Воскресенье, 24.11.2024, 19:59 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Главная » 2013 » Январь » 21 » Momin va Mominalrga!
18:46 Momin va Mominalrga! |
Alloh taolo marhamat qiladi:
«Mo‘min va mo‘minalarga ular
biron
gunoh qilmasliklaridan turib ozor
beradigan kimsalar ham bo‘hton
va
ochiq gunohni o‘z ustlariga
olibdilar» (Ahzob surasi, 58).
Ya'ni, iymon ahliga hech bir
gunoh-jinoyat
qilmasalar-da ozor beradigan
kimsalar o‘z
ustlariga yolg‘on, bo‘hton va
ulkan gunohni
yuklab olgan bo‘ladilar.
«Ey iymon keltirganlar, (sizlardan
bo‘lgan) bir qavm, boshqa bir
(mo‘min)
qavmdan masxara qilib kulmasin,
ehtimol (o‘sha masxara qilingan
qavm)
ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana
(sizlardan bo‘lgan) ayollar ham
(boshqa
mo‘mina) ayollar ustidan masxara
qilib
(kulmasinlar) - ehtimolki, (o‘sha
masxara
qilingan ayollar) ulardan
yaxshiroq
bo‘lsalar. O‘zlaringizni (ya'ni, bir-
birlaringizni) mazax qilmanglar va
bir-
birlaringizga laqablar qo‘yib
olmanglar.
Iymondan keyin fosiqlik bilan
nomlanish
(ya'ni, mo‘min kishining yuqorida
man
qilingan fosiqona ishlar bilan
nom
chiqarishi) naqadar yomondir.
Kim tavba
qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim
kimsalardir» (Hujurot surasi, 11).
Ya'ni, kimki masxaralab kulish,
mazax qilish
va laqab qo‘yishdan tavba qilmas
ekan, ana
o‘sha kimsalar o‘zlarini azobga
giriftor
qilganlari sababli haqiqiy
zolimlardir.
Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam
aytdilar: «Qiyomat kunida Alloh
nazdida eng
yomon darajali kimsa -
beodobligi-
uyatsizligidan saqlanish
maqsadida odamlar
tark qilgan yoki odamlar o‘z
holiga tashlab
qo‘ygan kishidir» (Muttafaqun
alayh).
|
Категория: Hadisi sharif |
Просмотров: 1015 |
Добавил: Müšĺí₥ќâﷲ☝
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |