Воскресенье, 24.11.2024, 19:53Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Июнь 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2014 » Июнь » 9 » Aziz do`stim to`xtang!
18:00
Aziz do`stim to`xtang!

                             Bismillahir rohmanir rohiym

Aziz do`stim!

Ushbu Koinot o`z ichiga olgan katta va kichik narsalar bilan Alloh ta`olo tomon unga tasbihlar, ulug`lash va sajdalar bilan yo`nalmoqda. Alloh ta`olo dedi: "Barcha narsa Allohning hamdi bilan tasbih aytadi".

Alloh ta`olo yaratgan barcha maxluqotlar Alloh uchun boshini e`gib, uni marhamatlar bilan e`tirof e`tadilar.

Biroq, bu ulkan Koinotda mitti, haqir, xor, e`rkaklik suvidam yaralsada, ashaddiy dushman bo`lgan, Koinot bir yo`lda bo`lsa, u o`zi boshqa yo`lda bo`lgan, Alloh ta`ologa barcha maxluqlar zikru tasbihlar aytish bilan mashg`ul bo`lsalar-da, itoat e`tmaydigan, bo`yinsunmaydigan, tasbihlar aytmaydigan bir maxluq bor. U - Alloh ta`ologa osiy bo`lgan insondir. Allohu Akbar! Ushbu tartibli Koinotda yolg`iz qolar e`kan, uning g`ururi, aqlsizligi, xor va xo`rligiga qarang!

Unga necha martalab tavba qilish imkoni berildi, tavba qilmadi. Necha martalab Alloh yo`liga qaytish imkoni berildi, qaytmadi. Robbisi bilan sulh qilishga necha marta chaqirildi, u sulh qilmadi, balki, mutakabbirlik qilib, yuz o`girdi.

Aziz do`stim!

 

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval ushbu dunyo, uning haqirligi, bevafoligi, ko`p jafoli, xasisligi va tez bitib tugashi, dunyoning dunyo atrofida yiqilgan ahli, oshiqlari, ularga dunyoning bergan turli azob sharoblari, ularni ozi kuldirib, ko`p yig`latgani haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval oxirat, oxiratning davomiyligi, uning haqiqiy hayot, barqarorlik va istiqror diyori e`kani haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval jahannam, jahannamning yonishi, alangalari, tubining chuqurligi, issig`ining kuchliligi va ahlining qattiq azoblanishi: qayhoq suvlarda yuzi bilan sudralishi va o`tin kabi yoqilishlari haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval jannat, jannat ahli uchun Alloh ta`olo tayyorlab qo`ygan: k`oz k`ormagan, quloq e`shitmagan va insonning xayoliga kelmagan turli-tuman emaklar, ichimliklar, kiyimlar, ko`rinishlar va mahrum qolgan insongina e`tibor bermaydigan quvonchlarni kafolotlovchi ne`matlar haqida tafakkur qilib ko`ring.

 

Aziz do`stimAlloh ta`ologa osiy bo`lishingizdan avval o`ylab ko`ring. Siz oltmish, sakson, yuz yoki ming yil hayot kechirarsiz. Keyin nima bo`ladi? Keyin yo jannat, yoki jahannam azoblari bo`ladi, Alloh saqlasin!

Aziz do`stim!

Ishoing, o`lim farishtasi bugun sizni tashlab, boshqalarga o`tib ketgan bo`lsada, bir kuni sizga ham etib keladi. Yillar, kunlar va lahzalar o`tib, Siz, molingiz, oilangiz, do`stlaringiz bo`lmagan qabringizda tanho qolasiz. Bas, qabrning e`sa zulmati, tanholigi, torligi, qo`rquvi, dahshati va siquvi bor!

Allohga qiyomat kuni, qalblar qo`rquvga to`lgan, farzandlaringiz, ota-onangiz, rafiqangiz va aka-ukalaringizdan voz kechadigan kunda, duch kelgan holatingizni o`ylab ko`ring. U holat va dahshatlarni e`slang! Tarozilar qo'yiladigan va nomalar tarqariladigan u kunni e`slang! Sizning nomangizda ko`plab toyilishingiz va amallaringizda xatolar bo`lishi mumkin. Tinimsiz qochib yurganingiz, da`vat e`tsa da`vatiga qarshi to`sqinlik qilganingiz haqiqiy podshoh huzurida qo`lingizda barcha katta va kichik narsalar yozilgan nomalar bilan turishingizni e`slang! Alloh sizdan umringiz, yoshligingiz, qilgan ishlaringiz va topgan boyliklaringiz haqida so`rasa qaysi tilingiz bilan javob berasiz? Alloh huzurida qaysi oyoqlaringiz bilan tura olasiz? Alloh sizdan: "Bandam, mening seni ko`rib turishlarimni engil sanadingmi? Meni senga qarab turganlarning e`ng arzimasi deb o`yladingmi? Men senga yaxshiliklar va ne`matlar ato e`tmadimmi? Shunday e`kan nega sen menga osiy bo`lding?!"- deb savol berganida qaysi ko`zlaringiz bilan boqasiz va qaysi qalbingiz bilan javob berasiz?!

Aziz do`stim!

Keyinida buyuk zafarga e`rishish va tuganmas ne`matlar bilan lazzatlanish uchun bu oz kunlar va o`tkinchi lahzalarda Alloh ta`ologa ibodat qilish uchun sabr qila olmaysizmi?

Aziz do`stim!

Bu dunyoda: "Bizlar maqsadsiz yaratilganmiz va o`z holimizga tashlab qo`yilganmiz" deb tushungan kishilar ham bor. Ularning hayotlari o`yin-kulgudangina iborat. Ularning k`ozlari pardalar bilan qoplangan. Hidoyatni e`shitishdan e`sa quloqlari og`ir, k`ozlari ko`r, qalblari buzuqdir. Ularning o`tirishlarida Allohning zikri va Kitobidan boshqa barcha narsani topishingiz mumkin.

Ular bandalari bo`lishlari, huzurida turishlari, qo`lida bo`lishlariga qaramay Allohdan qochib, Allohga ijobat qilmadilar. Balki, Shaytonning da`vati, rag`bati va hohishlari tomon ketmoqdalar... Ularning holiga boqing... Shaytonning da`vatiga labbay deydilaru, Rahmonning da`vatiga ijobat qilmaydilar! Ularning aqllari qayerda?!... "Darhaqiqat, ko`zlar ko`r bo`lmas. Balki, ko`krakdagi qalblar ko`r bo`lar". Ularning osiy bo`lishlari va itoatsizlik qilishlari uchun Alloh ularga nima qildi? Alloh ularni yaratib, ularga rizq berib, badanlari va mollarida ofiyat bermadimi?! Halim (Alloh) ning halimligi, Karim (Alloh) ning saxovati ularni aldab qo`ydimi?! Ular gunohlarga mukkalaridan ketgan paytlarida boshlariga o`lim kelishidan qorqmaydilarmi?! "Ular Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi? Allohning makridan ziyonkor xalqlargina xotirjam bo`ladilar".

Aziz do`stimularning toifalaridan biri bo`lib qolishdan e`htiyot bo`ling! Ularning ishlaridan butunlay uzoq bo`ling va yaralish maqsadingiz uchun harakat qiling. Chunki, siz buyuk bir vazifa uchun yaratilgansiz. Alloh ta`olo dedi: "Men jin va insonlarni o`zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim".

(Agar bilsang seni buyuk ishlar uchun hozirladilar va sen arzimas narsalarga ham e`tiborli bo`l).

Aziz do`stim!

Hoy Allohga osiy bo`lgan banda, robbingizga qayting hamda jahannam va uning olovidan qorqing! oldingizda dahshatlar, mashaqqatlar, azoblar, ilonlar va qu`rqinchli narsalar bor.

Allohdan boshqa haqiqiy iloh yo`q e`kaniga ond ichib aytamanki, bu kulgular, qo`shiqlar, filmlar silsilasi va o`tkinchi ishlar, (hayosiz) ro`znoma va oynomalar, rafiqalar, farzandlar, do`stlar, og`alar, moli dunyolar sizga foyda bermaydi. Sizga faqatgina qilgan yaxshilikl va solih amallararingizgina foyda beradi.

Aziz do`stim!

Bu maktubni sizga oppoq va nurli yuzingiz qiyomat kuni qoraymasligi, kelishgan jussangizning jahannam olovida yonmasligini umid qilib yozdim. Alloh sizga tavfiq ato e`tsin, o`zingizni jahannamdan qutqaring va hozir, kechikmasdan o`z tavbangizni e`lon qiling! Va bilingki, siz bunga hech ham afsus chekmaysiz. Balki, tez kunda Alloh ta`oloning izni bilan baxtiyor bo`lasiz. Bu to`g`risida ikkilanmang va kechikmang! Alloh nomiga ond ichib aytamanki, men sizga faqatgina nasihat qildim va mushfiqdurman.

 

Категория: Aqoid ilmlari | Просмотров: 1071 | Добавил: Sirlik_inson | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |