*** Biz yo‘lda uchrashdik Azon eshitildi.
-Yur, jome’ga – dedim. – Bugun jum’a!
-Masjidga bormasligimni bilasan-ku, - dedi.
-Bilaman-u, ammo qachongacha bormaysan?!
-Nima desam ekan, ruhim to‘g‘ri kelmaydi. Hali tayyor emasman. Qolaversa,
shimimning tizzalari titilib, dazmoli buzilishidan ham qo‘rqaman... arzimaydi... Kulgim qistadi.
-Hazillashyapsanmi?
-Hazil-pazili yo‘q. Oq kiyimni yaxshi ko‘rishimni, dog‘ tushirmasligimni bilasan-ku!
Haqiqatan ham, shunday edi. U ko‘pincha oq kiyim kiyardi. Kiyimlari doim
dazmollangan, toza, ozoda edi...
Oradan ikki oy o‘tib, bexos, uning jome’ masjidida ekanligini eshitib qoldim. Yugurdim. Jome’dagi nomoz saflarining eng oldida edi.
Sekin-asta oldiga yaqinlashib past ovozda:
-Qani, og‘ayni, senga nima bo‘ldi? Masjidga bormayman demaganmiding? – deb
so‘radim.
Undan sado chiqmadi. Chunki boshdan oyoq oppoq kafanga o‘rangancha
tobutda yotar, uning uchun janoza namozlarini o‘qishlarini kutar edi. Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: "Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: "Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir. Hadisi sharifdan.
***
Kunlarning birida ilim o'rganayotgan odam bir kun qarasa ilim o'rganolmay qolibdi. Bir narsani ko'p marotaba takrorlabxam yodlay olmapti. Xayron bo'lib ustozidan so'rapti ustoz bugun menda manabu xolat deb vaziyatni tuwuntirsa, ustozi so'rapti bugun ilim maskaniga keliwdan oldin nima iwlar qiludiz deb so'rasa : yigit aytibdi bugun keliwimdan oldin bir ayolni tovoni ochilib qolgan ekan wunga ko'zim tuwub qoludi deb javob beribdi. Do'stla bu yogi sizlarga tuwunarli deb umid qilaman. Xozir ayollarni tovoni tugul ko'zimiz bowqa joylariga tuwib qolyapti. Aqli zayfimiz ketsa qiyomatgacha qaytmaydi bu aqlimiz. Bir o'ylab ko'rilar qancha aqlimizni yo'qotganimizi.....
***
Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada ayon bo‘ladi: tilida - ya’ni, tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, ortiqcha so‘zlardan tiyadi, Allohning zikri, Qur’on tilovati, ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul qiladi; qornida -ya’ni, faqat halol narsani va hojati miqdoricha yeydi; ko‘zida - ya’ni, haromga boqmaydi, dunyoga rag‘bat nazari bilan emas, ibrat nazari ila qaraydi; qo‘lida - ya’ni, uni haromga cho‘zmaydi, Alloh toatidagi ishlarga uzatadi; oyog‘ida - ya’ni, Alloh gunoh, degan ishlarga yurmaydi; qalbida -ya’ni, undan birodariga dushmanlik, g‘azab, hasad kabi illatlarni chiqarib tashlaydi va musulmonlarga nisbatan mehr-shafqat uyg‘otadi; toatda -ya’ni, toati Alloh yo‘lida xolis bo‘ladi, riyo va nifoqdan saqlanadi. Abu Lays Samarqandiy
***
Bir kuni bir odam ko'chada non yeb tursa bir qarg'a uchib kelib qo'lidagi nonni olib qochibdi. Xaligi odamni g'azabi kelib xaligi qarg'ani quvlabdi, toglar oshib bir saxroga boribdi. Qarasa xaligi qarg'a qo'llari, oyoqlari bog'langan bir odamni oldiga nonni qo'yib ketibdi. Xaligi odam qo'llari bog'langan kishini oldiga borsa u odamni karvonini tunab wu xolatga tashlab ketgan ekan. Xulosa qareylar ollox o'wa odamgaxam risqini berib qo'yyapti. Risqimizni faqat ollox beradi. Ollox bir risq eshigini berkitdimi, albatta ikkinchi risq eshigini ochib qo'yadi. Olloxga xamdu sanolar bo'lsin.
***
MUSLIMA QIZDAN SO'rawadi pardozingni siri nimada...? MUSLIMA QIZ AYTADI- labimning go'zaligi faqat rostgoylik KOZLARIMNING CHAROG'onligi QU'RONU KARIM OQIW UCHUN QALBIMNING GOZALIGI ALLOHGA BOLGAN MUXABATIM UCHUN MANI BORLIGIM ESA ALLOHIM YARATGAN YAGONA YORIM UCHUN DUR INSHAALLOX....
***
Ibn Abbosdan, roziyallohu anhu, aytdilar; «Bir kuni Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, chiqib dedilar: — Menga barcha ummatlar ko‘rsatildi. Bir payg‘ambar bir kishi bilan, yana bir payg‘ambar ikki kishi bilan, yana bir pay-g‘ambar bir to‘p kishilar bilan, yana bir payg‘ambar yolg‘iz o‘zi, hech bir hamrohi yo‘q holda o‘tdilar. So‘ng juda ko‘p olomonni ko‘rdim, ular ko‘pligidan uzoq-uzoq ufqlarni ham to‘sganlar, umid qildimki, shular mening ummatim bo‘lsalar. Shunda: bular Muso, alayhissalom, qavmlari bilan kelyaptilar, deyildi. So‘ng menga, qaragin, deyildi. Qarasam, uzoqdan qoralikni ko‘rdim. Ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pligidan ufqni ham to‘sib qo‘yishgan edi. Keyin menga yana aytildi: "Hov, anavilarga, hov anavilarga kara!” Ko‘rsam, son- sanoqsiz insonlar, ular shuncha ko‘pki, yeru osmonni to‘ldirib yubordilar. Shunda menga: «Bular sening ummating», deyildi. Bularning oldilarida yetmish ming nafar jannatga hisob-kitobsiz kiradiganlar kelmoqda. Ular hodisalardan shumlanmaganlar, folbinu sexrgarlarga bormaganlar, o‘zlarini o‘tda kuydirib davolamaganlar, faqat o‘z Robbisiga tavakkul qilgan kishilardir, — deyildi. Shunda Ukkosha ibn Mixsan turib: — Yo Rasululloh, duo qiling. Alloh meni shulardan qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: — Ey Alloh, buni o‘shalardan biri qilgin, - deb duo qildilar. Shundan so‘ng boshqa odam turib: — Allohga duo qiling, meni ham o‘shalardan qilsin, — dedi. Payg‘ambarimiz, alayhissalom: — Bunga Ukkosha sendan oldin keldi, — dedilar»....
***
Shayton dunyo yaratilgandan beri 3 marotaba yig'lagan ekan, 1 birinchisi Shayton nomini olganda 2 marotaba dunyoga Payg'anbar Muhammad S.A.V.kelganda 3 marotaba yig'laganda shunday baland ovozda yig'lagan ekan bundan xayron bo'lgan farishtalar so'ragan ekan nima sababdan bunchalik dod solib yiglayapsiz shunda shayton javob bergan ekan OLLOH yer yuziga FOTIHA SURASINI tushirdi kimki Bomdot Nomozidan oldin 3 marotaba ihlos bilan o'qisa gunohlari yuviladi yangi tug'ilgan go'dakdek bo'lib qolar ekan.....
***
|