Воскресенье, 24.11.2024, 19:25Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Март 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2013 » Март » 2 » Sabr
14:47
Sabr
Ey mo‘minlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘lingiz» (Oli-Imron surasi, 200-oyat);

«Va albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Bas, sabr qiluvchilarga xushxabar bergin» (Baqara surasi, 155-oyat);

«Hech shak-shubha yo‘qki, sabr toqat qiluvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur» (Zumar surasi, 10-oyat);

«Albatta kim (o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) sabr qilsa va (intiqom olmay, Alloh uchun) kechirib yuborsa, shak-shubhasiz, bu ish ishlarning maqsadga muvofig‘idir» (Sho‘ro surasi, 43-oyat);

«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153-oyat);

«Albatta Biz to sizlarning orangizdagi (Bizning yo‘limizda molu jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi-yomon kunlarda) sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha sizlarni imtihon qilurmiz», (Muhammad surasi, 31-oyat), deb aytgan.



1. Abu Molik Horis ibn Osim al-Ash’ariydan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Poklik iymonning yarmidir. «Alhamdulillah» tarozuni to‘ldiradi. «Subhonallohi valhamdulillah» yer bilan osmon o‘rtasini to‘ldiradi. Namoz nurdir. Sadaqa hujjatdir. Sabr ziyodir. Qur’on sening foydangga yoki zararingga hujjatdir. Har kimsa tong ottirib nafsini savdo qiladi. Bu bilan uni ozod qiladi yoki halok qiladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

2. Abu Said Sa’d ibn Molik ibn Sinon al-Xudriydan rivoyat qilinadi. Ansoriylardan bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (narsalar) so‘rashdi. Rasululloh sh ularga (so‘ragan narsalarini) berdilar. Keyin yana so‘rashdi. Ularga (so‘ragan narsalarini) berdilar. Hatto huzurlaridagi bor narsa tugadi. Va: «Biror yaxshi narsa bo‘lsa, men sizlardan darig‘ tutmayman. Kimki (tama’dan yiroq bo‘lib) o‘zini iffatli tutsa, Alloh uni ofiyatda qiladi. Kimki o‘zini hojatsiz qilsa, Alloh uni behojat qilib qo‘yadi. Kimki bardoshli bo‘lsa, Alloh uni haqiqiy sabrli qilib qo‘yadi. Biror kishiga sabrdan ko‘ra ulug‘ va yaxshi narsa berilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


3. Abu Yahyo Suhayb ibn Sinondan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Mo‘minning ishi ajablanarli, hayratomuzdir. Hamma ishi unga yaxshilik keltiraveradi. Bu mo‘minlarga xos bo‘lib, ulardan boshqalarda unday emas. Agar unga xursand qiluvchi narsa yetsa, shukr qiladi. Bu u uchun yaxshidir. Agar zarar beruvchi narsa yetsa, sabr qiladi. Bu ham uning uchun yaxshi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.


4. Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘lim talvasasidagi og‘riqlari kuchayganida Fotima raziyallohu anhu: «Voy, otamni aziyat chulg‘ayapti», dedilar. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu kundan keyin otangga g‘am, aziyat yo‘qdir», dedilar. Qachonki, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam vafot etganlarida Fotima raziyallohu anhu: «Ey otajon! Parvardigor chaqirig‘iga labbay, dedingiz. Ey otajon! Firdavs jannati borar joyingizdir. Ey otajon! Jabroil alayhissalomga sizning o‘limingiz xabarini berurmiz», dedilar. U zot dafn qilinganlaridan keyin Fotima raziyallohu anhu: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam ustilaridan tuproq sochib ham nafslaringiz xushnud bo‘laverdi-ya», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.


5. Abu Zayd Usama ibn Zayd ibn Horisadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. (Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xodimlari va sevimli kishilaridir.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari otalari huzurlariga (bir odamni) yuborib: «O’g‘lim o‘lim to‘shagida yotibdi. Bizning oldimizga keling», dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qizlariga salom yo‘llab: «Albatta olish ham, berish ham Alloh uchundir. Har bir narsaning Uning huzurida belgilangan vaqti bordir. (Qizim) sabr qilsin va savobini umid qilib tursin», dedilar. Qizlari yana odam jo‘natib, u zot kelishlarini ont ichib so‘radilar. Rasululloh oxiri o‘rinlaridan turdilar. U zot bilan birga Sa’d ibn Uboda, Muoz ibn Jabal, Ubay ibn Ka’b, Zayd ibn Sobit va yana bir qancha kishilar bor edi. Haligi go‘dak Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatildi. U zot go‘dakni quchoqlariga oldilar. Go‘dak esa o‘lim talvasasida edi. Buni ko‘rib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Allohning rasuli, bu nima? (Ya’ni, yig‘lashdan qaytarar edingiz-ku!)» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu Allohning rahmati bo‘lib, uni bandalarining qalblarida paydo qilgandir», dedilar.

Boshqa rivoyatlarida: «Bandalaridan xohlagan kishisining qalbida buni paydo qiladi. Albatta, Alloh rahmli bandalariga rahm qiladi», deb aytilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


6.Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam qabr oldida yig‘layotgan bir ayolni ko‘rib: «Allohdan qo‘rq va sabr qil», dedilar. Shunda u ayol: «Nari tur, chunki senga mendagi musibat yetmagandir va uni bilmaysan ham», dedi. Shunda u ayolga: «Bu kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar», deb aytildi. U ayol Rasululloh sollalohu alayhi vasallam darvozalariga keldi. Lekin u zot huzurlarida darvozabonlarini topmadi. Ayol: «Sizni tanimabman (Ey Rasululloh)», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Haqiqiy sabr avvalgi zarba paytdagisidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Mo‘min bandalarimdan birortasining dunyo ahlidan bo‘lgan sevimli kishisini olib qo‘ysam, so‘ngra savob umidida sabr qilsa, uni faqat jannat bilan taqdirlayman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari.

8.Oishadan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Oisha onamiz Rasulullohdan sh o‘lat (vabo) haqida so‘raganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Bu avval azob edi. Alloh uni xohlagan kishilariga yuborar edi. Endi uni mo‘minlarga rahmat qildi. Biror banda o‘lat bor yerda bo‘lib qolsa va o‘sha shaharda savob umidida sabr qilib, Alloh yozib-bitib qo‘ygan musibatdan boshqa narsa yetmasligini bilsa, u bandaga shahidning ajri mislicha savob beriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

9.Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasulullohning sh quyidagilarni aytganlarini eshitdim: «Alloh azza va jalla: «Agar biror bandamning ikki ko‘zini shikastlasam, u banda bunga sabr qilsa, Men evaziga jannat bilan taqdirlayman», dedi». Imom Buxoriy rivoyatlari.

10.Ato ibn Abu Rabohdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Senga jannat ahlidan bo‘lgan bir ayolni ko‘rsataymi?» dedilar. Men: «Ha», dedim. Ibn Abbos raziyallohu anhu: «U qora xotin bo‘lib, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga keldi va: «Mening tutqanoq tutadigan kasalim bor. O’sha kasalim kelsa, badanim ochilib qoladi. Allohdan (ketkazishini so‘rab) menga duo qiling», dedi. Shunda u zot: «Agar sabr qilishni xohlasang, senga jannat bo‘ladi. Bo‘lmasa, duo qilaman, shifo beradi», dedilar. U ayol: «Sabr qilaman, lekin tanam ochilib qolmasligi xususida Allohga duo qiling», deganida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam duo qildilar», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


11.Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Men go‘yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarab turgandekman, u zot quyidagicha hikoya qilayotgandilar: «Payg‘ambarlardan birlarini (ularga Allohning duo va salomlari bo‘lsin) qavmi urib qonga belab qo‘yishdi. U payg‘ambar yuzlaridan qonni artib: «Allohim, qavmimni mag‘firat qilgin, chunki ular bilmaydilar», deb aytardilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


12.Abu Said va Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Biror musulmon kishiga zahmat, bemorlik, tashvish, xafalik, aziyat, g‘am yetib, hatto bir tikan sanchilsa ham, Alloh uning xatolarini o‘sha sababli o‘chiradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

13...Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, u zot isitmalab yotgan ekanlar. Men: «Ey Allohning rasuli, siz qattiq isitmalayapsiz-a?» desam, u zot: «Ha, men sizlardan ikki kishi isitmalagani kabi isitma bo‘laman», dedilar. «Unda sizga ikki ajr bo‘ladimi?» desam, «Ha, shu singari biror musulmonga aziyat yetsa, tikonmi yoki undan kattarog‘i azob bersa, u bilan yomonliklari o‘chirilib, gunohlari xuddi daraxt bargidek to‘kilib ketadi», dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


14...Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh kimga yaxshilikni xohlasa, uni biror musibatga mubtalo qiladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.


15.... Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringizga zarar yetganida o‘limni orzu qilmasin. Agar orzu qilisollalohu alayhi vasallam chorasiz bo‘lib qolsa, «Allohim, hayot men uchun xayrli bo‘lsa, tirik qo‘y. Agar o‘lim xayrli bo‘lsa, jonimni ol», deb aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


17. Abu Abdulloh Xabbob ibn Aratdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam Ka’ba soyasi ostida kiyimlariga o‘ralib, suyanib yotganlarida, biz shikoyat qilib: «Bizga nusrat so‘rab duo qilmaysizmi?», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan oldingi ummatlarni ushlab, yerda chuqur qazib, unga tashlab, keyin arra keltirilib, ularning boshiga tortib yuborilardi va u ikkiga bo‘linib ketardi. Hamda temir taroq bilan taralganida suyagigacha yetib qolardi. Mana shu azoblar ularni dindan to‘sib qo‘ymas edi. Alloh taolo bu ishni shu darajada kamolotga yetkazadiki, bir otliq kishi Sano shahridan Xazramavtgacha xavfsiz yuraveradi. Bunda faqat Allohdan va qo‘ylarini bo‘ri yeb ketishidangina qo‘rqadi. Lekin sizlar shoshqaloqlik qilyapsizlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Mushriklardan aziyat yetganida biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqdik. U zot kiyimlariga burkalib suyanib yotardilar», deb keltirilgan.


18. Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. «Hunayn kuni Rasululloh sollalohu alayhi vasallam o‘ljalarni taqsimlashda ba’zi kishilarga ko‘proq ulusollalohu alayhi vasallam ajratdilar. Aqra’ ibn Hobisga yuzta tuya, Uyayna ibn Hisnga ham shu miqdorda berdilar. Hamda arablarning ulug‘lariga ham ana shu kungi taqsimda ko‘proq o‘lja berdilar. Shunda bir kishi: «Allohga qasamki, bu taqsimotda adolat qilinmadi va Allohning roziligi iroda qilinmadi», deb aytdi. Men: «Allohga qasamki, buni Rasulullohga yetkazaman», deb u zotga bu narsalarning xabarini berdim. U zotning yuzlari o‘zgarib, qizilga o‘xshab ketdi. So‘ngra: «Agar Alloh va rasuli adolat qilmasa, boshqa kim adolat qiladi?» dedilar. Keyin: «Alloh Muso alayhissalomni rahmatiga olsin, bundan ham ko‘p aziyat yetkazilganda sabr qilgandilar», dedilar. Men esa qaytib bundan keyin Rasulullohga sollalohu alayhi vasallam gap tashimayman, dedim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.


19....Abu Hurayradan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min kishi va mo‘mina ayolga nafsi, farzandi va moliga musibat yetib turadi. Hattoki, ularning bundan gunohlari qolmasdan Alloh taologa yo‘liqishadi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.

  ....20..Ibn Mas’uddan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam«Mendan keyin xudbin va inkor qilinadigan noshar’iy ishlarni ko‘rasizlar!» deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ana shu kun kelsa, bizni nima qilishga buyurasiz?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Ustingizda bo‘lgan haqlarni ado etinglar. Va o‘z haqlaringizni Allohdan talab qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

21......Abu Yahyo Usayd ibn Huzayrdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Ansoriylardan bo‘lgan bir kishi: «Ey Allohning rasuli, falon kishini boshliq qilganingiz kabi meni ham boshliq qilib tayinlang», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Sizlar mendan keyin xudbinliklarga yo‘liqasizlar. Havz (kavsar)da menga duch kelguningizcha sabr qilinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Muoz ibn Anasdan roziyallohu anhu rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bajarishga qodir bo‘la turib g‘azabini yutsa, Alloh taolo Qiyomat kuni butun xaloyiqni boshiga chaqirib, qora ko‘zli hurlardan xohlaganini olishga ixtiyor beradi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.


Категория: Aqoid ilmlari | Просмотров: 1195 | Добавил: ÂţÎřGůL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |