Воскресенье, 24.11.2024, 19:22 | Главная | Регистрация | Вход |
Izoh FaollariАссалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти. ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз
|
Главная » 2013 » Февраль » 2 » Shayton hiylalari
|
Rosululloh S.A.W. javob berdilar:
-"Yo'q uni o'ldirma u bu yerga kelishi uchun Allohdan buyruq olgan",- dedilar. Sahobalar eshikni ochishdi. La'in uyga kirdi. Rosululloh.S.A.W. bilan uni o'rtasida savol javob boshlandi. Rosululloh S.A.W. savol berardilar shayton esa javob berardi.
- Allohni mahluqlari ichida yomon ko'rganing kim? - Siz ey, Muhammad S.A.W - Mendan keyin kimni yomon ko'rasan? - Taqvodor yosh mo'minni. - Yana kimni yomon ko'rasan? - Shubhali ishlardan uzoq bo'lgan olimni. - Keyin-chi? - Kambag'alligidan hech kimga shikoyat qilmaydigan faqirni. - Keyin-chi? - Shukr qiluvchi boyni. - Mening ummatim namozga turganida holing ne kechadi - Yo, Muhammad meni istima tutadi va titrayman. - Ro'za tutgan vaqtida nima qilasan? - U vaqtda men bog'lanaman. - Haj qilganlarida holing ne kechadi? - U zamon aqldan ozaman. - Qur'on o'qiganlaridachi? - U vaqtda men olovda eriyman. - Sadaqa berganlaridachi? - Sadaqa beruvchi qo'l meni arra bilan ikkiga bo'ladi. - Abu Bakr haqida nima deysan? - U menga johiliyatda ham itoat qilmagan, islomdaligida menga qanday itoat qilsin. - Umar ibn Hattob haqidachi? - Allohga qasamki, qaerda uni ko'rsam undan qochaman. - Usmon ibn Affon haqida-chi? - Undan juda uyalaman. Undan farishtalar ham uyalishadi - Ali haqida-chi? - Oh, uning qo'lidan qutulolsam, menku uni holi qo'yaman, lekin u meni holi qo'ymadi. Rosululloh.S.A.W.ning savollari tugaganidan so'ng shaytonga qarab dedilar:" Ey, la'in ummatimga saodat ehson qil, seni to qiyomatgacha buzg'unchi qilgan Allohga hamd bo'lsin.
Iblis hitob qildi:" Hayhot, ummatingizni saodati qani, men tirik ekanman sizning ko'nglingiz qanday qilib ummatingizdan to'q bo'lsin? Men ularning qon yo'llariga kiraman, etlariga singib ketaman. Allohga qasamki men ularni barchasini yo'ldan ozdiraman. Ularni hech biri mendan qutulolmaydi. Faqat ALLOHni holis qullarinigina yo'ldan ozdirolmayman. Bu holis qullar mol-dunyoni, maqtalishni va madh etilishni sevmaydilar. Shundan uning ihlos sohibi ekanini bilaman va uni tashlab qochaman. Kimki mol dunyoni, maqtalishni sevsa, qalbi dunyo orzulari ila to'lib toshsa va unga bog'lanib qolsa menga ko'p itoat qiluvchilardan bo'ladi.
Bilmaysizmi, ey Muhammad, mol sevgisi gunohlarni kattasidir. Bosh bo'lish o'zini katta tutish sevgisi esa katta gunohlarni eng kattasidir. Bilmaysizmi meni yetmish ming bolam bor, har bir bolam bilan yana yetmish ming shayton bor. Ularni bir qismini mashoyihlarga, bir qismini keksa hotinlarga, bir qismini yoshlarga va bolalarga yana bir qismini obidlarga bir qismini zohidlarga yuborganman. Shayton ularni qo'yniga kirib ularni har kuyga soladi. Shunday qilib ularni ihlosini olaman. Bunday holga tushsalar ibodatlarini ihlossiz qiladilar, lekin bu holatlarini o'zlari bilmaydilar. Bilmaysizmi, Rohib Barsisani yo'ldan ozdirganimni.U yetmish yil Allohga ibodat qildi,bu ibodatlari natijasida har duo qilganida kasallar shifo topardi. Uning orqasiga tushdim hech holiga qo'ymadim, oqibatda zino qildi, qotil bo'ldi, ohiri kufrga ketdi.Shayton keyin ba'zi yomon fe'llar haqida so'z boshlab,ulardan qanday qilib foydalanishini gapira ketdi.
|
Категория: Aqoid ilmlari |
Просмотров: 1308 |
Добавил: ÂţÎřGůL
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
| |