Assalamu alaykum wr wb! Hurmatli muslim va muslimalar, Allohning ismlarini yodlash, bilish va ko'p ko'p aytib turish bu jannatda joy olishning amallaridan biridir. Shuning uchun, ushbu sahifada, Allohning go'zal ismlarini, va ma'nolarini yozishga niyat qildik. Qur’onda Alloh ismlari haqida shunday deyiladi: ”Allohning go’zal ismlari bordir. Bas, uni o’sha ismlar bilan chorlangiz(yod etingiz),Uning ismlarida haqdan og’ib(noo’rin joylarda ularni qo’llaydigan mushrik) kimsalarni tark qilingiz”("A’rof” surasi,180-oyat );”Alloh deb chorlangiz yoki Rahmon—Mehribon, deb chorlanhiz. Qanday chorlasangizda(joizdir).Zero, U zotning go’zal ismlari bordir” ("Al-isro” surasi,110-oyat). Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida mihim o’rin tutadi. Alloh ismlari ko’p duolarda qo’shib aytiladi. Sufiylar o’z zikrlarida ham bu ismlarni kamolotga erishishning timsoli sifatida ishlatadilar. Allohni va uning ismlarini iloji boricha koproq eslab turish taqvodorlik namunasi hisoblanadi. Odatda tasbih donalari soni Alloh ismlari soni bilan tengdir. Alloh ismalridan duoxonlar tumorlar sifatida foydalanishadi.
Qur’oni Karimning "Hashr” surasida (22-24 oyatlar) "Alloh go’zal ismlari” ning qisqa ro’yxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-MO’min, al-Muhaymin,al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’onning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bog’langan fe’llardan hosil bo’lgan. 99 ta ism ro’yhati Abu Hurayra (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga ko’ra, Muhammad sallolohu alayhi va sallam 99 raqamini keltirganlar va har kim Alloh taoloning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta jannatdan joy ato qilinadi deganlar. Boshqa Hadis to’plamalrida ham Alloh ismlari ro’yhati keltiriladi.(Vallohu a’lam). Bismillahi Rohmani Rohiym
Alloh ----- Tangri, Ma’budi — bar haq.
1. ar-Rahmon ----- O’ta mehribon.
2. ar-Rahim ----- Juda rahmli.
3. al-Malik ----- podshoh.
4. al-Quddus ----- nuqsonlardan holi.
5. as-Salom ----- ofat va balolardan solomat. 6. al-Mu’min ----- omonli va omon beruvchi.
7. al-Muhaymin ----- egallab,qoplab oluvchi.
8. al-Aziz ----- izzat va qudrat sohibi.
9. al-Jabbor ----- bandalarini ishlarini isloh etuvchi.
39.ал-МУКИЙТ-----бандаларини моддий маънавий хамда хар тамонлама таъминловчи.
40.ал-ХАСИБ-----хар бир ишни ози хисоб килувчи. 41. al-Jaliyl ---- Sifatlarida ulug'likka ega.
42. al-Kariym ---- Saxovatli va karami keng.
43. ar-Raqiyb ---- Doimo kuzatib turuvchi.
44. al-Mujiyb ---- Duolarni ijobat qiluvchi.
45. al-Vosi' ---- Barchani keng rahmati bilan qamrab oluvchi. 46.al-Hakim 47.al-Vadud 48.VADUD- yaxshi ko'ruvchi. 49.MAJID- ulug'lik va sharaf egasi. 50.BO'IS- o'liklarni qayta tiriltiruvchi. 51.SHOHID- hamma narsaga guvoh. 52.HAQQ- haqiqiy tangri. 53.VAKIL- hamma narsani butunlay tasarruf etuvchi,boshqaruvchi. 54.QAVIY- kuch va quvvat egasi. 55.MATIN- kuchli. 56.VALIY- mo'min bandalarining himoyachisi, ularga yordam beruvchi. 57.HAMID- hamd, sano va barcha maqtovlarga loyiq yagona zot. 58.MUHSIY- barcha maxluqot va mavjudotlarning hisob kitobini yaxshi biluvchi. 59.MUBDI'- barcha narsalarni hech bir namunasiz yo'qdan yaratuvchi. 60.MU'IYD- maxluqotlarini o'lganlaridan so'ng, yana asliga qaytaruvchi. 61.MUHYI- tiriltiruvchi ( barcha maxluqotlariga jon beruvchi, tiriltiruvchi). 62.MUMIT- o'ldiruvchi(barcha jonzotlarni ajallari yetganidan keyin o'ldiruvchi). 63.HAYY- azaliy va abadiy tirik. 64.QAYYUM- maxluqotlarini doimo nazorat va himoya qiluvchi. 65.VAJID- hojatsiz, qudratli. 66.MOJID- shavkat, sharaf va izzat egasi. 67.VOHID- tanho,tengi va o'xshashi yo'q. 68.SAMAD- hojatlarni ravo qilolgani uchun, hojatlaq so'ralguvchi. 69.QODIR- azaldan har narsaga qodir, cheksiz qudratli. 70.MUQTADIR- har narsaga qudrati yetguvchi. 71.MUQADDIM- istagan bandasini (va narsasini) hohlaganidan oldinga qo'yuvchi. 72.MUAXXIR- istagan bandasini (va narsasini) hohlaganidan oldinga qo'yuvchi. 73. AVVAL- azaliy. Hamma narsadan avval bor bo'lgan,borligini boshlanishi yo'q. 74.OXIR- abadiy. Hamma narsa yo'q bo'lib ketganda xam qoluvchi, borligini nihoyasi yo'q. 75.ZOHIR- borligi ochiq oydin. Borligiga xamma narsa dalil, hamma narsadan g'olib. 76.BOTIN- ko'zlar ko'rolmaydigan; barcha yashirin narsalarni biluvchi. 77.VOLIY- barcha narsani boshqaruvchi. Himoya qiluvchi. 78.MUTA'OL- qudrati, ulug'ligi xar narsadan ulug'. Har narsani bo'ysindiruvchi. 79.BARR- rost so'zlovchi. 80. TAVVOB- bandalari tavbalarini qabul qiluvchi. 81.MUNTAQIM- zolim va osiylarni jazolovchi. 82.AFUVV- kechiruvchi. 83. RAUF- o'ta mexribon. 84. MOLIKUL MULK- koinotdagi barcha mulkni tanho egasi. 85. ZUL JALOLI VAL IKROM- ulug'lik va kamol egasi. Barcha nuqsonlardan pok. 86.MUQSIT- odil; adolat bilan hukm chiqaruvchi. 87.JOMI'- odamlarni qiyomat kuni to'plovchi. 88.G'ANIY- hech bir extiyoji yo'q. 89.MUG'NIY- xoxlagan bandasiga boylik beruvchi. 90.MONI'- xoxlagan bandasini boylikdan mahrum etguvchi. Asraguvchi. 91.ZORR- zarar yetkazuvchi. 92.NOFI'- foyda yetkazuvchi. 93.NUR- borliqni munavvar, nurli etguvchi. 94.HODIY- to'g'ri yolga, haqqa boshqaruvchi. 95.BADI'- narsalarni yo'qdan yaratuvchi. 96.BOQIY- doim bor. 97.VORIS- borliqdagi barcha narsalar vorisi, egasi. 98.RASHID- to'g'ri yo'lga boshlovchi. 99.SABUR- juda sabrli, juda halim.