Воскресенье, 24.11.2024, 20:41 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Главная » 2013 » Январь » 2 » Esdan chiqarishni nima hikmati bor??..
19:37 Esdan chiqarishni nima hikmati bor??.. |
Unutish,esdan chiqarish bu insonning tug'ma hislaslaridan hisoblanadi,lekin bu hislat odamlarda bir biriga nisbatan harhil buladi.Alloh Taolo Qur'onni yodlashni tez esdan chiqadigan qilib quyishida ham hikmat bordir.Chunki bu unutish sababidan bandalarga foyda va ne'matlar bordir.Siz hozir qanday qilib unutishda foyda bulishi mumkin dersiz,ha uni foyda va hikmatlari bor,ulardan: -Alloh Taolo bandalarini qalblarini imtihon qilish,Qur'onni doimo uqib yuruvchi qalb va Qur'onni boshida yodlash uchungina uqib keyin uni takror uqimasdan tilovatni tashlab quygan qalbni ajratish uchun. -Musulmon kishi esidan chiqishini bilgandan keyingina Qur'onni esdan chiqarmaslik uchun uni kup-kup tilovat qila boshlaydi,va katta ajrlarga erishadi,uni har bir uqigan harfiga ajr beriladi,agarda Qur'onni yod olgan odam uni hech esidan chiqarmaganda uni takror va takror tilovat qilishiga hojat qolmasdi,va shu bilan birga u ku'pgina hasanotlar va ajrlardan benasib qolardi... Bundan chiqadiki Qur'onni yodlab keyin uni unutishda ham foyda bor ekan,buni musulmonlar ahamiyatsizlik orqali sezmaydilar,chunki unutish insonni doimiy tilovat qilishga undaydi,va ajrlarini kupaytiradi,har bir uqigan harfiga bir hasanot yoziladi,va hasanotlar Alloh huzurida untaga kupaytirilib yoziladi,va yana Alloh kimgaki hohlasa uni ziyoda qilib kupaytiradi,agarda yodlaganingizda va zehningiz temir kabi qattiq bulib hech uni esdan chiqarmaganingizda Qur'onni takror va takror uqirmidingiz?...Tabi'iyki yuq..Chunki siz uni esdan chiqarmasangiz,uni takrorlashdan na hojat?? Imom Buhoriydan keltirilgan hadisda aytiladiki:Rosululloh s.a.v. dedilar:"Qur'on sohibini misoli huddi bog'lab qu'yilgan tuyaga uhshaydi,agar unga ahd qilsa uni ushlab tura oladi,agar uni qu'yib yuborsa ketib qoladi".Bu hadisdan tushuniladiki unga ahd bor bu'lsagina uni esdan chiqarilmaydi,huddi tuya bog'langan holatida saqlanganidek,bu hadisda tuyaga u'hshatish bejiz emas,chunki tuya hayvonlar ichida eng ku'p qochib ketadigani hisoblanadi.Uni qochib ketganidan keyin yana qu'lga kiritish qiyin. -Yana foydalaridan biri uni esdan chiqargan odam yana yodlayotgan paytida huddi yangi surani yodlagandek bu'ladi,uni yangi ma'nolariyu shifolaridan qayta bahramand buladi....
|
Категория: Aqoid ilmlari |
Просмотров: 1154 |
Добавил: ÂţÎřGůL
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |