Понедельник, 25.11.2024, 00:32Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Alloh Ta'alo huzurida eng katta gunoh nima?
Javob berildi: 194

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Каталог файлов
Главная » Файлы » Viktorina » Islomiy mantiqiy savolla

Islomiy mantiqiy savollar (tanlov uchun)
21.12.2012, 21:25

Islom tarix
Islom tarix 1: Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a. Islom tarixi
2 Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a 3.Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
Javob: Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi. 4" Tavrot"va "Injil"da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o'g'li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg'ambar kim?
Javob: Shis (Sif) payg'ambar. 5.Ma'lumki payg'ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. 6."Isroil" so'zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?
Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi "Isroil" (Allohning quli) edi. Yoqub a.s.ning 12 o'g'lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan. 7.Ma'lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg'ambarimiz ham dastlab da'vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka'batulloh atrofi turli butlar bilan to'lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig'inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so'z ochishning o'zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda "La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh"ni oshkora aytgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Zarr G'iforiy r.a 8. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning "Injil"dagi ismlari?
Javob: Forqilit (Fraklit). 9.Rasululloh umrlari bo'yi qilgan g'azotlarida faqat bir kishini o'z qo'llari bilan o'ldirganlar. O'sha kishi kim edi ?
Javob: Ubay ibn Xalaf 10. Payg'ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
Javob: Suroqa ibn Molik. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo'l ko'rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug'ingga bo'ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo'yadilar. 11.Handaq g'azoti musulmonlar uchun g'alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma'lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo'lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
Javob: Salmon Forsiy r.a 12.Ma'lumki yahudiylardan juda ko'p payg'ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg'ambarning ham o'zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg'ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg'ambarni sanang.
Xint: Ulardan birining o'zi va tili ibroniy bo'lsa-da, keyinchalik u arablardan xotin olib, arabchani to'liq o'zlashtirgani uchun o'zi va avlodlari "musta'riba" (asli arab bo'lmay, arablikni qabul qilgan) bo'lgan.
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v 13.Arablarda insonni o'z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma'nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo'lgan?
Javob: Abu Hurayraning ma'nosi "Mushukchaning otasi" demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg'ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar 14. Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a. 15.Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a. - 16.Qur'oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Horisa r.a 17Dunyoning yetti mo'jizasini sanang
Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog'lari. 3.Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi. 18.Ma'lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o'qib bo'lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
Javob: Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi 19.Ka'batullohda Qur'oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas'ud r.a. 20.Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur'oni karimda zikr etilgan payg'ambarlarga o'xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg'ambarga o'xshatganlar va nima uchun?
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho'rtkesarligi uchun o'xshatganlar. 21.Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? ("Ash'arai mubashshara")
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh. 22.Har bir musulmon bilishi shart bo'lgan savol: Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
Javob: Muhammad ibn Abdulloh - Abdulloh ibn Abdulmutallib - Abdulmutallib ibn Hoshim - Hoshim ibn Abdumannof - Abdumannof ibn Qusay - Qusay ibn Murra - ... - Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom. 23.Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o'g'illari bor? Ularni sanang.
Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh. 24. Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda qaysi payg'ambarlar bilan uchrashadilar?
Javob: 1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom. 25 .Hozirgi O'zbekiston Musulmonlar Idorasi qaysi madrasada joylashgan?
Javob: Baroqxon madrasasi. 26.Horun ar-Rashidning o'g'li, ilm-fan xomiysi bo'lgan xalifa kim edi?
Javob: Ma'mun Abul-Abbos. 27.Abbosiylarning eng odil halifalaridan biri Horun ar-Rashid qaysi shaharda tug'ilgan? Bu shahar hozirda qaysi davlatga qarashli?
Javob: Ray shahri, Eron 28.Butun Islom olamida mashhur bo’lgan Al-Marg’inoniy tomonidan 1178 yilda Samarqandda yozilgan asar nomi?
Javob: "Al-Hidoya". 29Hadicha raziyallohu anhuning oldingi erlaridan qolgan farzandlari kim edi?
Javob: Hola. 30.Islom dushmani - Abu Jahlning asl ismi nima edi?
Javob: Amr ibn Hishom. 31.Xalifa Usmon ibn Affon Qur'oni karimni 7 nusxa ko'chirib qaysi yurtlarga yuborgandilar?
Javob: Makka, Shom, Yaman, Bahrayn, Basra, Kufaga, bir nusxasi Madinada qolgan. 32.Abu Bakr Siddiqning Qur'on mushaflarini jamlashda bosh bo'lgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning kotiblari kim edi?
Javob: Zayd ibn Sobit. 33.Qur'oni karimning dastlabki tushirilgan oyatlari necha kalimadan iborat edi?
Javob: 18 kalimadan iborat edi ("Alaq" surasi, 1-5 oyatlar) 34.Qur'oni karimda nechta payg'ambarning nomlari kelgan?
Javob: Muqaddas Qur'oni Karimda 25 ta payg'ambarlarning ismlari kelgan. Bular: Odam, Idris, Ibrohim, Ismoil, Isxoq, Nuh, Hud, Shuayb, Solih, Lut, Yoqub, Yusuf, Yunus, Ilyos, Alyasa,Zulkifl, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Muso, Horun, Iyso va Muhammad alayhis salamlardir 35(Kunlarning birida Misr mamlakatining) shohi: «Men tushimda yettita oriq sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga boshqa qurigan (etti boshoq) ni ko‘rdim. A’yonlarim, agar tushlarning tabirini ayta oluvchi bo‘lsangizlar, bu tushimning ta’birini (menga) aytinglar-chi», dedi. (Yusuf surasidan)
Ushbu tushga ta'rifni hech kim topa olmadi. Keyin Yusuf alayhissalomga murojaat qilishdi. Hazrat Yusuf tushni qanday ta'rif qildilar?
Javob: (Yusuf dedi):" Sizlar paydar-pay yetti yil don ekinglar. Keyin o'rib olgan hosilingizni o'z boshog'ida qoldiringlar, magar yeydigan ozgina ozuqalaringizni yanchib olinglar. So'ngra o'sha serhosil yetti yildan keyin yetti yil qahatchilik bo'lib, ular uchun tayyorlab-asrab qo'ygan bor hosilingizni yeb ketar. Magar ozgina urug'lik uchun asrab qo'ygan donlaringizgina qolur. (Yusuf surasi, 36.Yusuf qissasidagi Misr shohi kim edi?
Javob: Rayyon binni Valid. 37Qur'oni karimning eng o'rtasidagi so'z qaysi? U qaysi surada?
Javob: "Kahf" surasi, 19-oyatdagi "valyatalattaf" kalimasi. 38Yusuf surasida ishtirok etgan shaxslarning soni nechta? Surada nechta xislat ta'riflangan?
Javob: 19 ta. Mubashshir 39.Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish». (Yusuf surasidan)
Savol: Yusuf alayhissalom ushbu tushni ko'rganda necha yoshda edilar?
Javob: 12 yoshda. Mubashshir 40.Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi. 41.Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir. 42.Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?
Javob: "Tavba" surasi 43.Qur'oni karimdagi "bismilloh"siz boshlanuvchi yagona sura qaysi?
Javob: "Tavba" surasi. 44.Qur'oni karimdagi eng uzun oyat qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng uzun oyat "Baqara" surasining 282-oyatidir. 45Qur'oni karimning oxirgi oyati qaysi?
Javob: Qur'oni karimdagi eng oxirgi kalomi "Baqara" surasining 281-oyatidir:
Va (barchangiz) Allohga qaytariladigan kundan qo‘rqingiz! So‘ngra har bir jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi


Категория: Islomiy mantiqiy savolla | Добавил: Taqvo
Просмотров: 5158 | Загрузок: 0 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
1 mamura   (13.07.2013 18:08) [Материал]
assalamu alaykum roxmatulloxi va barokatux

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |