Zam Zam suvi Allohning mo’jizaviy ne’mati bo’lib, uning Ibrohim a.sning o’g’illari Ismoil a.s. sharofati bilan Muqaddas Ka’aba yonidan buloq bo’lib chiqqan suv ekanligi haqidagi tarih barchamizga ma’lum.
Ho’sh Zam Zam haqida bundan boshqa tarihiy va sog'liqqa ta'siri haqida qanday ma’lumotga egamiz? Zam Zam haqida to'plagan va tarjima qilgan ba'zi ko'pchilikka balki ma'lum bo'lmagan ma'lumotlarni ulashmnoqchiman, sizlarda ham bo'lsa marhamat.
Olimlar Zam Zam dunyodagi eng yahshi suv ekanligini tasdiqlaydi
Amal Al Sibai Qanchalik holdan toygan bo’lsakda muzdakkina Zam Zam suvini ichish bilanoq tanamizga mo’jizaviy kuch-quvvat bag’shlaganini sezamiz. Olimlar Zam Zam suvining organizmga ta’sir etadigan kuchi sirlarini kashf qilishmoqda. Allohning ne’mati bo’lgan bu suvning kimyoviy va fizik hususiyatlari ustida o’tkazilgan muntazam tadqiqotlardan so’ng, Aleksandriya Universitetida Dr. Hamdi Saif Zam Zamni yer yuzidagi eng yahshi suv degan hulosaga keldi. U suvda sog’liq uchun juda muhim bo’lgan elektrolitlarning mukammal balansini hamda kerakli minerallar borligini aniqladi. Shuningdek, suv tabiiy toza va sof bo’lib, hatto birorta patogen mikroorganizmdan ham holi ekan.
”Zam Zam suvi buyrak va yurak hastaliklari, ko’z muammolari, migren boshog’riqlari, va bir qancha boshqa surunkali holatlarni davolashda juda foydali, ” deydi Dr. Saif. Zam Zam suvi Arab dunyosida va Evropadagi labaratoriyalarda analiz qilingan bo’lib, bir necha davlatlarning shisha va plastik idishdagi suvlari bilan taqqoslanildi.
Analiz natijasi hulosasiga ko’ra,”boshqa suvga o’hshamagan Zam Zam suvi tarkibida yahshigina miqdorda kaltsiy, magnezium va florid bor. Ushbu hususiyati bilan charchagan hojilar organizmini jonlantiradi”, deydi Dr. Saif. "Bundan tashqari, Zam Zam ichish uchun umuman havfsiz bo’lib, yaroqlilik muddati yo’q. Suv 100 foiz tabiiy va hech qanday hlorlanmagan ham kimyoviy tozanlanmagan ham”deydi doktor
Ushbu hadis bu ilmiy ma'lumotni bundan 14asr avval tasdiqlab bo'lgan edi. Payg'ambarimiz Muhammad sav aytadilar, " Yer yuzidagi eng yashi suv bu Zam Zam, u ham ozuqa ham dardga darmon" (Saheeh al-Jaami, 3302)
1971 yilda Zam Zam suvi haqida evropa ahborot vositasida "vodiyda yer ostida to’plangan ichishga yaroqsiz suv” degan bo’hton gap tarqatildi, Saudiy Qiroli Faysal tomonidan jiddiy tekshirib tadqiqot qilinishi buyurilgan va uning ijobiy natijasi oshkor qilingan edi. 2011 yil Mayda BBC London yana bir noto'g' ma'lumot tarqatdi, ya’ni Zam zam suviga arsenik moddasi qo’shiladi va sog’liqqa juda zarar, saraton keltirib chiqaradi deb, buni Buyuk Britaniyada sotuvdagi Zam zam suvini tekshirib topishganmish. Keyinchalik bu idishlarda Angliyada sotilgan qalbaki Zam Zam suvidan topilgan deyildi. Bir evropalik o’qituvchim ham shuni eshitvolib aytgandi, shunda man shuncha yillardan beri millionlab musulmonlar mullionlab litr zam zamni ichib biror muammoga yo’liqmagan degandim, ammo to’liq ilmiy ma’lumotim yo’q edi. Aslida Arab davlatlari sotuvga ruhsat bermagan, hojilar hohlagancha tekinga olib ketishadi. Saudiya BBC javoban raddiya bergan bunday sotuvdagi qalbaki suvni Saudiya ishlab chiqarmasligi aytilgan, ular tarqatadigan Zam Zam suvi esa nafaqat Arab balki Fransiya labaratoriyasida tekshirilib hech qanday zarari yo’qligi tasdiqlangan
Zam Zam Masjid Al Haramda, Ka’abadan sharqiy tomonda 20metr uzoqlikda chiqqan sof buloq suvi.
Zam Zam ilgari qo'lda tortib olinadigan quduq qilib qurilgan edi, hozirda ushbu quduq qurilmasi Makka tarihiy muzeyida saqlanadi
Muqaddas Ka'ba yaqinidagi buloqning haqiqiy o'rni bu, hozirda usti marmardan qoplangan bo'lib tavof maydoniga kiritilgan yer.
|