Kalimani ayta olmay musulmonman
Deysiz, ey voh, Amalingiz g`ayridiniy,
Dilda bo‘lsin deysiz Olloh, Javon to`la
Qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz,
Muhammadning ummatlari. Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan
ham qochasiz, Ta'rifini ko‘p keltirib
qimmat aroqlar ochasiz. Gazak deysiz
harom-harish, cho`chqa go`shti
hamisha bor, Halol luqma yemayapsiz,
Muhammadning ummatlari. Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik
deysiz sursin davron, Erta kunda
boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi
begumon Din o`rgatib o`tmayapsiz,
Muhammadning ummatlari. Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush
qaytasiz kechada, Borgansizmi,
bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi
bir joynamoz Namoz bilmay
o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari. Tavba uchun kech bo`lmasin
kechirgay Ollohingiz Joyingizni
jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto
qo`rqib turibdi Sizlar qanday
ummatsiz, Muhammadning ummatlari
|