Воскресенье, 24.11.2024, 19:52Главная | Регистрация | Вход

Hush kelibsiz

BUGUN KUNGA

ИСЛОМИЙ ТЕСТЛАР

FORUM

Namoz vaqti BO'LMA

Forumga kirish

Мини-чат

Izoh Faollari

Ассалому алейкум. Нима учун кинолар курсатмаяпти.


ШУ сылкага боссез скачат кила оласиз

Kalendar

«  Апрель 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930

hatm.quron.uz

Закот ҳисоблагич

uzwebiston.

quran.uz

hadis.islom.uz

www.islom.uz

muslimaat.uz

oilam.uz

www.hilol.com

www.siyrat.uz

info.islom.uz

www.fiqh.uz

e-tarix.uz

e-adabiyot.uz

halol.org

arabic.uz

forum.islom.uz

tib.islom.uz

savollar.islom.uz

media.islom.uz

blog.islam.uz

islam.uz ru

masjid.uz

kamolon.uz

mumina.uz

muslim.uz

ziyo.uz

muxlis.uz

novza.uz

www.buxoriy

xatib.uz

www.islomtv.com

www.houseofquran.c

islom.ziyouz.com

ayol.uz

www.tiu.uz

www.hisnulmuslim.c

Ar.Ruqyah

Коран он-лайн

Info islom

mp3quran

taqvo.ucoz.net

www.ihsanilim.com/

Tavhid com

Qur'onshunoslik

Ислом овози

www.ahlisunnat.com

www.favvora.com

hikmatnuri.com

uzgen.jimdo.com

IslamHouse

Talaba Biz

Lug'ot

Исломий Китоблар

Наш опрос

Сайтнинг янги кўринишини қандай баҳолайсиз?
Javob berildi: 91

AllMuslims

Savol javob uz

islom uz

Поиск

Статистика

Главная » 2013 » Апрель » 7 » Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi
17:41
Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi

OTANING HIMMATI

Imom A’zam rahmatullohi alayhning oldilariga bir odam o’g’lini o’qishga olib kelgan ekan. 20 yil o’tibdi hamki, u tolib deyarli hech nimani o’rganmabdi. Abu Hanifa tolibning otasini chaqirib aytgan ekanlar:
- O’g’lingizni olib ketavering. Olim chiqmadi undan. Endi uni borib ishlating. Pul topsin.
O’g’lidan juda katta narsani umid qilib yurgan otasi dunyoning o’sha paytdagi eng katta mujtahidiga shunday degan ekan:
- Taqsir, hech bo’lmasa sizchalik bo’lmaydimi?
Otaning himmatini ko’rib, Imomi A’zam aytgan ekanlar:
- Sizning himmatingiz juda katta ekan. Endi tashlab ketavering. Inshaalloh o’g’lingiz olim bo’ladi.

Foyda: Bolani qori, olim qiladigan narsa – otaning xolis himmatidir. Shuning uchun ota farzandi kamoli uchun Allohdan astoydil so’rashi kerak.

QALB MAMLAKATI

Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"Dunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi.
Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor.
Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi.
Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling”.

3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI

Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng "Alhamdulillah” deganini eshitibdilar.
"Alhamdulillah” deyilgandan keyin "Yarhamukalloh” deyish vojib. Abu Dovud "Yarhamukalloh” demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. "Alhamdulillah”ni eshitgan odamga "Yarhamukalloh” deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni 3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga "Yarhamukalloh” deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar: "Shunga qulog’imga bir nido eshitildi: Ey Abu Dovud, 3 dirhamga jannatni sotib olding.”

Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi.

Категория: Hikmatlar | Просмотров: 1102 | Добавил: Taqvo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 ☛Solahuddin☚   (08.04.2013 06:53) [Материал]

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright MyCorp © 2024 |