Воскресенье, 24.11.2024, 19:43Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Декабрь 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2012 » Декабрь » 4 » Axloq-odob sohasidagi qaytariqlar
16:23
Axloq-odob sohasidagi qaytariqlar
Axloq-odob sohasidagi qaytariqlar
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Halokatga olib boruvchi yetti narsadan qochinglar!», dedilar. «Ular nima, ey Rasululloh?» deyishdi. Janobi Payg‘ambarimiz: «Alloh taologa shirk keltirmoq, sehr-jodu qilmoq, nohaq birovni o‘ldirmoq, sudxo‘rlik, yetimning haqqini yemoq, jang maydonidan qochmoq, begunoh pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilmoq», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Mug‘iyra ibn Shu’baning kotibi Varrod rivoyat qiladi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mish-mish tarqatmoqni, ezmalik qilmoqni, mol-dunyoni isrof etmoqni, ochko‘zlik qilmoqni, onalarga itoatsizlik etmoqni va qizlarni tiriklayin ko‘mib tashlamoqni (Islomdan avval arablarda shunday odat bo‘lgan) man qilganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «G’azotlardan birida Payg‘ambar alayhissalom o‘ldirilgan ayol kishini ko‘rib achindilar va ayol kishilarni va yosh bolalarni o‘ldirishni man qildilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Badgumon bo‘lmanglar, badgumonlik eng yolg‘on so‘zdir, tirnoq ostidan kir qidirmanglar, bir-biringizga hasad qilmanglar, bir-biringizdan arazlamanglar va nafratlanmanglar, aka-uka tutinib, Allohning (solih) bandalari bo‘linglar», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘l bo‘yida o‘tirishdan saqlaninglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Buning chorasi yo‘q, ey Rasululloh, chunki biz o‘tirib suhbatlashamiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bunga ko‘nmasanglar, o‘tiringlaru faqat yo‘lning haqqini ado etinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, yo‘lning haqqi nima?», deyishganida Rasululloh: «Ko‘zni nomahramlarga qaratishdan tiyish, o‘tuvchilarga aziyat bermaslik, salomga alik olish, yaxshilikka buyurib, yomonliklardan qaytarish», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki zaifning - ayolning va yetimning molidan uzoq bo‘lishingizni vasiyat qilaman», dedilar».
(Imom ibn Moja rivoyatlari)

Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zulmdan saqlaninglar, chunki u Qiyomat kunida zulumot bo‘ladi. Va yana baxillik va xasislikdan saqlaninglar. Chunki u sizlardan avvalgi ummatlarning halokatga uchrashiga, qon to‘kishlariga hamda harom narsalarni halol qilib olishlariga sabab bo‘lgan edi», dedilar». (Imom Muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh: «Sizlarning holingizga voy bo‘lsin! Yana sizlar mendan keyin kofir bo‘lib, bir-biringizning gardaningizga (qilich) urib yurmanglar», dedilar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Adiy ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hozir yana qaytarib aytaman, kimni biror ishga boshliq qilsak, ozi va ko‘pini (yashirmay) olib kelsin. Nimani bersak, uni olsin. Nimadan qaytarsak, uni olishdan o‘zini tiysin», dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlarini birovlarni yanglishtirishdan man etdilar. (Abu Dovud va Ahmad rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishdan man etganlar. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Biz hazrat Umarning huzurlarida o‘tirgan edik, u kishi: «Bizlar zimmamizga ortiqcha ish (vazifa) olmoqdan qaytarildik», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo sizlarni otalaring nomi bilan qasam ichishdan qaytaradi». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir odamning boshqa bir odamni turg‘izib, o‘rniga o‘zi o‘tirib olmog‘ini man qildilar. Ammo janob Rasululloh shunday dedilar: «Nariroq surilib joy bering va biroz siqilishib o‘tiring», denglar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Yazid al-Ansoriy (r.a.) rivoyat qiladilar. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam birovning molini zo‘rlik bilan tortib olishdan va birovga vahshiyona (quloq, burun va boshqa a’zolarini qirqib) azob berishdan qaytardilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nazr qilmoqdan qaytardilar va: «U baloning oldini ololmaydi, u orqali baxildan biror narsa undirib olingaydir, xolos», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

