Понедельник, 25.11.2024, 01:46 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Каталог файлов
“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 1
| 17.12.2012, 21:41 |
."ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 01 1-savol: Germaniyada – perlon, Polshada – stilon, Shvetsiyada – grilon. Xo‘sh bizdachi? Javob: Kapron 2-savol: "Washington Post” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Milliy Xavfsizlik xizmati agentligi 1998 yil dekabrda mashhur o‘yinchoqlardan biri bo‘lgan "Fort-Mid” o‘yinchog‘ini ta’qiqlab qo‘yadi. Aslida shahar ichida ta’qiqlangan predmetlar ro‘yxatida shaxsiy fotoapparatura, video va audio yozadigan qurilmalar mavjud. O’ylab ko‘ringchi, siz o‘yinchoqning qaysi xususiyatidan unumli foydalanib, ba’zi ma’lumotlarni saqlab qolishingiz mumkin. Javob: Diktofonlik xususiyatidan. ("Fort-Mid” o‘yinchog‘i eshitgan ovozini takrorlaydi) 3-savol: Ba’zi versiyaga ko‘ra otasi uni Yevpalam deb nomlagan. Buning ma’nosi "uddabaron qo‘lli” degani. Boshqa versiya bo‘yicha esa uni Metin deb nomlagan. Ma’nosi "donishmand inson” degani. Ammo bizga uning boshqa ismi ma’lum. Undan ham ko‘proq uning o‘g‘li mashhurroq. Menga uning o‘g‘lini ismini ayting. Javob: Ikar 4-savol: O’rta asrlarda rus monarxistlari o‘rtasida mashhur bir ibora bo‘lgan: "Samoderjaviya monarxi hamma ishni qilishi mumkin, faqat bir ishdan boshqa” U nima qila olmagan? Javob: Monarxlikdan voz kecha olmagan 5-savol: 1875 yil fransuz ximigi Lekok de Buabodran yangi kimyoviy element ochgan va uni Frantsiya sharafiga Galliya deb nomlagan. Ba’zi mutaxasislarning fikricha uni nomni tanlashida umuman vatanparvarlik rol o‘ynamagan, ko‘proq u o‘zini o‘ylagan. Sizga savol, u bu nomni nega tanlagan edi? Javob: LEKOK frantsuzcha "xo‘roz” degani. Lotinchasiga esa xo‘roz GALL.6-savol: Arxeologlar dengiz ostidan harbiy kema topishadi. Bu kema 16 asrga tegishli bo‘lib, undan yaxshi saqlangan sandiq topiladi. Undagi predmetlar orasida miltiq, kamon va charm qo‘lqop chiqadi. Ajablanarlisi u yerdagi barcha qo‘lqoplar chap qo‘l uchun mo‘ljallangan edi. Ular chap qo‘lini nimadan himoya qilishgan? Javob: Olovdan. O’sha vaqtlardagi pilta miltiqlar xavfsiz bo‘lmagan. 7-savol: Badiiy filmlar vaqtida biz ko‘plab mashhur aktyorlarning o‘z ismi bilan filmda rol ijro etganini ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Bir mashhur filmda birdaniga 6 ta aktyor xuddi shunday rolni ijro etishgan. Ulardan beshtasini sanayman: Tatyana Konyuxova, Georgiy Yumatov, Leonid Xaritonov, Pavel Rudakov, Valentin Nechaev.... Siz menga bular orasidagi oltinchi eng mashhurini ayting. Javob: Innokentiy Smoktunovskiy 8-savol: Hammamizga ma’lumki, Qadimgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilar kiyimsiz musobaqalashgan. Keyinchalik sport kiyimlari katta biznesga aylana boshlagandan so‘ng bu odat yo‘qolib ketgan. Ammo bir sport turi vakillari o‘zlarida bu "holatni” saqlab qolishgan. Siz menga hech bo‘lmasa ulardan birining nomini ayting. Javob: Istalgan gimnastlardan biri. "Gimnast” so‘zi yunonchadan "yalang‘och” deb tarjima qilinadi. 9-savol: Ko‘pchilik Amerikaliklar fikricha, bironta ayol BU ishni qilolmas ekan, shuning uchun ham Konstitutsiya ayollarga Prezident bo‘lishga imkoniyat bermas emish. Ko‘plab Amerikalik ayollarning fikricha, Konstitutsiyadagi qaysi band ularga xalaqit beradi? Javob: Prezident yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi kerak. Ayollar o‘zlarini 35 yoshdan katta deb tan ololmas ekan. 10-savol: Fransiyaning yirik reklama agentligi mutaxassisi Jak Segal shunday degan edi: "Bundan bir necha o’n yil oldin o’rtamiyona xavaskor rassom va yetuk reklama agentining uchrashganligini unutib bo’lmaydi. Ular birgalikda butun dunyoni egallashga bir bahya qolgan”. Menga ularning ikkalasini ham ayting. Javob: Gitler va Gibbels. Izoh: Hammamizga ma’lumki Gitler xavaskor rassom bo’lgan. Gibbelsning asli kasbi esa reklama agenti edi. 11-savol: Keniyaning Nayrobi shaxridagi hayvonot bog'idagi timsohlar bor basseyni yonida shunday yozuvlar bitilgan: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda........." Marhamat qilib jumlani to'ldiring. Javob: "Iltimos, timsohlarga narsa tashlamang. Aks xolda o’zingiz olib chiqasiz” 12-savol: Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha 1-o'rin: Segareta maxsulotlari 2-o'rin: Kiyim-kechak Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi? Javob: Qaroqchilar tomonidan tayyorlangan soxta CD, VCD va DVD disklari 13-savol: Qoraqalpog'istondan Toshkent viloyatini ayirsak qaysi viloyat qoladi? Izohini ham ayting. Javob: Sirdaryo viloyati Izoh: Qoraqalpog’istonning davlat avtomobil raqami 23. Toshkent viloyatiniki 11. Ayirsak 12 qoladi. Bu Sirdaryoning nomeri. 14-savol: AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko’rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo’lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim? Javob: Mona Liza - Jakonda 15-savol: 2006 yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko'p javob manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim? Javob: Bu butun dunyo bolalarini qalbidan joy egallagan GARRY POTTER 16-savol: AQShda haydovchilarga mo'ljallangan kitoblar chiqariladi. Lekin bu kitoblar yo'lda ketoyatgan haydovchiga xalaqit bermaydi. Ular qanday kitoblar? Javob: Ular maxsus audiokassetalarga yozilgan kitoblar. Haydovchilar ularni o’qimaydi balki eshitadi. 17-savol: Dastlab ikkita osmonga qaragan projektorlar yonadi, so'ngra yana ikkitasi yonib oltinrang raqamlar va so'zlarni yoritadi. Gap qaysi mashhur kompaniya emblemasi haqida ketmoqda? Javob: 20 asr Fox studiyasi - XX century FOX 18-savol: 1898 yili Ispaniya AQShdan mag’lubiyatga uchragandan so’ng Kubaga bo’lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o’zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo’lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko’chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi? Javob: Xristofor Kolumb 19-savol: Donetsklik shifokor Andrey Mazur o’zining Kesha laqabli to’tiqushiga 3 xil tilda bir necha so’z va raqmdan iborat bo’lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o’zining to’tiqushini o’rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to’tiqushiga bir necha so’z va raqamdan iborat bo’lgan qanday jumlani yodlatgan? Javob: U to’tiqushiga o’zining uy adresini yodlatgan. Agarda to’tisi yo’qolib qolsa topib olgan odamlar unga oson qaytarib olib kelishi uchun. 20-savol: Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o’qish vaqtida o’quvchilar o’zlarini o’qituvchi o’rniga qo’yib ko’rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo’yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting. Javob: Bu darslik atayin xatolar bilan chop etilgan. 21-savol: Mallarang bo’yoq, ya’ni sepiya, xozir asosan sintetik(sun’iy) yo’l bilan olinadi. Ammo tabiiy bo’yoq ancha taniqroq va sifatliroq. Bu bo’yoq tabiiy usulda bir jonzotdan olinadi. Siz uni topishingiz uchun mashhur bir musobaqani esga olishingiz kifoya. Menga o’sha bo’yoqning tabiiy manbasini yozib bering. Javob: Karakatitsa. ("Qora Karakatitsa” Kapitan Vrungel kemasi) 22-savol: FIAT, PEJO, RENO, SHEVROLE. Bu so’zlarni avtomobil markalari ekanligidan tashqari ham bir umumiylik birlashtirib turibdi. Siz menga bu so’zlardagi o’sha umumiylikni topib aytasiz. Javob: Oxirgi harfi "T” bilan tugaydi. (FIAT, PEGOUT, RENAULT, CHEVROLET) 23-savol: Dunyoda juda ko’plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to’yingan hujayra va to’qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo’lgan hujayra va to’qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi? Javob: Robin Gud 24-savol: (Savolni iloji bo’lsa yozib oling) Hududi kattaligi jihatidan – 110 o’rin, aholi soni bo’yicha – 73-o’rin, Xalqaro savdo hajmi bo’yicha – 15-o’rin, Valyuta zahirasi bo’yicha – 6- o’rin, aholisining kishi boshiga daromadi bo’yicha – 4-o’rin. Va faqatgina travmatizm darajasiga ko’ra dunyoda 1-o’rin. Siz bu qaysi davlat ekanligini yozib bering. Javob: Shveytsariya 25-savol: Qo’lingizdagi qog’ozda inglizcha almost so’zi yozilgan. Bu so’z ingliz tilshunosligida eng uzun so’z hisoblanar ekan. Albatta bir shartga ko’ra. O’sha shartga rioya qilib bundan uzun ma’noli so’z yasab bo’lmas ekan. Siz harflarga yaxshilab e’tibor bergan holda menga o’sha shartni yozib bering. Javob: Harflarni alfavitdagi ketma-ketligida yozish.
|
Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
|
Просмотров: 2498 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |