Воскресенье, 24.11.2024, 19:25Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Декабрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2012 » Декабрь » 31 » ofat – g’iybat.
20:01
ofat – g’iybat.
Sakkizinchi ofat – g’iybat.
G’iybatning lug’atdagi ma’nosi bir narsaning ko’zdan to’silishidir.
Ulamolar g’iybatni quyidagicha ta’riflaydilar:
Jurjoniy aytadi: "G’iybat insonning bor ayblarini uning yo’qligida zikr qilishdir”
Munoviy uni: "G’oyibning aybini zikr qilish” degan.
G’iybatning eng mukammal ta’rifi quyidagi hadisi sharifda kelgan.
Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi:
"Ey, Allohning Rasuli g’iybat nima?”-deb so’rashdi.
Rasuli Akram alayhissalotu vassalom: "Birodaringni o’ziga yoqmagan narsa bilan eslashing”, - dedilar.
Shunda: "Birodarimda men aytgan narsa bo’lsachi, bung anima deysiz?” –deyishdi.
Payg’ambarimiz alayhissalom: "Agar aytganing unda bo’lsa g’iybat qilgan bo’lasan, ammo bo’lmasa, bo’hton qilgan bo’lasan”, -deb javob qildilar.

G’iybatning harom, gunohi kabiyralardan ekanini hamma ulamolar bir ovozdan ta’kidlaganlar.
G’iybat naqadar qabih va naqadar yomon ish ekani "Hujurot” surasida bayon qilinadi:

"Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o’zini o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yahshi ko’rurmi? Ha, yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahimlidir” degan (12-oyat)

Abu Barza Aslamiydan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasalla: "Ey, tili bilan iymon keltirib, dilida iymon keltirmaganlar, musulmonlarni g’iybat qilmang va ularning kamchiliklarini qidirmang. Kimki ularning kamchiligini qidirsa, Alloh taolo o’sha odamning kamchiligini qidiradi. Alloh kimning kamchiligini qidirsa uni uyida sharmanda qiladi”- dedilar”.
Abu Dovud rivoyat qilgan.

Ohiratda ham g’iybatchilar jazosiz qolmaydilar.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Me’rojga chiqqanimda misdan bo’lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko’ksilarini tirnayotgan bir qavmni oldidan o’tdim. Men:
"Ey Jabroil, ular kim?” –deb so’radim.
"Bular u dunyoda odamlarning go’shtini yeb, obro’larini to’kkanlar” –deb javob berdi”
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.

Mo’min-musulmonlar g’iybatdan chetlanibgina qolmasdan, boshqa g’iybatchilarning og’ziga urib, g’iybatga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishlari ham matlubdir.
Sahl ibn Muoz ibn Anas Juhaniydan rivoyat qilinadi:
"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Kimki bir mo’minni g’iybatchi munofiqdan himoya qilsa, qiyomat kuni Alloh taolo uning go’shtini do’zah o’tidan himoya qiluvchi farishta yuboradi. Kimki bir mo’minning so’kmoqchi bo’lib, uni g’iybat qilsa, Alloh taolo uni gapidan qaytmagunicha jahannam ko’prigi ostida ushlab turadi”, - dedilar”
Ahmad rivoyat qilgan.

G’iybatchiga quloq slogan kishi uning sherigi hisoblanadi. Faqat, uning gapini tili bilan inkor qilsagina, gunohidan qutuladi. Agar ochiq inkor qilishdan qo’rqsa, qalbi ila inkor qilsin va gapni boshqa tarafga burish yoki turib ketishga harakat qilsin.

G’IYBAT SABABLARI VA UNI DAVOLASH

G’iybatning sabablari juda ko’p, ulardan ba’zisini esga olamiz.
1 Achchig’ini to’kib solish.
Biro dam boshqasini achchig’ini chiqargan bo’lsa, achchig’i chiqqan uni g’iybat qilish ila undan o’ch olishga harakat qiladi.
2 Tengdoshlar va hamsuhbatlarga sherik bo’lish, ularing gapini qo’llab-quvvatlash.
Tanish-bilish yoki ulfatlar birovning g’iybatini qilayotgan bo’lsa, yoqish va yahshi ko’rinish niyatida ularga qo’shiladi. Buni, o’zicha "odamgarchilik” deb o’ylaydi. Aslida, gunohga sherik bo’lgan bo’ladi.
3 O’z obro’sini ko’tarish uchun birovni ayblash.
Misol uchun, "falonchi johil, ilmi yo’q” deb, o’zini ilmli va o’tkir fahmli qilib ko’rasatishga urinadi.
4 Hasad.
Odamlar bir kishini maqtayotganlari uchun hasad qiladi va uni g’iybat qilib obro’sini to’kish payidan bo’ladi.
5 O’yin kulgu va hazil.
Odamlarni kuldirish va davrani qizitish maqsadida boshqalarning kamchiligi va aybini aytib, g’iybat qilinadi. Ba’zilar bu ishni o’ziga kasb qilib olgan ham bo’ladi.

Giybatning davosi
Avvalo, g’iybatchi qiladigan g’iybati tufayli Alloh taoloning g’azabiga duchor bo’lishini bilib qo’yishi kerak.
Shuningdek, uning savoblari g’iybat qilingan odamga olib berilishini, agar savobi bo’lmasa, narigi odamning gunohlari unga olib berilishini ham bilib qo’ysin.
G’iybat payti bo’lib qolsa, o’zining ayblarini o’ylasin va ularni tuzatishga kirishsin. O’zining ayblari bo’la turib, boshqalarni ayblashdan uyalsin. Agar o’zini ayblardan holiy bilsa, o’shanga shukr qilish ila mahsg’ul bo’lsin. O’zini o’zi eng yomon ayb-g’iybatchilik ila ifloslamasin. O’zini birov g’iybat qilishini istamagandek, o’zi ham o’zgalarni g’iybat qilishni istamasin.
G’iybatga bois bo’lgan sababga nazar solsin va o’sha sababni yo’q qilishga harakat qilsin. Dardning davosi uni keltirib chiqargan sababni yo’q qilish ila bo’ladi.

P.S: Eslatma!
G'iybat qilayotgan inson o'ziga o'hshagan bir insonni o'lgan holatidagi go'shtini yeyayotgan bilan barobar bo'ladi.

G'iybat qilish uchun boshqalarni kamchiligini qidirgan insonni Alloh taolo kamchiligini qidiradi.
Категория: Din va shariat | Просмотров: 1223 | Добавил: ÂţÎřGůL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |