Понедельник, 25.11.2024, 02:07Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 3
17.12.2012, 21:43

.52-savol: Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan.
Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.
Javob: Benedikt XVI va Ioan Pavel II
Izoh: Rim papalari haqida gap ketmoqda
53-savol: 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat
tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib "Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan.
Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?
Javob: "2,5 oyimizni qaytaring”
Izoh: O’sha vaqti Angliyada kalendar o’zgargan. Natijada 2,5 oy keyinga surilgan
54-savol: AQShda har bir shtatning o’z "Tayms”i bor. Masal, "New York Tayms”, "Los-Angeles
Tayms” va h.k. Unda aytingchi Alyaskada chiqadigan "Tayms” gazetasining nomi qanday ?
Javob: "Tundra Tayms”
55-savol: Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har
hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, qayerga borganda ular bronjelt kiyib olishadi?
Javob: Futbol matchlariga
56-savol: Angliya milliy balet teatrida boshqa barcha teatrlar kabi ta’til vaqti ham bor. Ular
ta’tildan keyin mavsumning boshlanishini "Otello”, ”Spartak” kabi asarlar bilan boshlashadi.
Lekin ingliz aktyorlari hazillashib mavsumni ana shu balet bilan boshlab bo’lmaydi deyishadi.
Qaysi sahna asari?
Javob: "Oqqush ko’li” baleti ("Ëåáåäåéíàÿ îçåðî” )
Izoh: Sababi barcha aktyorlar ta’tildan quyoshda qorayib qaytgan bo’ladi
57-savol: XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism qanday
nomlangan?
Javob: Sarbonna
58-savol: 85 yoshdagi Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: "Sevgi
misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning
to’yi edi?
Javob: Jak Iv Kusto
59-savol: Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar
o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara
ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya
ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik 60-savol: Avstraliya aboregenlari xo’rozni "azonlab …… qush” deyishadi. Bir millat u ishni
qo’rqmay qiladiganlarni jasur, mard hisoblashgan. Siz menga bu qanday ish ekanligini emas,
o’zbeklardagi uning eng kamida 3 turini ayting.
Javob: Kulish, tirjayish, jilmayish
Izoh: Abarogenlar xo’rozni "azonlab kulayotgan qush” deyishadi.
61-savol: 1997 yilning 4 avgustidan keyin NASA ning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi
tashrif buyurdi. Ular u yerda nimani ko’rmoqchi bo’lishgan?
Javob: Mars sayyorasi rasmlarini (Mars Pathfinder sun’iy yo’ldoshi tomonidan uzatilgan)
62-savol: U gollivud, ko'zoynakli, tuxumli, gurunchli va hatto mono bo'lishi mumkin! U nima?
Javob: Dieta
63-savol: Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo’yishadi. Bu nimani bildiradi?
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo’lmagan taqdirda ilib qo’yishadi
64-savol: Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni
jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan
so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan.Bu
qanaqa rekord?
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan
65-savol: Qaysi hasharot to’g’risida ma’lumotni shotland radiosi har kunlik ob-havo
ma’lumotida aytib o’tadi?
Javob: Chivinlar to’g’risida
66-savol: Ularni birinchi bo’lib 1947 yilda tog’larda amerikalik tadbirkor Arnold ko’rgan. O’sha
paytlardan beri ularni AQShning o’zida 80000 ga yaqin odam ko’rgan. Ular nima?
Javob: Uchar likopchalar
67-savol: Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi.
Qaysi filmga?
Javob: "Drakula”
68-savol: An’anaviy ispan korridasi uzog’i bilan 20 daqiqa davom etadi xolos, lekin
tomoshabinlar uni soatlab tomosha qilishi mimkin. Nima uchun bitta korridaning vaqti 20 daqiqa
bilan chegaralangan?
Javob: 20 daqiqaga yaqin vaqtdan so’ng buqa qizil matoni emas odamga hujum qilish kerakligini
tushunadi, bu esa torreador hayoti uchun xavflidir 69-savol: Agar amerikalik Floridada tug’ilgan bo’lsayu, uning tug’ilganlik xaqidagi
guvohnomasida "New York J161TH" deb yozilgan bo’lsa, u aynan Floridaning qayerida
tug’ilgan?
Javob: Bu raqamli avtomobilda. Tug’ilish vaqtida avtomobil Florida hududida bo’lgan
70-savol: 1993 yilda mashhur "Kristi” auktsion firmasi Xalqaro Astronomik Uyushma bilan
kelishgan holda sotuvga bir necha lot(sotiladigan buyum) qo’ydi. Bu firma sotuvga boylar
o’rtasida juda mashhur bo’lgan nima qo’ydi?
Javob: Bir necha nomsiz yulduz. Lotni sotib olganga yulduzga o’z nomini berish imkoni beriladi
71-savol: Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik
shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik
shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq
havo chiqarmaydi
72-savol: Amerikalik olimlar aholining televizor ko’rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq
bir bog’liqlikni aniqlashdi. Reklama qo’yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida
yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat?
Javob: Kanalizatsiya
73-savol: Germaniyada "Unsicht” nomli restoran mavjud bo‘lib, uning nomi "ko‘rinmas” deb
tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo‘yilishiga 2 ta sabab mavjud. 1-si barcha xizmatlar
qorong‘ulikda amalga oshiriladi. 2-sini siz bizga yozib berasiz.
Javob: U yerda ko‘rlarga xizmat qilinadi.
74-savol: Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreyada axolining 5%
armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004 yilga kelib eng internatsional armiya xosil
bo‘ldi. 7622 askar 136 ta turli millatga mansubdir. Savol, bu qaysi mamlakat?
Javob: Frantsiya
75-savol: Amerikada o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, "siz kim bo‘lmoqchisiz?” degan savolga
40% bog‘cha yoshidagi qizlar aynan shunday javob beradilar. 1999 yilda ekranlarga chiqqan
filmning bosh qaxramoni xam shu jaraynni yaxshi ko‘rsa kerakki, u ishni boshlab oxiriga
yetkazmasdan ketib qolar edi. Diqqat savol, bu "kasb”ni yozib bering.
Javob: kelin
76-savol: Uni bugungi kunda xam Djon Kennedi, Geydar Aliev, Leonardo Da Vinchi, Sharl de
Goll qabul qilib kelmoqda. U bevosita 747, 757, 767, 777 sonlari bilan bog‘liq bo‘lsa, menga 1 daqiqadan keyin uni bir ingliz so‘zi bilan ta’riflab bering.
Javob: Boing
77-savol: 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari
unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni
ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan
insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.
Javob: "Spice Girls”
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi.
78-savol: 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi.
Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz
berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan?
Javob: futbol bo‘yicha JCh
79-savol: 18 aprel tunidayoq minglab insonlar kema to‘xtash joyiga keldilar. Ertalabki soat 8 da
11-avenyudan o‘tib bo‘lmasdi. Barcha insonlar o‘zlari uchun eng qimmatli "Yuk”ni kutayotgan
edilar. Maksimal aniqlik bilan ushbu insonlar kimlarni kutayotganliklarini yozib bering.
Javob: Titanik xalokatidan tirik qolgan insonlarni
80-savol: Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida
Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi
tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.
Javob: Made in China
81-savol: Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining
foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz
bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi
o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz "foydalanadigan” narsani
yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.
Javob: Miya
Izoh: Bu o‘yin "Zakovat” o‘yini edi.
82-savol: Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2
taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi "futbolchilarni”
topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib
berishingizni so‘rayman.
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2888 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |