Muslima tavbasi Allohim kechirgin bor gunohimni, Rabbim using avf etgin, menday gumrohni. Yelkamga qo'yibsan ikki hamrohni, Savob gunohimni yozguvchi ikki guvohni. Boshimga o’ramay yoshlikdan hijob, Kalomingni avvalroq qilmadim hitob. Hech bo’lmasa o’qimadim Islomiy kitob, Keyin bilsam bariga bor ekan hisob. Qiyomat kunida yig’ilib barcha, Mahshargohda navbatlarin kutarlar ancha. Seni tanimagan bandang bor qancha, Jahannam o’tida o’tindir parcha. Asragin ey Robbim mushrik bo’lishdan, Do’zahning o’tida kuyib yonishdan. Seni bilib turib fosiq bo’lishdan, Qabrimga kirganda azob ko’rishdan. Qalbimga taratgin ziyo nurini, Sifat qilib bergin hayo durini. Hamroh qilib bergin Jannat hurini, Adashtirmay ko’rsatgin Islom yo’lini. Allohim gunohlarim kechirgin bu kech, Sening zikringni aytib tildan qo’ymam hech.
Sherni yozgan muslima singlimizdan Alloh rozi bo'lsin.
|