Dinsiz ketdi bir og'am dinsiz ketdi.
Bir-bor azon aytmasdan so'zsiz ketdi.
Foniy dunyoning ortidan tinmay yelib,
Oxiratin o'ylamasdan mungsiz ketdi.
Balki o'chmas ko'ngildanu ko'zdan ketdi.
Yurti aytkan issiq, yumshoq so'zla ketdi.
Mansab-obro', molu-mulk ho'p janob edi,
Bari qolib sozin chalib o'zla ketdi.
Yayov o'tdi ko'ylagin ham kiymay ketdi.
Medalining birini ham ilmay ketdi.
Ishu joy dep iymon nima o'ylamasdan,
Hech bo'lmasa birovni ham bilmay ketdi.
Oltin boshin Allohga bo'ysinmay ketdi,
Shariyatning shartlarini suymay ketdi,
Ihlu-aqal ulug' juma kunlarda,
Joynamozga ul manglayi tegmay ketdi.
Buyrugiga Yaratganning ko'nmay ketdi.
Ko'rgan so'ngi umriga hech singmay ketdi.
Ko'kragini dargin yopkan Lelin yoqqan,
Ateyzlik alangasi so'nmay ketdi.
Kulup kelgan ul kunidan qochmay ketdi.
Mulla aytgan so'zga qalbin ochmay ketdi.
Ikki olam bahti bilan qovushtirar,
QURON KARIM varogini ochmay ketdi.
Yuragiga singdirmagan iymon nurin.
Egaliksiz g'animidan yiqqan bilim.
KETAR CHOGI ENG MUHIMI IYMON EKAN.
SHU BO'LMASA MOLU-MULKDAN FOYDA NE KAN...!!