Воскресенье, 24.11.2024, 19:28 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Главная » 2012 » Декабрь » 10 » Kerekli vitaminlar
|
Bodring - pardoz sohasida juda keng qo’llaniladi. Terini tiniq qiladigan bodring tarkibida yashil rang beradigan hlorofil va C vitamin mavjud bo’lib, yuzni oq qilish va terini nam saqlashida samarasi mavjud bo’lib, nafaqat yuzni tiniq qilish, balki donacha chiqqanda terini tabiiy holatga keltirishda ham yordam beradi. Bodringdagi kaliy moddasi - organizmadagi kerakmas moddallar va og’ir metal moddallarini chiqarib tashlaydi. Bodring tarkibidagi karotin moddasi esa – rakni yuzaga kelishini bartaraf etishi bilan juda taniqlidir.
Petrushka - ‘Syabi-syabi’(sabzavot hamda go’sh solib qaynatadigan shurva)nomli ovqatga solinadigan petrushka - sharq tabobatida barg va poyasi dori tayorlashda foydalanilib, yurak siqilganda tez chanqaydigan kishilarga juda foydalidir. Bundan tashqari organizmdan siydik chiqarishda ta’siri bo’lib, organizmdagi zaharli moddalarni neytrallashtirishda samaralidir. Petrushka – A, B1, B2, C vitaminlari, protein, temir, kalsium moddalari bilan boydir. Bundan tashqari, inson miyasini tozalab, qon tarkibini himoya qiladi. Hammasidan ko’ra petrushka – zaharli og’ir metal moddalarni inson organizmidan tozalash hususiyatiga ega.
Pomidor - rakni oldini olish hususiyatga ega. Pomidor tarkibida C, B1, B2 vitaminlari mavjud. Bundan tashqari, purin moddasi qon tarkibini mustahkamlab, qon bosimi tushiradigan faoliyati borligi sababli, qon bosimi yuqori hamda arterio-skleroz bo’lganlarga juda foydalidir.
Zamburug’ - turli hillari mavjud bo’lib, qarilik kasalliklari ( yuqori qon bosimi, shakar diabeti)ni oldini olish, rak kasalligini bartaraf etish va davolashda 1-o’rinda turadi. Kuz faslida eng ko’p iste’mol qilinadigan qo’ziqorin (inglizchasi ‘song-i mushroom’ va ‘pine mushroom’ deb ataladi) mineral va vitaminga boy bo’lib, qarilik kasalliklarini oldini olishda ajoyib samaraga ega. Pyogo zambirug’u yuqori bosim kassaligini oldini olish mineral moddalari mavjudliligi bilan mashhurdir.
Gulkaram-rak oldini olishda juda taniqlidir. Gulkaramdagi A va C vitamin mavjud bo’lib C vitamini limondagi C vitaminidan 2 baravar ko’pdir. Qon yetishmasligi kasalligi (anemiya)ni oldini oladigan hamda tarkibidagi temir moddasi ham boshqa sabzavotlarga qaraganda yuqori bo’lib, ich ketish hamda ichak rakini oldini olib, qarilikni oldini olish hususiyatlariga ega.
Salat - ko’pincha go’sht solib iste’mol qilinadi. Salat tarkibi mineral va vitaminlarga boy. Ayniqsa temir moddasi ko’p bo’lib, qon tarkibini oshirish va tozalash hususiyatga ega bo’lgan o’simlikdir.
|
Категория: Tabobat olami |
Просмотров: 2331 |
Добавил: ÂţÎřGůL
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |