Понедельник, 25.11.2024, 01:45Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 5
17.12.2012, 21:45

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 1
30-savol: Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. LKekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu "chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda
g’alabaga erishiladi)
31-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr
vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?
Javob: Saylovdan oldin.
32-savol: Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr
yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: "Vashington metrosi shunday
yoritilganki, ……Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi
kerak?
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.
33-savol: Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular
orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa
sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi
Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
Javob: U birinchi bo’lib yugurishda tizzalab start olishni boshlab bergan.
34-savol: 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar
yozim qo’yilgan. Masalan: "A”, "Á” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi
qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting
Javob: Oxirgisi "Ë” xarfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. "A” – yanvar, "Á” – fevral va
h.k. Rus alifbosida 12 xarf bu "Ë”
35-savol: Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir
mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas,
yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting.
Javob: Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.
36-savol: Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning
ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng
ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida
ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.
Javob: Jillet (Gillet)
37-savol: Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon
Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi
ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Dengiz
Izoh: Sargossa dengizining chegarasi yo’q. Beruniy asarlarida ko’plab dengiz nomlari keltirilgan.
38-savol: Yaponlarda "be” o’tirmoq degani. Xo’sh unda "teribe” qanday tarjima qilinadi?
Javob: Televizor oldida o’tirmoq
39-savol: Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda
o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham
haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
Javob 9: Mashhur masalchi Krilov
40-savol: 1967 yili Parijda bir fotoatelye ochiladi. Uning mijozlari tobora ko’plab topila
boshlaydi. Bu fotoatelye har doim gavjum va shovqin-suronli edi. Aytingchi, bu fotoatelye
boshqalaridan qanday farq qilgan?
Javob: Bu fotoatelyeda itlar suratga olingan
41-savol: II jahon urushi davrida nemislar Leningradni bosib olganlarida bir itlar fermasiga duch
keladi. Undagi barcha itlarni o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin nemislar bu fikridan qaytadi. Agarda
bunda hech qanday harbiy maqsadlar ko’zlanmagan bo’lsa, unda ularning bunday qarorga
kelishining sababi nimada edi?
Javob: Bu itlar mashhur olim Pavlov tajribalar o’tkazgan itlar edi. Shuning uchun ilm-fan yo’lida
ularni o’ldirmaganlar.
42-savol: Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak
vazifani o’tagan. Savol, u nima?
Javob: Bizon
43-savol: 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.
Javob: Neft
44-savol: AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima
haqida ketmoqda?
Javob: Bu sananing ifodalanishi edi.
Izoh: AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng
kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 17.03.1977
45-savol: 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy
yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh "G’arbiy Yevropa”, 2-guruh
"Sharqiy Yevropa”, 3-guruh "Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday
nom berilgan edi?
Javob: "Buyuk Britaniya”
Izoh: O’sha yili Buyuk Britaniyaning 4 jamoasi ham chiqqan edi: Angliya, Shotlandiya, Uels,
Irlandiya
46-savol: Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda
u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa… Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ham ayrilasan
47-savol: Sigir - 4, cho’chqa - 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu
ko’rsatkich insonda nechaga teng?
Javob: 7-8 soat
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.
48-savol: Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha
Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab
tuzilgan?
Javob: Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.
49-savol: M.Gerasimov "Arablar va dengiz” asarida bir ma’lumotni keltiradi. Uning aytishicha,
XX asr boshlarida yo’lovchi kemalarga ayollar chiqarilmagan. Kapitanlar ayollarni kemada
bo’lishini xohlamagan. Chiqarsa ham, 2-3 baravar haq evaziga chiqarishgan ekan. Buning sababi
nimada?
Javob: Ular ayollar fakolat olib keladi deb o’ylashgan.
50-savol: Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy
manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan.
Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun
Izoh: "Islom dinini qabul qilish” javobi qabul qilinmaydi
51-savol: Turklar uni "shayton ovozi”, nemis dengizchilari "musson shamoli”, inglizlar "eng
baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan
aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Hushtak chalish

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2205 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |