Kup musulmonlar Qur'onni hammasini yodlashni hohlaydilar?lekin yodlay olmaydilar,nimaga?Yodlashni foydalari nima?Qanday qilib uni tez yodlash mumkin?Qaysi uslubni qullasa onson va tez yodlaydi,yodlagan odamlar qanday qilib uni eslaridan chiqarmaydilar,ular qanaqa uslubda yodlaganlar,va...?,va..?,...shunga uhshagan savollarni javobini bilmoqchi bulsangiz marhamat! 1-Qur'on yodlashni afzalligi va foydalari...
-Qur'onni yod olgan odam insonlarning e'ng yahshisi hisoblanadi: Imom Buhoriy sahihlarida keltirilgan Usmon bin Affon r.a.aytadilar:Rosululloh s.a.v.dedilar:"Sizlarning e'ng yahshingiz Qur'onni talim olib va uni urgatganlaringizdur".
-Qur'on-uni yodlagan kishini shafoat qiladi: Abu Umoma r.a.dan keltirilgan hadisda,Rosululloh s.a.v.aytadilar:Qur'on u'qinglar,chunki u Qiyomat kunida u'zini e'galari uchun shafoatchi bu'lib keladi".Imomi Muslim rivoyati.
-Qur'on yodlagan kishi Allohning ahli hisoblanadi: Anas r.a. aytadilar:Rosululloh s.a.v. dedilar:"Albatta Alloh Azza va Jallani insonlar ichida ahllari bor,ulardan su'rashdi:Yo Rosulalloh,kimlar ular?,aytdilarki:Ular Qur'on ahli,ular Allohning ahlidir va unga tegishli odamlardir".Nasoiy,Hokim,Ibn Mojja sahih sanad orqali rivoyat qilganlar.
-Qur'on yodlovchi maloikalar darajasidadir: Oisha r.a.aytadilar:Rosululloh s.a.v. aytdilar:"Qur'onni mohirlik bilan u'quvchi odam Kiromul-barorohlar bilan birgadur,Qur'onni u'qiganda zurg'a-qiynalib u'qiguvchilarga ikkita ajr-savob bordir."Muslim rivoyati. 2-Ismingizni yodlagandek Qur’onni yodlash mumkinmi? Bu minglab balki milionlab musulmonlarning orzusi,lekin kim bu orzuni amalga oshirishni hohlasa sidqi-dildan kirishishi kerak.Sizga Shanqitiylarning yodlash yu’llarini keltiramiz,sizga Qur’onni haqiqatda zu’r yodlashlarining sirini ochamiz.. *Shanqitiylar kim uzi? Ular Mavritaniya islomiy mamlakatining sharqida joylashgan Shanqit shahari aholisidir. Ularda yodlashning nodir uslublari bor,va yodlash qobiliyatlari juda oily hisoblanadi.Ular bundan fahrlanadilar ham.10ta kitob yodlaganlari ham bor.Ularning chuqqiga chiqqan hislatlaridan biri ularning ku’pchiliklari qalblarida yod olgan narsalarini saqlab doim unga tayanadilar-kitobga ihtiyojsiz holatda.Ularning qalblari huddi kitobni yozuvsiz saqlab quyilgan idishga u’hshaydi.yodlash qobiliyatlari temirdek mustahkam. Ularning hozirgi paytdagi oddiy bolalarining orasida imomi Molikning bir devon kitoblarini balog’atga etishdan oldin yodlaganlari bor. Ba’zi ulamolaridan birining aytishicha u bir necha kitoblarni yoddan biladi:”Fathul-boriy”kitobi,va Imom Suyutiyning "Itqon” kitobini,va boshqa matnlar va kitoblarni.Bu ularda oddiy holat hisoblanadi,Bizdachi?Qur’onni bir porasini hatosiz u’qiy oladigan bolajonlarimizni ku’rsak ku’zimiz qancha quvonadi,qu’shimcha kitoblarni yodlashlariga ajabo,va subhanalloh,tasanno!!! Ularning oddiy islomiy ayollarining yodlagan narsalariga qiziqsak,oralarida fihq bu’yicha fatvo kitoblarini yodlab chiqqanlari bor ekan.Ulardan biri Shayh Abdulloh bin Alimomning volidasi Maryam Hiynning qizi Al-Jakniyya,u ayol fiqh matnlarini yodlab su’ralganda ayollarga hayz va haj haqidagi fatvolarni yodlab berar e’kan.U ayolning siyra va fiqh masalari haqida kitoblari bor. Hop biz bularni bilaganimizdan keyin qanday foydalanamiz?!Inson u’ziga u’hshagan insonning qu’lidan keladigan bir ishni ku’rsa,unga u’sha ishni qilish onsonroq tuyuladi,hususan bu ish uning orzularidan biri bu’lsa boshqa odam shu orzuga etganini ku’rgandan keyin uni ham shu orzuga etishishi mumkinligiga umid yu’li ochiladi,shu zamonda siz bilan birga yashayotgan musulmonlar vaqtlarini behuda sarflamasdan orzulariga etishayotgan ekanlar siz nega orzularingizni tashlab quyib vaqtingizni behudaga sarflayapsiz,qani jannatdagi ne’matlaru,ota-onangizga beiladigan mukofot uchun harakat qilmaysizmi?!Noumid bu’mang!!! Hu’sh ularning qoyil qoladigan zehnlariga nima sabab,bunga ular qanday e’rishadilar??.. Temirdek mustahkam yodlash. Bu uslub amaliy tajribadan u’tgan yod olishda e’ng kuchli yu’l hisoblanadi,bunga amal qilishda qattiq hirs kerak buladi,va e’slash qobiliyatining haqiqatda ham odam hayron qoladigan hislati borligini ku’radi,bu rost va haqiqatdir.. 1-Avval yodlashga mu’ljallangan qismni ajratib olasiz su’ngra uni baland ovoz bilan uqiysiz kitobdagi u’qiyotgan oyatingizga qattiq diqqat qilib qaragan holatda.Su’ngra ushbu oyatni kitobga qaramasdan u’qiy oladigan bu’lguningizgacha takrorlaysiz. 2-Mu’ljallangan qismni yodlab bu’lganingizdan keyin uni yana 300 matra takrorlaysiz,ammo u Qur’on oyatlari bulsa 500marta takrorlaysiz. Balki siz 500 marta takrorlashni ku’rib dahshatga tusharsiz!!? Lekin aytamizki: Mavritaniyadagilar Qur’ondan yodlayotgan bu’lsalar kamida 1000 marta takrorlaydilar. Albatta bu uslub ku’p vaqtni oladi lekin bilingki bu uslubda yodlasangiz Qur’onni hohlagan vaqtingizda u’zingiz bilan hujjat qilib olib yurasiz,va bu yodlash sizga yangi hayot bahshida e’tadi,qaysiki u hayotda siz ku’p vaqtingizni qayta yodlash uchun sarflamaysiz,bu yu’l orqali siz yoki yodlagan yoki yodlamagn kishidan biriga aylanasiz,3-yu’l yu’q.E’sdan chiqarib yana yodlab vaqtingizni sarflamasdan butun umringiz davomida uni unutmay saqlab yurasiz.Siz bir necha soatingizni sarflab butun umringizni sarflashdan qutulasiz.Inson boshida qattiq-yahshi-mustahkam yodlasa albatta u zehnida sobit-umrbot qoladi. 3-Yodlagan sahifangizni ohirida kitobga qaragan holda u’qing,bir necha vaqt u’tgandan keyin,uni e’singizdan chiqarmaganingizni aniqlash uchun. Shu joyda bir bu’lib u’tgan voqeani keltiramiz,bir olim uzining kampir chu’risi oldida bir hadisni yodlash uchun qayta-qayta takrorlayveribdi.Shunchalik ku’p takrorlaganidan ohiri kampir bu’ldi hali ham yodlolmadingmi,men kampir bu’lib yodlab oldimku,debdi.Olim undan yodlaganini haqiqatmi yu’qmi bilish uchun yodlab berishini talab qilibdi,shunda kampir haqiqatdan ham yodlab olganini tu’liq hatosiz aytib beribdi.olim tabassum qilganicha tasanno aytibdi,bir necha hafta u’tganidan keyin kampirdan u’sha yodlagan narsasini qayta aytib berishini su’rasa,kampir:Eee,allaqachon esimdan chiqib ketgan,deb aytib berolmabdi,shunda olim hali esidan chiqarmaganini aytib yodlab beribdi va ku’dingmi nima uchun ku’p takrorlaganimni sirini deb aytibdi. 4-U’zingizni qiynamasdan yodlash uchun mu’ljallangan qismni mayda bu’laklarga bu’lib chiqing..bu sizga yodlashda yordam beradi..misol uchun:100marta u’qib keyin dam oling,su’ng yana qaytadan u’qing,300marta bu’lguncha shunday qiling. 5-Ikkinchi kunida huddi avvalgi kunidek takrorlab qaytarishda davom e’ting.Tugatganingizdan keyin dam oling. 6-Ikkinchi kunida kamida 500martani tugatganingizdan keyin ozgina dam olib,su’ng yana 150 marta uni qaytadan yoddan u’qing. 7-Uchunchi kuni yangi sahifani yodlashga u’tib,yana birinchi kuni yodlangan qismni 50-75marta qaytaring. 8-Tu’rtinchi kuni oldingi kunlardagidek takrorlanadi,lekin 1-kun yodlaganlarini kamroq u’qiydi,10martagacha takrorlasa kifoya. Sizga bu uslub juda qiyin va mashaqqatlik ku’rinishi mumkin,lekin asta-sekinlik bilan siz bunga e’rishsangiz keyinchalik qayta yodlashga muhtoj bu’lmaysiz.Bu yodlaganlaringiz huddi zehningizga u’yib naqsh solingandek yozilib qoladi.Bu yu’lda 5martaga etguncha takrorlashni maslahat qilamiz,yodlaganlaringiz keyingi yodlaganlaringizga muttasil bog’lanishi uchun. Mavritaniyaliklarda yodlangan narsani mustahkamlash asosiy ish hisoblanadi.Oddiy u’rtacha yodlagan tolibning yodlagandan su’ng qaytarishi sahifaning qanchaligiga qarab 100 martadan 1000martagacha boradi..U yodlagan narsasini baland ovoz bilan tongda nomozdan su’ng u’qiydi,va peshingi nomozdan su’ng qaytaradi,su’ngra shom namozidan keyin u’qiydi,keyingi kuni yangi darsni yodlashdan oldin e’ski darsini takrorlashdan boshlaydi,uni ustoziga topshirganidan su’ng keyingi darsga u’tadi.Shu tarzda har bir darsni yodlab chiqadilar,hafta ohirida ular butun haftada yodlaganlarini qaytaradilar,toki qasd qilgan narsalarini yodlab bu’lguncha shu holatda davom e’tadilar.Tugatganlaridan su’ng boshqa kitobni yodlashga u’tadilar.Avvalgi yodlagan kitoblarini har haftada ohirida yod bubketguncha takrorlaydilar,boshqa kitobni yodlash mobaynida ham.Ularning talabalari orasida haftalik takrorlash katta matnlar uchun,va oylik takrorlash qisqa matnlar uchun (Ibni Molikning sarf kitobi,Bayquniyya,Rohabiyya=meros ilmi haqida,Bulug’ul marom va boshqa kitoblar) qismlangan.Ular orasida sahar paytida uhlab yotgan tolibni topmaysiz. Shayh Mahmud bin Muhammad Al-Muhtor Ash-Shanqitiy aytadilar: agarda bizlargan bir narsani yodlash qiyinchilik tug’dirsa bir tong sahar paytini kutardik,Alloh bizga u’sha paytda oson qilib qu’yardi,sahar paytining muborak lahzalar e’kanligiga shubha yu’q albatta.Chunki bu vaqt ilohiy hadyalar beriladigan paytdir.Bu payt payg’ambarimiz vasiyat qilganlaridek Allohning oldiga sayr qilinadigan vaqtdir.Imom Buhoriyning sahihlarida payg’ambarimizdan keltirilgan hadisda aytilishicha:”E’rta tongda va kech kirganda va tunning ohirgi bu’lagida Allohdan yordam su’ranglar” deyiladi.Tunning bir bu’lagini bu sahar paytidir ya’ni Bobdod namozidan 1soatcha oldin,deb ulamolar aytishgan,chunki bu ummatning sahar paytiga baraka berilgan. Yodlashning boshqa uslublari ku’p,ular haqida keyingi maqolalarimizda keltiramiz…
|