obir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilichni yalang‘ochlab yurishga odatlanishdan qaytarganlar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘rilarning badanini pullab, tirikchilik qilishni man etdilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam er kishini ikki ayolning orasida yurishidan qaytardilar».
(Abu Dovud rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Musibat yetganida yuzlarini yuladigan, yoqasini yirtadigan va o‘zini qarg‘ab yig‘laydiganlarni Alloh taolo la’natlasin».
(Ibn Moja rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mehmon uchun ortiqcha takallufni (ziyofat uchun haddan tashqari urinishni) man etganlar. (Hokim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir uyda yakka uxlashni man etganlar. (Imom Ahmad rivoyatlari)

Abu Hurayradan va Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir banda: «Men Yunus ibn Mattodan yaxshiroqman», demasligi lozim», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abdulloh ibn Zam’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odam ichidan chiqadigan narsa (el)ga kulmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Abu Said Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (qo‘l bilan) mayda toshlarni otib o‘ynashdan man qildilar va: «Bu bilan ov ham qilib bo‘lmaydi, dushmanni ham o‘ldirib bo‘lmaydi, faqat u ko‘zni chiqarib, tishni sindiradi, xolos», dedilar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukm chiqarishda rishva (pora) beruvchini va uni oluvchini la’natlaganlar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhumlar sha’niga mubolag‘a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar.
(Ibn Moja va Hokim rivoyatlari)

Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror joyda vabo borligi bilinsa u yerga kirishdan, biror joyda turilganda vabo boshlangani eshitilsa, o‘sha joydan chiqishdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qabriston ziyoratiga boruvchi ayollarni, qabriston ustiga masjid quruvchi yoki chiroq yoquvchilarni Alloh taolo la’natlasin!».
(Hokim rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabr ustiga o‘tirishni, qabr ustini butunlay tekislab tashlashni yoki ustiga turli baland qubbalar qurishni man etganlar.
(Imom Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardan o‘z uyiga kechasi bemahal kirib kelishni man qilganlar. (Imom Buxoriy va muslim rivoyatlari)

Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni Qur’on (ya’ni Mushaf) bilan dushman yeriga safar qilmoqdan qaytardilar». (Bu yerda Qur’on deyilgani bilan Mushaf deb tushunmoq kerak. Chunki Qur’on og‘zaki tarzda nozil qilingan bo‘lib, dushman uni qalblardan tortib olib, oyoqosti qilolmaydi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘xtab turgan ko‘lmak suvga siyishni man etganlar.
(Imom Muslim, Nasaiy, Ibn Moja rivoyatlari)

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (biror narsaning baxtsizlik keltirishiga ishonib) irim-sirim qilishdan qaytarganlar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Ummu Atiyya rivoyat qiladilar: «Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarilgan edik, er o‘lsagina to‘rt oyu o‘n kun aza tutmoq mumkin edi... Biz ayollar janozaga ergashmoqdan ham qaytarilgan edik». (Imom Buxoriy rivoyatlari)

Oisha (r.anho) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mayitlarni haqorat qilmanglar, chunki ular keladigan joylariga kelib bo‘ldilar», deganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)

Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (sahobalarga qarata): «Birontangiz uzoq xastalanib yotib qolsangiz, (bezor bo‘lganingizdan) o‘zingizga o‘lim tilamang! Basharti shunday qilish zarur bo‘lsa: «Ey Parvardigorim, agar (bundan keyingi) yashamog‘imning menga nafi bo‘lsa, meni tirik qoldirgin, mabodo o‘lmog‘im afzal bo‘lsa, omonatingni olg‘il, deb aytingiz», dedilar». (Imom Buxoriy rivoyatlari)
Категория: Hadisi sharif | Просмотров: 1088 | Добавил: ÂţÎřGůL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |