Qalbi oppoq ro'molidan ham, muslimalar sizga assalom! Namozida ko'zlarida nam, muhsinalar sizga assalom! Yuzingizda ko'rmadim pardoz, sohta chiroy kerakmas sizga, siz kabilar afsus juda oz, Balkim shunday tuyular bizga. Hayo ko'rdim yuzlaringizda, nomahramga boqmas ko'zlariz, doim Alloh dillaringizda, ma'nolidir har bir so'zlariz. Tashlagaysiz ohista qadam, hotirjamlik, sakiynat bilan. Ta'rifizga ojizdir qalam, mingta she'rni yozganim bilan. Taqvo hissi qalbda limmo-lim, yashagaysiz jannatni ko'zlab. Sabr bilan olasiz ilm, yurmagaysiz behuda so'zlab!... Jannatiy onalar izidan boring, aldamchi yo'llarga qilmasdan parvo. Nomai amolni o'ng yondan oling, sizga hamroh bo'lsin, iymonla taqvo! Qizingiz o'xshasin Oishalarga, Aliydek mard o'g'lon bo'lsin o'g'lingiz. O'zingiz islomiy oilalarga, du'ogo'y mehribon ona bo'lingiz!
|