini o‘zgartiradi. Ushbu firma qanday atala boshlandi?
Javob: "Konika". KONIshi + Camera.
384-savol: Bu joy nomining ma’nosi "qum bilan qoplangan joy" degan ma’noni anglatadi.
Ko‘pchiligingiz u yerda bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Agar bo‘lmagan bo‘lsangiz uni suratlarda,
televizorda va kitoblarda ko‘rgansiz. Endi siz menga uning tarkibiga kiruvchi uch inshootning
nomini yozib bering.
Javob: Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari. Bu yerda gap Samarqanddagi Registon
maydoni haqida ketmokda.
385-savol: Atoqli shoirimiz Erkin Vohidov insondagi bu hususiyat xaqida she’r yozib, barchani
o‘sha hususiyatga ega bo‘lishga chaqiradilar va ushbu hislatning yaxshi tomonini ikkita oshxona
buyumini misolida tushuntiradilar. U qaysi buyumlar ekanini yozib bering.
Javob: Choynak va piyola.
386-savol: Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi shahar, Buxoro viloyatidagi tuman,
Tojikistondagi katta ko‘llardan biri, shuningdek qo‘y zoti. Ularning barchasi bir hil ataladi.
Qanday ataladi?
Javob: Qorako‘l.
387-savol: Bu inson 1918 yilda ilk marotaba sahnaga chiqqan. 1927 yildan 1958 yilgacha bir
mashhur dramaturgning nomi bilan ataladigan teatrda faoliyat ko‘rsatgan va Shekspirning bosh
qahramonlarining rollarini ijro etgan. Keyinchalik uning nomi bilan ham boshqa teatr atala
boshlagan. Siz u qaysi teatrda o‘zining mashhur rollarini ijro etganligini va u insonning nomi
bilan ataladigan teatr nomini yozib bering.
Javob: "Hamza" va "Abror Hidoyatov".
388-savol: Bu shaharga asos solgan inson bilan shu shahar meri adash hisoblanishadi. Bu qaysi
shahar?
Javob: Moskva. Yuriy Dolgorukiy va Yuriy Lujkov.
389-savol: Bu so‘z lotin tilidan olingan bo‘lib, "chegaralayman" degan ma’noni anglatadi.
Shuningdek bu so‘z bilan sayyoralarning yoritilgan va yoritilmagan qismi o‘rtasidagi chegara
ham ataladi. Endi siz menga ushbu so‘z bilan ataluvchi filmda bosh qahramonning kelasi
zamonda aytgan iborasini ayting.
Javob: I'll be back. 390-savol: Richard Sheryurak, prezident Nikson, Pikasso. Ularning g‘ovakshoxlilar oilasiga
kiruvchi kavsh qaytaruvchi juft tuyokli hayvonning bolasining oltinga teng ishiga nima aloqasi
bor?
Javob: Yuqoridagi rollarni ijro etgan aktyor Entoni Xopkins "Qo‘zilarning sukunati" filmida J.
Demmi rolini ijro etgan. Sukunat esa, maqolga ko‘ra oltinga teng.
391-savol: Ko‘pchiligimiz "yuragim to‘lib yig‘lab yubordim" degan iborani eshitganmiz.
Haqiqatan ham yurakning to‘lishi, ayniqsa liq to‘lishi yaxshilikka olib kelmaydi. Nima uchun?
Javob: Chunki bu yurak infarkt bo‘lgan bo‘ladi.
392-savol: Uglevodorodlardan biri va osiyodagi davlatni birlashtiruvchi nomni yozib bering.
Javob: Butan.
393-savol: Bu kompaniyaga 1939 yili Stanford universitetining bitiruvchilari Bill va Devid ismli
ikki kishi tomonidan asos solingan. Dastlab audioostsilyatorlar ishlab chiqarishdan o‘z faoliyatini
boshlagan sheriklar hozirgi kunga kelib aniq o‘lchashlarni amalga oshiradigan vositalardan tortib
tibbiy jihozlargacha ishlab chiqaradi. Lekin bu kompaniya tomonidan ishlab chikriladigan asosiy
mahsulotlarni aytmadim, sizdan ham buni so‘ramayman, siz menga Bill va Devidlarning
familiyalari nima ekanligini ayting.
