Mo’minu musulmon Olloh bandasi, Qalbi pok, pokiza kiygan jandasi. Takror aytadurlar ul Rasululloh, Haqni so’zlaganni sevguvchi olloh, G’ofillar bo’lmangiz ahli diyonat, Birovning moliga etmang xiyonat, Haromning jomiga bormangiz zotan, Haromxo’r o’tguvchi asli bevatan. Jo’shqin, hadisdagi o’qi har bobni, Qo’lingdan qo’ymagil ushbu kitobni, Islomning yo’lidir, Ollohning yo’li, Doimo bo’lgin sen, sen haqning quli. ------------------------------------------- Payg’ambar hadisda ayturlar iffat, Hayo yuzidin ketsa bosadir g’aflat, Barcha ayollarga mehribonlik qil, Qoshingda burma alarga uzlat. Odil bo’l, shafqat qil onang kabidir, Ayollar farishta ro’yi ta’bidir, Rasul e’zozladi Oyisha onani, E’zozla, deb aytgan ul zot nabidir. Muomala aylagil onangu-singling, Yomon xulqlar ila fikr etma ko’ngling, Gar najot so’rasa begona ayol, Unga g’araz bilan cho’zmagin qo’ling. Jo’shqin hadisdadir fikru xayoling, Ona tuqqay shoir, sardor, ziyoling, Bu yolg’iz Ollohni karomati-la, Payg’ambarni bergan axir ayoling. ------------------------------------------- Allohim O’zingga shukur…
Allohim O’zingga shukur inson qilganing uchun, Undan ham ko’proq shukur IYMON berganing uchun. Harom, halolni bildirib, yiroq qilganing uchun, Yana ham ko’proq shukur IHLOS berganing uchun.
Ayirmagin yo Rabbim meni duo qilishdan, IYMON berib qalbimga, O’zing qo’lla har ishda. Tilim, aqlim, qalbimda yangrasin Sening isming, Asragin meni yo Rab, O’zing, gunoh qilishdan.
Qalbimdan yiroq qilma ibo, hayo, nomusni, Nafsimga bergin toqat, asra meni fahshdan! Sevdim seni qalbim-la, KERAKMAS o’zga sevgi! O’zing bergin bahtimni, yo’liqtirma dinsizga! ------------------------------------------- Men musulmonman buni ko'rursiz, Aytgan so’zlarimga quloq tutingiz. Allohga ibodat qilib hamisha Faqat Ungagina duo qilaman. Boshqalarga duo qilsamchi agar Juda katta gunoh qilgan bo’laman ------------------------------------------- Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan Tilovatga shayla do`stim zaboningni Namozingni o`qi ukam namozingni.
Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati Go`zal bo'lur insoniyat oxirati Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni Namozingni oqi ukam namozingni .
Duolarda so`ragin sen Ollohimdan Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini Namozigni o`qi ukam namozingni.
Namoz erur iymoningning ustunlari Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni Namozingni qoldirmagin namozingni. ------------------------------------------- Namoz...
Muminlikka da'vo bulmas Benamozlik, Bir kunga ham ravo bulmas Benamozlik. Bu dunyo ku besh mahaldek utar ketar, Lek qabrda havo bulmas Benamozlik Jazolarga davo bulmas Benamozlik
Qur'onda ham uning misli kelgan qavm bu, G'iybat ila uz dustin gushti egan qavm bu, Rasulluloh :saws: bizdan emas degan qavm bu, Peshonasin qoraytimish Benamozlik Qabrini ham toraytirmish Benamozlik.
Bu gunohki kungillarni mast qilguvchi, Inson degan sharafni PAST qilguvchi, Boshga balo kunni haqqa rost qilguvchi, Gunohlarning KABIRASI Benamozlik Asli shirkning nabirasi Benamozlik.
Joynamozlar SARPOlarga joylanadi, Ayting, qo'llar qachon haqqa bog'lanadi? Nahot inson duzah sari shaylanadi?! Shayton tuhfa etgan tug'yon Benamozlik, Yaratganga eng zyr ISYON Benamozlik.
Besh mahalga beparvodir, Alloh bir deb, Ogir kunda tag'in aytar panoh BER deb, Shuni aytsa kerakda, haqq gunoh bir deb Muhirlanmush qalbi mangu Benamozlik, Namozshomda guyo uyqu Benamozlik.
Bobolari sajdadan bosh kutarmagan, Yaratgandan uzga Iloh ahtarmagan, Oh bu farzand, nechun desang kukarmagan, Daryo qurib, urnida cho'l Benamozlik Duzah sari eng QULAY yul Benamozlik.
Tahtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu, Har kunini Allohdan deb bilgan el bu, Dini bois bu dunyoga kelgan el bu, Elkasida uning bugun Benamozlik Hech echilmas jirkanch tugun Benamozlik.
Buhoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar, Shu o'lkadan chiqqan edi jigarbandlar, Ularni odam qilgan labbahandlar, Ular uchun eng katta OR bu Benamozlik Bugun biz aylagan HOR Benamozlik
Sinolarin NAMOZ uqib tabib bulgan, Navoiysi sajda chog'i habib bulgan, Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan, Bu millatga katta UYAT Benamozlik Tarih uchun katta g'orat Benamozlik.
Dunyo uchun nima qilsang qilavergin, Uzingni kim bilsang shunday bilavergin, Ammo sungi hitobimga quloq bergin, JAHANNAMGA ZIYORATDIR Benamozlik, Insoniylikka hiyonatdir Benamozlik...
|