Taqvo | Дата: Суббота, 05.01.2013, 13:11 | Сообщение # 1 |
Олтин тож сохиби
Группа: Sayt boshqaruvchisi
Сообщений: 136
Статус: O'chig
| Bir rivoyatda, “Bir guruh yahudiy dindorlari kelib, Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan imtihon uchun Zulqarnayn va ruh mavzulariga doir bir necha savol so’rashgan. Payg’ambarimiz (s.a.v.) inshaAlloh demasdan “Sizlarga bu haqda ertaga javob beraman” degan ekanlar. Robbimiz o’z Rasulini xushyorlikka chaqirib vahiyni 12 kun kechiktiribdi. Bundan foydalangan mushriklar Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga turli hil tuxmatlar, safsatalar bilan ozor bera boshlagan paytda Kahf surasining 23-24-oyatlari nozil bo’libdi.
Biror narsa haqida: "Men, albatta, ertaga shuni qiluvchiman", deya ko'rmang! (Kahf, 23)
Demak, har qanday sharoitda, biron bir voqelikni amalga oshishida ojiz bandaning azm va irodasi yetmas ekan. Har ishga qodir Allohni hech bir zamon unutmasligimiz lozim. Qilmoqchi bo’lgan ishimizdan, faoliyatimizdan oldin “inshaAlloh”ni aytishni o’zimizga dastur qilsak, hayrli ishlarimizda Alloh madadkorimiz bo’lishiga imkoniyat yaratgan bo’lamiz. InshaAllohni unutgan taqdirda esa, Alloh istig’for aytishimizni, Uni zikr etishimizni buyurgandir.
"InshaAlloh, (Alloh xohlasa)" (deng. Bu so'zni) unutgan vaqtingizda (yodingizga kelishi bilan) Robbingizni zikr qiling (ya'ni, "inshaAlloh", deng) va: "Shoyad Robbim meni bundan ham yaqinroq To'g'ri yo'lga hidoyat etsa",deng! (Kahf, 24)
Modomiki Alloh bizga “inshaAlloh” deyishimizni buyurgan ekan, bu sehrli kalimani nafaqat o’zimiz uchun, balki atrofimizdaki yaqinlarimiz uchun ham dastur bo’lishiga sababchi bo’laylik.
|
|
| |