Воскресенье, 24.11.2024, 19:38Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Декабрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2012 » Декабрь » 12 » KASALLIKDAN SHIFO ISTAB O‘QILADIGAN DUO
21:50
KASALLIKDAN SHIFO ISTAB O‘QILADIGAN DUO
Biror kasallikka yo‘liqqan kishi, bu kasallikdan xalos bo‘lishi uchun hech vaqt o‘tkazmay, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilishi, uning tavsiyalariga amal qilib, ayni paytda duodan ham foydalanmog‘i lozim. Bu duolarni bemorning o‘zi o‘qishi yoki birov unga o‘qishi mumkin.
Tahoratli holda avvalo Fotiha surasi, so‘ngra Qur’oni karimdan shifo oyatlari o‘qiladi.
Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Va yashfi sud`uro qovmin mu’min`iyna va yuzhib g‘oyzo qul`ubihim.
«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).
Y`a ayyuhan-n`asu qod jaatkum mav’izotun min Robbikum va shif`aun lim`a fis-sud`uri va hudan va rohmatan lil-mu’min`iyn.
«Ey odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk illati)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus, 57).
Va nunazzilu minal Qur’`ani m`a huva shif`a’un va rohmatun lil-mu’min`iyn.
«(Biz) Qur’onda(n) mo‘’minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz» (Al-Isro, 82).
Qul huva lil-laz`iyna `amanu hudan va shif`aun
«Ayting: «(Ushbu Qur’on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir».
Bu oyatlar o‘qilgach, bunday duo etiladi: «All`ohumma Robban-n`asi azhibil-ba’sa, ishfi Antash-sh`af`iy l`a shif`a’a ill`a shif`a’uka, shif`a’an l`a yug‘`odiru saq`oman».
«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir» (Abu Dovud. «Janoiz», 3107-hadis).
All`ohumma ishfi ‘abdaka yanka’laka ‘aduvvan av yamshi laka il`a sol`atin.
«Allohim, shu bandangga shifo berginki, Sening bir dushmaningga ziyon yetkazsin yoxud Sening rizoligingga erishmoq uchun namoz o‘qishga yurib borsin».
Bismill`ahi arq`ika min kulli shay’in yu’zika min sharri kulli nafsin av ‘aynu h`asid`iyn. All`ohumma yashf`iyka, bismill`ahi arq`ika.
«Senga iztirob beruvchi hamma narsadan, har hasadgo‘y nafsdan yoxud ko‘zdan Allohning nomi ila senga shifo so‘rayman. Alloh nomi ila senga shifo so‘rayman» (Termiziy. «Janoiz», 972-hadis).

NIKOH KECHASIDA O‘QILADIGAN DUO

Ikki rakat namoz o‘qib, Allohdan mas’ud bo‘lishlarini so‘rab, duo qilgach, «Bismillah...» aytib «Robban`a hablan`a min azv`ajin`a va zurriyy`atin`a qurrota a’y`unin va’j’aln`a lil-muttaq`iyna im`ama».
«Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko‘z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin» (Furqon surasi, 74-oyat) oyatini o‘qib, zavjasi bilan birga bo‘lishdan oldin «Bismill`ahir roh-m`anir roh`iym. All`ohumma jannibnash-shayt`ona va jannibish-shayt`ona m`a rozaqtan`a».
«Allohim, shaytonni bizdan va bizga ato etganing farzanddan uzoqlashtir» (Buxoriy. «Nikoh», 66) duosini o‘qiydi.

HOMILADOR AYOL O‘QIYDIGAN DUO

Homilador ayol tibbiy muolajalardan o‘tish bilan birga diniy vazifalarni ado etishi va fursat topishi bilan «Oyatal kursi» va «Sharh» surasini, so‘ng ushbu duoni o‘qishi maqbuldir:
«All`ohumma a’tin`a sihhatan va ‘`afiyatan va avl`adan s`olihan va rizqon v`asi’an va du’`a’an maqb`ulan».
«Allohim, bizga sog‘liq va ofiyat ber. Xayrli farzandlar ehson et. Mo‘l rizq ber, duoimni qabul ayla».

KO‘Z YORARDA O‘QILADIGAN DUO

Bunday paytda ayolning yaqinlari uning yonida yoxud qo‘shni xonada «Oyatal kursi»ni, so‘ngra A’rof surasining 54-oyatini o‘qishadi:
«Inn`a robbakumullaz`iy xolaqos-sam`av`ati val-arzo f`iy sittati ayy`amin summas-tav`a ‘alal-’arshi, yug‘shil-laylan-naharo yatlubuh`u has`isan vash-shamsa val-qomaro van-nuj`uma musaxxorotin bi amrih, al`a lahul-xolqu val-amru tab`arokall`ohu Robbul-’`alam`iyn».
«Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arshga istivo qilgan, kunduzga tunni qoplatadigan-uni (ya’ni, tun-kunni) shitob quviydi – quyosh oy, yulduzlarni O‘z amriga musaxxar (mute) qilib qo‘ygan Allohdir. Ogoh bo‘lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning rabbi Alloh barakotlidir».
Bu oyatdan keyin Ixlos, Falaq, Nas suralari va Fotiha o‘qiladi. Xayrli bir farzand berilishi uchun duo qilinadi.

SOLIH FARZANDNING DUOSI

Islomiy tarbiya ko‘rgan inson ota-onasi keksayganda, ularni xorlamaydi, dillarini ranjitmaydi. Ularning haqlariga bunday duo qiladi:
Robbir-xamhum`a kam`a robbay`aniy sog‘`iyro.
«Parvardigoro, ota-onamga marhamat et, ular meni marhamat-la voyaga yetkazganlari kabi» (Tahrim, 8).

MASJIDGA KIRAYOTGANDA...

All`ohumma-aftah l`i abv`aba rohmatik.
«Allohim, menga rahmat eshiklaringni och».

MASJIDDAN CHIQAYOTGANDA...

All`ohumma inn`i as’aluka min-fazlik.
"Allohim, Sening fazling va karamingni so‘rayman”.

QABR ZIYORATIDA O‘QILADIGAN DUO

Assal`amu ‘alaykum y`a ahlal-qub`ur. Yag‘firull`ohu lan`a va lakum, antum salafun`a va nahnu bil-isri.
«Assalomu alaykum, ey qabr ahli. Alloh bizni va sizlarni mag‘firat etsin. Sizlar bizdan oldin kelganlardansiz, biz ham sizlarning orqalaringizdan kelamiz».

HOJATXONAGA KIRISHDAN OLDIN...

All`ohumma inn`iy a’`uzu bika minar-rijsil-xob`isil-muxbisi minash-shayt`onir-roj`iym.
«Allohim, iflos va yomon narsalar bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Sening panohingga qochaman».

HOJATXONADAN CHIQQANDA...

Alhamdulill`ahillaz`iy azhaba anniy m`a-yu’z`in`i va amsa-ka ‘alayya m`a yanfaun`iy subh`anaka g‘ufr`onaka robban`a va ilaykal-mas`iyr.
«Mendan aziyat beruvchi narsani ketkazib, foydalisini qoldirgan Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, Seni nomingni poklab yod etaman va mag‘firatingni so‘rayman. Ey Robbimiz, qaytishimiz Sengadir».

UYDAN CHIQAYOTGANDA...

Bismill`ahi tavakaltu ‘alall`ohi, va l`a havla va l`a quvvata ill`a bill`ah.
«Alloh nomi ila, Allohga tavakkal qilgan holda... Kuch va quvvat faqat Allohdandir» (Abu Dovud. «Adab», 5094-hadis).

UYGA KIRAYOTGANDA...

All`ohumma inn`iy as’aluka xoyrol-mavlaji va xoyrol-maxroji bismill`ahi va lijn`a va bismill`ahi xorojn`a va ‘alall`ohi Robban`a tavakkaln`a.
«Allohim, Sendan kirayotganim va chiqayotganim joylarning yaxshisini so‘rayman. Allohning nomi ila kirdik. Allohning nomi ila chiqdik. Robbimiz Allohga tavakkul etdik».

UYQUDA QO‘RQQAN KISHINING DUOSI

A’`uzu bi-kalimatill`ahit-ta`ammati min-g‘ozabih`i va sharri ‘ib`adih`i va min hamaz`atish-shay`at`iyni va an yaxzur`un.
«Allohning g‘azabidan, qullarining yomonligidan, shaytonlarning har turli yomonligidan Allohning barcha kalimalariga yukinaman» (Abu Dovud. «Tib», 3893-hadis).

DASTURXON DUOSI

Alhamdulill`ahillaz`iy at’aman`a va saq`ona vaja’alan`a minal-muslim`iyn.
«Bizni yedirib-ichirgan va musulmonlardan qilgan Allohga hamd bo‘lsin».

FARZAND TILASH DUOSI

Robb`i l`a tazarni fardav va anta xoyrul v`aris`iyn.
«Parvardigorim! Meni (vorissiz) yolg‘iz qoldirma. (Agar voris bermasang ham) Sening O‘zing vorislarning eng yaxshisisan» (Anbiyo, 89).

G‘AZABLANGANDA O‘QILADIGAN DUO

All`ohummag‘fir l`iy zanb`iy va azhab g‘oyzo qolb`iy va ajirn`iy minash-shayt`onir-roj`iym.
Allohim, gunohlarimni kechir, qalbimning hiddatini (g‘azabini, alangasini) ketkaz va meni shaytonning yomonligidan asra.
Shunda ham g‘azab ketmasa, imkon topilsa, tahorat olib ikki rakat namoz o‘qish, «Alam nashroh laka...» surasini tilovat qilish va yuqoridagi duoni takrorlash lozim.

UY SOTIB OLIB, JOYLASHGACH O‘QILADIGAN DUO

Tahorat olib ikki rakat namoz o‘qiladi va: «Alhamdulill`ahi robbil ‘`alam`iyn. Vas-sol`atu vas-sal`amu ‘al`a ra-s`ulina Muhammadin va ‘al`a `alih`i va sahbih`i ajma’`iyn. A’`uzu bill`ahi minash-shayt`onir-roj`iym. Bismill`ahir rohmanir roh`iym. La in shakartum la az`iydannakum va lain kafartum inna az`ab`iy lashad`iyd», degach, quyidagicha duo qilinadi:
Allohim, menga oilam bilan birga yashaladigan bir maskan nasib etding, Senga shukrlar bo‘lsin. Meni va oilam ni bu uyda mas’ud va baxtiyor ayla. Bizni har turli balo-qazolardan, falokatlardan saqla. Allohim, biz ojiz bandalarmiz. Bu uy gunohlar emas, balki faqat xayrli va go‘zal ishlar haqida gapiriladigan va ezgu amallar bajariladigan joy bo‘lsin. Rabbim, qo‘shnilarimga aziyat yetkazishdan meni asra. Yaxshi qo‘shnilar nasib et. Allohim, Senga hamdu sano, suyukli Payg‘ambaringga salotu salomlar bo‘lsin.

KO‘Z TEGISHGA QARSHI O‘QILADIGAN DUO

Ko‘z tegishiga qarshi Fotiha surasi va «Oyatal kursi»dan so‘ng ushbu oyatlar o‘qiladi:
Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Va in yak`adullaz`iyna kafar`u layuzliq`unaka bi abs`orihim lamm`a sami’uzzikro va yaq`ul`una innah`u lamajn`un. Va m`a huva ill`a zikrul-lil-’`alam`iyn.
«Albatta, kofir kimsalar Zikrni (Qur’onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko‘zlari bilan yiqitayozurlar va «albatta, u majnun», derlar. Holbuki, u (Qur’on barcha) olamlar uchun eslatmadir» (Qalam,51–52).

SADAQA BERAYOTGANDA...

Robban`a taqobbal minn`a innaka antas-sam`i’ul ‘al`iym.
«Ey Robbimiz, bizdan uni qabul ayla, chunki Sen eshitguvchi va bilguvchisan».

AKSIRGAN KISHIGA AYTILADIGAN DUO

Aksirgan kishi, yonida biror odam bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, «Alhamdulill`ah» deydi. Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aksirgan kishiga yonidagilarning «Yarhamukall`oh» (Alloh senga rahmat etsin) deyishini tavsiya qilganlar. Aksa urgan kishi esa «Yarhamukall`ohu va iyy`akum va yag‘firu lan`a va lakum» (Alloh bizga ham, sizga ham rahmat aylasin, bizni ham, sizni ham afu etsin) yoxud «Yahd`ina va yahd`iykumull`oh» (Alloh bizni ham, sizni ham hidoyatga boshlasin) deydi.

HILOL (YANGI OY) KO‘RINGANIDA...

Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yangi oyni ko‘rganlarida bunday duoni o‘qiganlar: All`ohumma ahillahu ‘alayn`a bil-yumni val-iym`ani vas-sal`amati val-isl`am, robb`iy va robbukall`oh.
Allohim, bu oyni bizga qutlug‘ va barakotli bir oy ayla. Imon, salomat va Islom-la liq to‘lib bezangan kechalarda chiqsin. Ey hilol! Sening ham, mening ham Rabbimiz Allohdir (Termiziy. «Da’vat», 3677-hadis).

ULOVGA MINILAYOTGANDA O‘QILADIGAN DUO

«Oyatal kursi» o‘qilgach, «Subh`anallaz`iy saxxoro lan`a h`az`a va m`a kunn`a lah`u muqrin`iyn. Va inn`a il`a robbin`a lamun-qolib`un. Bismill`ahi majr`oha va murs`oha. Inna robbiy la G‘of`urur-Roh`iym» deyiladi.
Davomida quyidagicha duo aytilsa ham bo‘ladi: Allohim, Sening noming bilan yo‘lga chiqmoqdaman. Menga sog‘liq va halol kasb nasib etganing uchun Senga shukrlar aytaman. Yo‘l davomida meni va ulovimga mingan yo‘lovchilarni balo-qazolardan, har turlik xavfu xatarlardan O‘zing asra, yordamingni darig‘ tutma bizdan, yo Rabbiy. Biz qanchalar gunohkor bo‘lmaylik, Sen bizni mag‘firat et. Manzilimizga eson-omon yetib borishni nasib ayla. Farzandlarimizni yetim qoldirma, Parvardigoro. Qaytishimizda oilamizni g‘am-anduhsiz ko‘rmoqni lutf ayla. Sen hamma narsaga qodir Zotsan, Allohim.

FARISHTALARNING MO‘MINLARGA DUOSI

Arshni ko‘tarib turgan va uning atrofidagi farishtalar mo‘minlar haqiga bunday duo qilishadi: Robban`a vasi’ta kulla shay’in rohmatan va ‘ilman fag‘fir lillaz`iyna t`ab`u vattaba’`u sab`iylaka vaq`ihim az`abal-jah`iym. Robban`a va adxil-hum jann`ati ‘adninillat`iy va adtahum va man solaha min `ab`aihim va azv`ajihim va zurriy`atihim innaka antal az`izul hak`iym. Vaq`ihimus-sayyi`ati, va man taqis-sayyi`ati, yavmaizin faqod rohimtah va z`alika huval favzul ‘az`iym.
«Parvardigoro, O‘zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan va yo‘lingga ergashgan kishilarni mag‘firat et va ularni do‘zax azobidan saqla. Parvardigoro, ularni ham, ularning ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo‘lgan kishilarni ham O‘zing ularga va’da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va hikmat sohibidirsan» (Mo‘min surasi,7-9).

DO‘KON YOXUD ISHXONANI OCHAYOTGANDA...

All`ohumma y`a mufattihal-abv`ab, iftah lan`a xoyril-b`ab. All`ohummarzuqn`a rizqan hal`alan toyyiban, va rizqon v`asian birohmatika y`a Arhamar –R`ohim`iyn, va Anta xoyrur-R`oziq`iyn.
Ey eshiklarni ochuvchi Allohim! Bizga xayrli eshiklarni och. Allohim! Bizga halol va toza rizqlar ehson ayla, rizqimizni kengaytir, ey marhamatlilarning marhamatlisi! Rizq berguvchilarning eng xayrlisi Sensan!

KAMBAG‘ALLIKDAN QUTULISH DUOSI

Bismill`ahi ‘al`a nafs`i va m`al`i va d`in`i. All`ohumma rozzini bi qoz`oika va b`arik l`i f`im`a quddiro l`i hatt`a l`a uhibba ta’j`il`a m`a axxarta va l`a ta’x`ira m`a ajjalta.
O‘zim, molim va dinim xususida Alloh nomi bilan (so‘rayman). Allohim, qazo va hukmingga meni rozi qil, menga taqdir etganing narsalarni barakatli et. Shunday bo‘lsinki, keyinga qoldirganingni hozir, hozir beradiganingni keyin so‘rab yurmayin («Al-azkor», 116-bet).

DARS TAYYORLASHDA YOKI IMTIHONGA KIRISHDA O‘QILADIGAN DUO

(Tahoratli holda dars tayyorlagan yaxshi. Duolar «`Bismilloh...»dan so‘ng o‘qiladi.)
Robbi zidn`i ‘ilman va fahman val-hiqn`i bis-s`olih`in. Robbishroh l`i sodri va yassir l`i amr`i vahlul ‘uqdatan min lis`ani yafqoh`u qovli y`a H`afiz, y`a Roq`ib, y`a N`asir, y`a All`oh. Robbi yassir va l`a tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri.
Rabbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh.
Rabbim! Ko‘ksimni och, ishimni oson ayla va tilimning tugunini yechgin, so‘zimni tushunsinlar. Yo Hofiz, yo Roqib, yo Nosir, yo Alloh.
Rabbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Rabbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
(Imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta `Oyatal kursi” o‘qiladi.)

SAFAR DUOSI

All`ohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasomtu. All`ohumma akfin`i m`a ahamman`i va m`a l`a ahtamtu lah`u.
All`ohumma zavvidnit-taqv`a, vag‘firl`i zanb`i va vajjihn`i lil-xoyri ayna m`a tavajjahtu.
Allohim, Sen tomon intildim. Senga yukindim. Allohim, meni andishalantirgan yoxud andishalantirmagan xususlarda Sen menga kifoya qil. Taqvoni menga ozuqa qil, Allohim! Gunohimni kechir va qaerga bormayin, meni doimo yaxshilikka boshla, yo Rabbiy. (Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, har gal yo‘lga chiqqanda ushbu duoni o‘qir edilar.) («Al-azkor», 195-bet).

Bismill`ahir rohm`anir roh`iym. Subh`anallaz`iy saxxora lan`a h`az`a va m`a kunna lah`u muqrin`iyn. Va inn`a il`a Robbin`a la munqolib`un.
«Bu ulovlarni bizning xizmatimizga bergan Alloh buyukdir. U barcha aybu nuqsonlardan munazzahdir. Yo‘qsa, bizning bularga kuchimiz yetmas edi» oyati o‘qiladi va uch marta «Alhamdulillah» va uch marta «Allohu akbar» degach:
Subh`anaka inn`i zolamtu nafs`i fag‘firl`i, innah`u l`a yag‘firuz-zun`uba ill`a Anta.
Allohni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman, men o‘z nafsimga zulm qildim. Allohim! Meni kechir. Chunki Sendan boshqa kechirguvchi yo‘q («Az-azkor», 145-bet).

O‘LIM XABARINI ESHITGANDA O‘QILADIGAN DUO

Inn`a lill`ahi va inn`a ilayhi r`oji’`un. All`ohummaktubh`u fil-muhsin`iyna vaj’al kit`abah`u f`iy illiyy`in. Vaxlufhu ‘al`a ‘aqobih`i fil-g‘`obir`in. All`ohumma l`a tuharrimn`a ajroh`u val`a taftinn`a ba’dah`u vag‘fir lan`a va lah.
Bizni Alloh keltirdi, yana Unga qaytamiz va albatta Rabbimizga qovushamiz. Allohim! Uni(mayyitni) dargohingdagi yaxshi kishilar qatoriga yoz, kitobini fazilatlilarnikidan ayla. Ortda qolganlariga kafil bo‘l.

 Allohim! Bizni uning ajridan mahrum etma. Undan ke-yin bizni fitnaga yo‘liqtirma, bizni va uni afv et.


Категория: Tabobat olami | Просмотров: 4337 | Добавил: ÂţÎřGůL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |