Понедельник, 25.11.2024, 02:12Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Zakovat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI 5
17.12.2012, 21:49

"ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI
1-savol: Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni
o‘zbekchasiga "quruq” deb nomlagan?
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.
2-savol: Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi, u yerda o‘tadigan devor bo‘yash
bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Endi o‘ylab
ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?
Javob: Mark Tven
3-savol: 1 ta Yaguar, 2 ta it, 1 ta qunduz, 4 ta ayiq, 1 ta burgut, 4 ta boyqush, 1 ta o‘rdak, 1 ta
o‘rdakburun, 1 ta yexidna, 1 ta yenot, bir bola va bir qiz, 1 ta quyon, 1 ta koyot, 1 ta bo‘ri hamda
2 ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?
Javob: Olimpiada talismanlari.
4-savol: Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish
qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.
5-savol: Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir
qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?
Javob: Sham sifatida.
6-savol: Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb
qiladi va ixtirosining "shoxchasi”ga qarab "Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi.
Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima
ekanligini ayting. Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi)
7-savol: 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va
Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar
boshqarmasida saqlanayotgan "delo”ning 91-betini o’qiyman:
"Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi
natijasida 3-statsionarda vafot etdi.”
Bu kim edi?
Javob: Usmon Nosir
8-savol: Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam,
Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima
birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh)
9-savol: Qo’l yozmadan na’muna keltiraman:
"Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak
xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.”
Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot
10-savol: Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi
dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera
tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun
tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda)
11-savol: Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum.
Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida
59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?
Javob: Soqoli bilan
12-savol: Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari
bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi
sport?
Javob:2-kishilik Kort Tennisi
13-savol: U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish
uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh
qahramon va uning qotilini ayting. Javob: Bo’g’irsoq va Tulki
14-savol: Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir,
ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod
muallifini ayting.
Javob: Mayn Rid ("Boshsiz chavandoz”)
15-savol: Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan.
Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan
urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha
ikkita davlatni ham ayting.
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.
16-savol: Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab
o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim)
17-savol: Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining
manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga
sabab bo’lgan?
Javob: Timsohlar
18-savol: Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar
o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?
Javob: Rimning 1000 yilligini
19-savol: Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million
raqamlarini uchratish mumkin. U kim?
Javob: J.Vern
20-savol: AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.
ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol:
loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblar og’irligini
21-savol: Bu "mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil
bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan "yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar
bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu "mashina” nima
ekanligini toping. Javob: Soat 22-savol: Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning
boshqaruvchisi kim?
Javob: Yason
23-savol: Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba "S” shaklida bo’ladi? Bu holatni
biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi
24-savol: Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan.
Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar)
25-savol: A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet
(Jack))
26-savol: Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada
ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan
temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?
Javob: Temir yo’l qurishga
27-savol: "Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni
vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal
keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant
tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning
ovqatingiz arzon bo’ldi.
28-savol: Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon
bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat)
ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo .....ni emas. Xo’sh
Xitoyliklar nima qilishmagan?
Javob: Amerikani ochishmagan
29-savol: Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq
kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

Категория: Zakovat. | Добавил: Taqvo
Просмотров: 2696 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |