Qur'oni Karimda jannat quyidagi nomlar bilan zikr qilingan: Al-jannah - Jannat: bog', qalin daraxtzor. Al-husna - yaxshilik, go'zallik. yaxshi, go'zal joy. Al-G'urfa - bolxona, balandlikdagi xona. Al-Firdavs - katta bo'ston, hamma daraxtlar bor bog'. Jannatun-na'im - ne'matlarga to'la jannat. Jannatu adn - sobit, barqaror. Bu jannatdagi maxsus joy ham deyiladi. Jannatul-xuld - mangulik jannati. Jannatyn aliyah - oliy, yuksak jannat. Jannatul-ma'va - boshpana jannat. Darul-axiroh - oxirat hovlisi. Darus-salam - tinchlik diyori. Darul-qoror - qaror topish diyori. Darul-muttaqin - taqvodorlar diyori. Darul-muqomah - abadiy turar joy. Maqomun amin - emin, ishonchli maqom.
Qur'oni Karimda do'zaxning quyidagi nomlari kelgan: An-Nar - o't, olov. Al-jahim - alanga. Jahannam - chuqur. Al-Hutomah - bosib yakson qiladigan. As-Sa'ir - qizigan. As-Samim - qaynoq, qaynoq shamolli. As-Sijjin - hibs. Ayrim ulamolar uni jahannam vodiylaridan biri, degan. Saqor - ozor beradigan, alam yetkazadigan. Haviyah - ota chuqug, tubsiz.
Boshqa tafsilotlarni tafsir kitoblaridan topish mumkin. Vallohu a'lam