Пятница, 19.04.2024, 19:05Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Май 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2014 » Май » 17 » Mo'min Onalardek yashagin Qizim!!!
17:05
Mo'min Onalardek yashagin Qizim!!!

Mening dunyodagi umidim sendan
Qorong`u qabrimni yorit, yulduzim.
Avvalo mo`minlar onasi bo`lgan 
Hazrat Hadiychadek yashagin, qizim.
Allohning Rasuli Muhammad diya,
Na sunnat, na farzga bermay raddiya.
Islomning yo`lida labbayka diya 
Hazrat Hadiychadek yashagin, qizim.
Ne baxtki Jabroil keltirsa salom,
Tirigida jannatdan olsalar nishon.
Islomga o`shanday pokiza ishon
Hazrat Hadiychadek yashagin, qizim.
Ixlosni qo`ymagin also dilingdan,
Hidoyat nur sochsin yurgan yo`lingdan.
Tilovat tushmasin, bolam, tilingdan
Sayyida Oishadek yashagin, qizim.
Bo`htonu malomat kelsa oldingga,
Kimsa inonmasa solgan dodingga.
,,Ifk hodisasi,, tushsin yodingga
Sayyida Oishadek yashagin, qizim.
Hom g`ishtli hujradan topilmas qusur,
Oyatlar tushgani ilohiy bir sir.
Xastahol Nabiyga berolgan huzur
Sayyida Oishadek yashagin, qizim.
Xojamning ko`nglini olayin desang,
Tarixdan o`chmay qolayin desang.
,,Jannatdagi xotini,, bo`layin desang,
Hafsa bintu Umardek yashagin, qizim.
Otangga doimo qilgin itoat,
Tanangda bir hayol yashasin abad.
Senga Amirul Mo`min bergan tarbiyat
Hafsa bintu Umardek yashagin, qizim.
Muqaddas kalom deb nafsini yenggan,
Zayd ibn Harisni tengi deb bilgan.
Har doim naslidan iftixor qilgan
Zaynab bintu Jahsh kabi yashagin, qizim.
Ehsoni boqiyni yashnatgan bog`i,
Jabroilning O`zi bo`lgan guvohi,
Arshlarda o`qilsa, hayhot, nikohi,
Zaynab bintu Jahsh kabi yashagin, qizim.
Garchi menda mustahkam, latif iymon yo`q
Otang oqil inson, bunga gumon yoq.
Mahbub bo`lish uchun bo`lak imkon yo`q
Hazrat Fotimadek yashagin, qizim.
Ishqsiz urgan yurak asli yurakmas,
Senga tilaganim o`zga tilakmas.
Derazangga zarparda also kerakmas,
Hazrat Fotimadek yashagin, qizim.
,,Jannat sayyidasi,, deb qilinsa izhor,
Nabiy ila eng avval ko`rishsa diydor.
Bundan suyuk yana qandayin baxt bor? 
Hazrat Fotimadek yashagin, qizim.
Sabring sinalganda qilgin qanoat,
Mitti yurakchangda katta jasorat.
Yig`lasang Rasul deb yig`lagin faqat
Hind bintu Haramdek yashagin, qizim.
Uhudda bir yo`la ikki jon berib,
,, Rasul omonmi?,, deb tursa termulib,
Barcha musibatni arzimas bilib
Hind bintu Haramdek yashagin, qizim.
Bolasi jon bersa, olmasa nafas,
Bunday ayriliqqa chidar qanday kas?
Yurtga bitta Anas tug`ib bersang bas
Ummu Sulaymdek yashagin, qizim.
Rasulloh har neni qilsa tabarruk, 
Asradi U zotdan tushsa dona tuk.
Peshona terini qilib hushbo`y mushk
Ummu Sulaymdek yashagin, qizim.
Joningni o`tlardan saqlayman desang,
Mening haqlarimni oqlayman desang.
Haqiqiy mo`minga o`xshagin, qizim,
Mo`min onalardek yashagin, qizim

Категория: Nodir qo'lyozmalar | Просмотров: 1017 | Добавил: Sirlik_inson | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |