Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Alloh taolo aytadi: Kimda – kim Mening do`stim bilan adovatlashsa, Men unga urush e`lon qilaman. Bandam Men uning zimmasiga farz etgan amallardan ko`ra suyukliroq narsa bilan Menga qurbat – yaqinlik hosil qilmagan. Bandam Menga nafl ibodatlar bilan tobora yaqinlashaverganidan, hatto uni yaxhi ko`rib qolaman. Agar uni yaxshi ko`rsam, Men uning eshitadigan qulog`i, ko`radigan ko`zi, ushlaydigan qo`li va yuradigan oyog`i bo`laman. Agar Mendan so`rasa, albatta unga beraman. Agar Mendan panoh tilasa, albatta uni panohimga olaman” (Buxoriy rivoyatlari).
|