O'lim haqida nogahon
gapirsa
tillar,
Qo'rquvdan titraydi bu
gumroh
dillar. So'ramasdan
o'tmoqda
qanchalab
yillar,
O'lim xayol emas,erur
haqiqat.
Ajal kelsa demaydi u
yosh,bu
qari, O'limni totguvchi
tirik jon
bari.
O'limga yaqinmiz
ulg'aygan
sari,
O'lim xayol emas,erur
haqiqat.
Soatlab seriallarni ko'z
uzmay ko'rib,
Ibodatlar qildikmi
Allohdan
qo'rqib.?
Bilaman ushbu gapim
tushmaydi
yoqib, O'lim xayol
emas,erur haqiqat.
Peshonaga bitilganin
bilolmas
hech
kim,
Yashaymiz taqdirga
bo'yin
egib jim. Tillar ham bu
borada
deyolmas lom-
mim,
O'lim xayol emas,erur
haqiqat.
Ajal kelib qolsa
qamchisin
öynab, Aytolmaslar
ba'zilar Tavhidni
qiynab.
Bosaylik bizlar endi
qadamni
o'ylab,
O'lim xayol emas,erur
haqiqat.
Tog'larchalik mol
to'plab,qoldiramiz-
ku,
Dunyo deb oxiratni
kuydiramiz-ku.
Keladi kun ushbu gapni
suydiramiz- ku,
O'lim xayol emas,erur
haqiqat!
|