Zikr qilindiki, shayton Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Ey Muso! Seni Alloh taolo o‘z risolatini berish bilan tanladi, men ham Allohning yaratgan maxluqlaridan biriman, men ham sening Rabbingga tavba qilishni xohladim, mening tavbamni qabul qilishini so‘ragin», dedi. Muso alayhissalom uning gapidan xursand bo‘lib ketdi. Shundan so‘ng, tahorat qilib, Alloh xohlaganicha namoz o‘qib, bu so‘zlarni aytdi: «Ey Rabbim! Albatta, shayton Sening yaratgan bir maxluqing, Sendan tavba so‘rayapti, uning tavbasini qabul qilgin». Alloh aytdi: «Ey Muso! Shayton tavba qilmaydi». Muso: «Ey Rabbim, u Sendan tavba so‘ra-yapti», dedi. Musoga vahiy keldi: «Ey Muso, Men sening duoingni qabul qildim, unga buyurgin, borib Odamning qabriga sajda qilsin, keyin tavbasini qabul qilaman». Muso xursand holda chiqib, unga xabarni yetkazdi. Bu gapdan g‘azablanib, o‘zini kibrli sanab, shayton dedi: «Men Odamning tirikligida sajda qilmagan o‘lganida sajda qilamanmi?» Shundan so‘ng, shayton Muso alayhissalomga: «Ey Muso, sening men haqimda Rabbingga borib, shafoat qilganing uchun menda sening haqqing bor. Shunday ekan, bas, senga uch narsa bilan vasiyat qilaman va uch xislatda meni esda tutgil: Birinchi, g‘azablangan vaqtingda meni eslagin. Chunki men sening qalbingdaman va qon yurgandek jasadingda yuraman. Ikkinchi, dushmaningni tashlab qochayotganingda, meni eslagin. Chunki men odam farzandi dushmaniga mos kelgan vaqtda kelaman va unga xotinini, ahlini, moli va bolalarini eslatib qo‘yaman. Hatto, orqasiga qarab qochguncha. So‘ngra, nomahram xotin bilan yolg‘iz holatda o‘tirishdan saqlangin. Chunki men sening unga va uning senga elchisi bo‘laman»Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg'ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o'tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo'lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta'qib qiluvchilar qo'lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o'ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi. Payg'ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko'chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg'ambar o'tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o'kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi: «Men hademay do'stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman». So'ngra u suv so'radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi: «Men payg'ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo'ladi, deganlarini eshitdim». Ammor o'zi mushtoq bo'lgan paytgacha kurashdi. U o'sha paytda to'qson to'rt yoshda edi. Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim: Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba'zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba'zilari ovozini eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: "Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa, birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki: "Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: "Rabbim meni toqatim ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib, yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi- yu, darhol tovoqni ko‘mdi. Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: "Menga buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: "Ey Allohning nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin esa yetib keldi va dedi: "Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin, men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: "Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim, lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: "Qanday qilsam ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: "Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: "Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni (engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin. To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”
|