Javob: Xyulett va Pakkard.
394-savol: Bu jurnal ko‘pgina mamlakatlarda mashhurlikka erishgan bo‘lib, ko‘pgina tillarda
chop etilgan, alohida davrlarda uning tiraji 5 mln. dan ham ortib ketgan edi. Bu jurnalga asos
solgan Xyu Xefner tomonidan o‘z vaktida shu jurnal nomi bilan ataladigan klublar tashkil etilgan
edi. Endi siz menga ushbu klublardagi hizmatchilar qaysi hayvon ko‘rinishida mijozlarga hizmat
ko‘rsatishganini ayting.
Javob: Quyon (bunnies).
395-savol: Bu terminni eshitganlar hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan transport vositasini
sevuvchilarga tegishli termin bo‘lsa kerak degan xulosaga kelishlari mumkin. Aslida bu
terminning transport vositasiga hech qanday alokasi yo‘q. Bu terminning sinonimi sifatida
kadimgi yunon mifologiyasining qahramonlaridan birining sharafiga qo‘yilgan boshqa
terminni keltirishadi. Siz menga o‘sha mifologik qahramonni emas, balki u kimni sevib qolganini
ayting.
Javob: O’zini.
396-savol: Artur Shopengauer boylikni dengiz suviga o‘hshatgan. Ularning o‘hshash tomoni
nimada ekan?
Javob: Undan qancha ko‘p ichsang chanqoging ngunchalik ortadi. 397-savol: Bu buyuk rus aktyori teatr va kinodagi rollari uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor
bo‘lgan. Biz uning ismi-familiyaini kamida ikkita filmda eshitganmiz. Birinchi filmda uning o‘zi
o‘z ismi-sharifini aytib o‘zini tanishtiradi, ikkinchi filmda esa uning ismi-sharifini bir rejissyor
aytadi. Albatta ikkinchi holda o‘sha rejissyor adashgan edi, u bizning qahramonimiz emasdi. U
holda kim edi?
Javob: Haqiqiy Ivan Grozniy.
398-savol: Biz hammaning ko‘z o‘ngida jazolar ijro etiladigan davrda yashamaymiz albatta, lekin
bir yerda millionlar nigohi ostida jazo ijro etiladi. Bu jazo har doim ham adolatli bo‘lavermaydi.
Bu jazo hammaga ham zarar keltiravermaydi, bu jazodan foyda ko‘ruvchilar ham bor. Endi siz
menga shu jazoni ko‘pchilik hal qiluvchi hollarda nimaga o‘hshatishini ayting.
Javob: Lotereyaga.
399-savol: Bu shahar 1997 yildan boshlab Taraz deb atala boshlandi. Bu shaharning eski nomini
ko‘pchilik mashhur bir filmda eshitgan. O’shanda shu shahardan bo‘lgan bir jentlmen u yer issiq
ekaninin, uning onasi o‘sha yerda ekanligini aytadi. Siz menga o‘sha jentlmenning otasining
mashhur adashi nechta raqibga qarshi kurashganini ayting.
Javob: 40 ta.
Izoh: Bu shaharning ilgarigi nomi Jambul bo‘lgan. "Omadli jentlmenlar" filmining
qahramonlaridan biri Vasiliy Aliboboevich aynan Jambullik bo‘lgan. Alibobo esa 40 ta
qaroqchiga qarshi kurashgan.
400-savol: Mashhur qiziqchi va tabiat landshaftlaridan birining nomlarini o‘zaro qo‘shadigan
bo‘lsak bir shaharning ilgarigi nomi kelib chiqadi. Siz menga bu shaharning hozirgi nomi bilan
bir hil ataluvchi asar yozgan mashhur yozuvchini ayting.
Javob: Sa’diy.
Izoh: Guliston shahrining ilgarigi nomi aynan Mirzacho‘l bo‘lgan.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2757 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |