Воскресенье, 24.11.2024, 20:07Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Январь 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2013 » Январь » 19 » Isimlar ma'nosi
11:53
Isimlar ma'nosi
B
BADRIDDIN (a.) - dinning to’lin oyi.
BARNO (f.t.) - kelishgan, chiroyli.
BASANDA (f.t.) - oilada ketma-ket qizlar tug’ilsa, endi yetarli bo’ldi, endi kiz bola tugidishi to’xtasin, degan ma’noda ushbu ism qo’yilgan.
BAXTIYOR (f.t.) - baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin.
BAHODIR (f.t.) - botir, kuch-qudratli.
BAHOR (f.t.) - bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin. BAHRIDDIN (a.) - dinning nuri, shu'lasi.
BAHROM (f.t.) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (o’zb-f.t.) - beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (o’zb-a.) - beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.
BERDIMUROD (o’zb-a,) - Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (f.t.)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola.
BIBIXOL (o’zb-f.t.) - xol bilan tug’ilgan, e’tiborli aslzoda qiz.
BINAFSHA (o’zb.)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam
BOBUR (o’zb.)- yo’lbars.
BOZOR (f.t.) - bozor kuni tug’ilgan bola.
BOYMUROD(o’zb-a.) - boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga yetsin.
BOYQOBIL (o’zb-a.)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.
BOLTA (o’zb.)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.
BOTIR(o’zb-mo’g.) - mard, pahlavon, dovyurak, jasur.

BO’RI (o’zb.)- tug’ilganda tishi mavjud bo’lg’an bola.

D

DAVLAT (a.) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.
DAVRON (a.) - davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin.
DILAFRO’Z (f.t.) - ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) - ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.
DILMUROD (f.t-a.) - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) - dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz. DILNOZ (f.t.) - nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) - jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) - ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) - dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) - ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.
DILSHOD (f.t.) - dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) - inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.

E

ELBEK (o’zb.) - ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin.
ELDOR (o’zb-f.t.) - ulg’ayib yuqori martabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin.
ELMUROD (o’zb-a-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (o’zb-a.) - jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin. ERGASH (o’zb.) - aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (o’zb-) - erkin, ozod, hur bola.
ESON (o’zb.) - sog’-salomat, omon-eson o’ssin.
ESHBEK (o’zb.) - beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo’lsin.
ESHBO’RI (o’zb.) - bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
ESHDABLAT (o’zb-a.) - mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butun bo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
ESHMUROD (o’zb.-a.) - orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga yetsin.
ESHQOBIL (o’zb.) - odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin.
E’ZOZ (a.) - e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (a.) - sovg’a, tuhfa.

F
FAZILAT (a.) - yaxshi xislatli.
FAZLIDDIN (a.) - dinning fazli, kamoli.
FAYZULLOH (a.) - Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.
FARANGIZ (f.t) - nur taratuvchi, shu’la sochuvchi go’zal qiz.
FARID (a.) - yakka, yagona.
FARIDA (a.) - yakka, yagona, tengsiz qiz.
FARMON (f.t.) - buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARORAT (a.) - huzur-xalovat, rohat-farog’atda yashasin.
FARRUX (f.t.) - yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko’rkam.
FAXRIDDIN (a.) - dinning faxri, g’ururi.
FERUZ (f.t.) - yengilmas, yulib.
FERUZA (f.t.) - g’olib, iqboli baland zebo qiz.
FIRUZ (f.t.) - saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, g’olib,
FIRUZA (f.t.) - saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go’zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.
FOZIL (a.) - bilimdon, dono, zukko.
FOZILA (a.) - bilimli, zukko qiz.

G
GAVHAR (f.t.) - gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.
GAVHARSHOD(f.t.) - gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.
GULANDOM (f.t.) - gulbadan, nozik, go’zal qiz.
GULASAL (f.t-a.) - guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.
GULJAMOL (f.t-a.) - husni jamoli guldek zebo qiz.
GULJAHON (f.t.)- jahonning guldek go’zal qizi.
GULNOZ (f.t.) - guldek nozik va nozli go’zal qiz.
GULRUH (f.t.) - yuzi guldek go’zal qiz.
GULCHEHRA (f.t.) - gulyuzli, chiroyli qiz.
GULSHAN (f.t.) - hayoti gulzordek fayzu tarovatli bo’lsin.
GULSHOD (f.t.) - guldek go’zal, suluv, shodu xurram
GO’ZAL (o’zb.) - zebo, suluv, chiroyli

H
HABIB (a.) - suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r.
HABIBA (a.) - sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (a.) - Allohning suyukli do’sti.
HAYDAR (a.) - arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin.
HAYIT (a.) - hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola.
HAYITALI (a.) - hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib yetishsin.
HAYITGUL (a-f.t) - hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.
HAYITMUROD (a.) - hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga yetsin.
HALIMA (a.) - rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.
HAMDAM (f.t.) - sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo’lsin.
HAMID (a.) - Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.
HAMIDA (a.) - Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
HAMIDULLOH (a.) - Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi.
HAMRO(H) (f.t.) - hamdam, sherik
.HASAN (a.) - chiroyli, a’lo, go’zal.
HASANALI (a.) - chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin.
HASANXO’JA (a-f.t.) - xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola.
HOJI (a.) -muqaddas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (a.) - hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga yetsin.
HOTAM (a.) - oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (o’zb.) - Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.
HUMOYUN (f.t.) - muborak, qutlug’.

I
IBODAT (a.) - toat-ibodat qilish, Xudoga sig’inuvchi, Unga bo’ysunuvchi yoki ibodat paytida tug’ilgan qiz.
IBODULLOH (a.) - Allohning bandalari, qullari.
IBROHIM (qad.yah.) - xalqlarning otasi.
IZZATULLOH (a.) - Allohning hurmat-izzatli bandasi bo’lsin.
ILHOM (a.) - ruhiy ko’tarinkilik, ruhlanish, avjlanish.
IMOM (a.) - oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.
INTIZOR (a.) - intizor bo’lib ko’pdan orziqib kutilgan qiz.
IRODA (a.) - Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.
ISKANDAR (yun.) - qo’rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.
ISLOM (a.) - bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy.
ISMOIL (qad.yah.) - Xudo eshitdi; Xudodan so’rab olingan bola
.ISROIL (qad.yah.) - Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo’lida kurashchi.
IXTIYOR (a.) - ixtiyori, erki o’zida, hur, ozod.
IQBOL (a.) - baxtu saodat, yorug’ kelajak, hayot.

J
JAVLON (a.) - chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.
JALOL (a.) - ulug’, buyuk, ko’rkam.
JALOLIDDIN (a) - dinning ulug’vorligi yoki dinning yuksak namoyandasi.
JAMOL (a.) - chiroyli, ko’rkam bola.
JAMSHID (f.t.) - buyuk, qudratli.
JASUR (a.) - dovyurak, qurqmas, jasoratli.
JAHONGIR (f.t.) - jahonni zabt etuvchi, fotih.
JUMA (a.) - juma kuni tug’ilgan bola.
JUMAGUL (a.f.) -juma kuni tug’ilgan, guldek chiroyli suluv qiz.
JUMAQUL (a.-o’zb.)- Allohning juma kuni tug’ilgan bandasi
JUMANAZAR (a.) - juma kuni beriltan tuhfa.
JO’RA (f.t.) - do’st, o’rtoq, hamdam.




Категория: ISMLAR MA'NOS | Просмотров: 3244 | Добавил: ÂţÎřGůL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |